|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq Raqammm “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
351
Iqtisodchi olim A. Norchayev xizmat ko‘rsatishda raqamli iqtisodiyot – yangi ishlab
chiqiladigan yoki joriy qilinishi lozim bo‘ladigan jarayon emas, bu turizmda innovatsion
texnologiyalarni turistlarning kundalik hayotiga joriy etish orqali mavjud xizmatlarni
yangicha ko‘rinishga o‘tkazish deb hisoblaydi[9].
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarda turizmda innovatsion tenologiyalarni
qo‘llanishiga turlicha yondashilgan bo‘lib, ularning barchasida zamonaviy texnologiya yoki
yondashuvdan foydalanish soha rivoji uchun ijobiy ta’sir etishi asoslangan. Ammo, hozirgi
vaqtda hududlarning turistik imkoniyatlaridan yanada samarali tashkil etishda mobil
innovatsion texnologiyalarni va dasturiy ta’minotlarni rivojlantirishga doir jihati yetarlicha
yoritilmaganligi ushbu tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur tadqiqotda turizm sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llanishi yuzasidan
mavjud bo‘lgan konsepsiyalar o‘rganib chiqildi. Mavzuga doir adabiyotlarni tahlil qilishda
mutaxassislarning yondashuvlari ўрганилди, tahlil jarayonida sohada amalga oshirilayotgan
ishlar taqqoslandi hamda farqli jihatlari yoritildi.
Xalqaro
statistik
ma’lumotlardan
foydalanilgan holda, dunyo bo‘ylab mobil texnologiyalar bilan qamrov darajasi shiddat bilan
borayotganligi asoslandi. Dunyo va O‘zbekiston o‘rtasida mobil operatsion tizimlardan
foydalanuvchilar o‘rtasida solishtirma tahlil amalga oshirildi. Turistlarga mo‘ljallangan mobil
ilovalar foydalanish yo‘nalishiga qarab guruhlandi.
Tahlil va natijalar
Innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish har qanday soha uchun ijobiy
ta’sir o‘tkazadi. Turizm sohasida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar turistik
kompaniya, sug‘urtalovchi, transport kompaniyasi, sayyohlik byurosi, mehmonxonalar,
umumiy ovqatlanish korxonalari kabi sohaga tegishli barcha subyektlar faoliyatini zamonaviy
tarzda amalga oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu texnologiyalardan foydalanish
iste’molchiga Internet orqali xizmat tanlash imkonini bera oladigan xizmatlardan ya’ni
axborot ko‘rinishidagi turizm mahsulotlarini yaratishdan iborat. Bu holat esa hozirgi
raqamlashtirish jarayoni shiddat bilan ketayotgan davrda kompaniyalar uchun
raqobatbardosh mahsulot, narxni shakllantirish, investitsiyalardan foydalanish va sotish
siyosatini kabi muhim jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Turizm sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yoki umuman
innovatsion faoliyatni amalga oshirish hukumat tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlar
asosida amalga oshiriladi va ular quyidagicha tasniflanadi:
- hududlarda maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratish;
- sayohatchilarga o‘z xizmatlarini bepul ko‘rsatadigan va mahalliy aholining turizm
sohasida bilim olishiga hissa qo‘shadigan axborot markazlari tarmog‘ini yaratish;
- xizmat ko‘rsatish hamda iqtisodiyotning turdosh tarmoqlarida qo‘llaniladigan ilmiy
ishlanmalarni joriy etish uchun grantlar, subsidiyalar va investitsiyalar shaklida moliyaviy
yordam ko‘rsatish[10].
Yuqoridagi kabi innovatsiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan yo‘nalishlar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ularni moliyaviy ta’minlashni nazarda tutadi. Sohada yangi texnologiyalardan
qo‘llashda, tajriba va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, texnologiyadan foydalanish
jarayonida unga texnik xizmat ko‘rsatish, uning imkoniyatlaridan yanada samarali
foydalanish uchun zarur bo‘lgan tahlillarni amalga oshirish zarurligini belgilaydi.
|
| |