ASOSIY QISM 2.1. Turistlarga xizmatlarni tashkil etishni loyihalash




Download 96,77 Kb.
bet2/10
Sana05.12.2023
Hajmi96,77 Kb.
#111623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu “Turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish” Bajardi-www.hozir.org

ASOSIY QISM

2.1. Turistlarga xizmatlarni tashkil etishni loyihalash
Xizmatlarni loyihalash uchun asos bo‘lib uning qisqacha ta’rifi xizmatlar bozorini tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining imkoniyatlarini inobatga olgan holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar to‘plami hisoblanadi. Xizmatlar tavsifi tegishli xizmat turiga bo‘lgan davlat standarti talablaridan past bo‘lmasligi lozim. Loyihaga xizmatlar iste’molchilari va ularning mulklariga bo‘lgan xavf xatarni kamaytirish, ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha konkret talablarni kiritish lozim.
Har qanday xizmatlarga bo‘lgan turistlar talabining ifodalovchi hujjatlar o‘zida qo‘yidagilarni saqlashi lozim:
    • turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari, shakllari va jarayonlarining bayoni;


    • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tavsifi;


    • zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;


    • xizmat ko‘rsatishni ta’minlashning kafolati;


    • rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat organlari, yong‘in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv.


Xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni taqdim etishning alohida bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni tuzish bo‘yicha amalga oshiriladi.


Turni loyihalashning natijasi bo‘lib, texnologik hujjatlashtirish hisoblanadi. (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va h.k.)
“Turistik sayohat” xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‘zda to‘tadi.
1) Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq “turistik sayohat” xizmatiga kiruvchi har bir turni loyihalash.
2) “Turistik sayohat” xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. “Turistik sayohat” xizmatining qisqacha tavsifi ma’lum hududdagi rekreatsion resurslar imkoniyatlarini o‘rganish, aholi ehtiyojlari va to‘lov qobiliyatini, hamda turistik sayohatlar turiga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida tuziladi. Tavsif turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida aniqlashtiriladi. Xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda qo‘yidagilar aniqlab olinadi:

  • sayohat marshruti;


  • xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati;


  • har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri;


  • ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob’ektlar tarkibi;


  • bo‘sh vaqt tadbirlari kompleksi;


  • marshrut har bir punktiga tashrifning davomiyligi;


  • sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni;


  • ichki tashuvlarga mo‘ljallangan transport turlari;


  • gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‘riqchilar, tarjimonlar shuningdek ularning tayyorgarligiga bo‘lgan talab;


  • transport vositalarining zaruriy miqdori;


  • reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.




Turni loyihalashning natijalari bo‘lib:
    • turistik sayohatning texnologik haritasi;


    • tashkilotning yuklanish grafigi;


    • turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi.




Turistik xizmatlarga bo‘lgan talablar:
Majburiy xayot va sog‘liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi;
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda tezkorlik va aniqlik, komplekslik xizmat ko‘rsatuvchi persanalning aholi qo‘laylik erganomlik, estetiklik.

Vazifaga muvofiqlik. Turistik xizmatlar ular yo‘naltirilgan iste’molchilarning jismoniy imkoniyatlari va umidlariga muvofiq kelishi lozim.
Bajarishda tezkorlik va aniqlik. Taqdim etilayotgan xizmatlar xajmi, muddati va xizmat ko‘rsatish shartlari yo‘llanma chipta, kvitansiya va h.k. ko‘rsatilganlarga muvofiq bo‘lishi kerak.


Komplekslik. Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot kechirish uchun qo‘shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish imkonini ta’minlash lozim.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ahloqi. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xulq atvorning ahloqiy normalariga rioya qilish lozim. Iste’molchiga xizmat ko‘rsatish xodimning xushmuomila, do‘stona va kommunikabellik munosabatlari kafolatlanishi lozim.


Qulaylik. Turistik xizmatlar iste’molchilar uchun yaratilgan qo‘lay sharoitlarda taqdim etilishi lozim.
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi, turistik maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar, binolarning ko‘rkamligi dizaynining mukammalligi. Xizmat ko‘rsatuvchi binolar intererining ko‘rkamligi, hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimning tashqi ko‘rinishi va muomala madaniyati estetik talablarga javob berish lozim.
Erganomiklik xizmat ko‘rsatish davomiylik turistik va ekskursion marshrutlarning murakkabligi, turistlarga taqdim etiladigan asbob-anjomlar, foydalaniladigan transport vositalari, mebel va h.k. turistlarning fiziologik va psixologik imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Xizmatlarni loyihalashda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish usullarini inobatga olish lozim.

Download 96,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 96,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASOSIY QISM 2.1. Turistlarga xizmatlarni tashkil etishni loyihalash

Download 96,77 Kb.