|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq Raqammm “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
355
Zamonaviy turistlar o‘z safarlarini amalga oshirish jarayonida ko‘plab ilovalardan
foydalanishadi. Bunda ular, chiptalar xarid qilishda, joylashtirish vositasini bron qilishda,
umuman destinatsiya haqida ma’lumot olish va boshqa shu kabi savollarga javob topishda
to‘g‘ridan to‘g‘ri zamonaviy ilovalardan foydalanishadi. Quyidagi jadvalda turistlarga
mo‘ljallangan mobil ilovalar turlari va ularga mos ilovalar keltiramiz.
Jadval
Turistlar uchun mo‘ljallangan ilovalar
5
T/r
Mobil ilova turlari
Mos mobil ilovalar
1.
Bronlashtirish dasturlari
Trivago, Booking.com, Tripadvisor
2.
Elektron xaritalar
Google maps, Yandeks karti, 2GIS
3.
Tarjimon ilovalar
Google tarjimon, Яндекс Переводчик, TripLingo
4.
Navigatsion ilovalar
Waze, Яндекс.Navigator
5.
Aviaqatnovlar uchun ilovalar
App In The Air, Flio, Skyscanner
Mamlakatimizda AT va turizm sohasi mutaxasisilari bilan hamkorlikda bu kabi
ilovalarni yaratishlari va rivojlantirib borishlari zarur. Yaratilgan ilovalar esa Play store va App
store kabi platformalarga joylashtirishni taqozo etadi. Ilovalarni yaratishga milliy
yondashuvni qo‘llash, hududlarning o‘ziga xos jihatlarni namoyon etuvchi xususiyatlarni aks
ettirish nafaqat ichki turistlarni jalb etishda, balki xorijiy turistlarning yurtimizga qiziqishini
orttirishiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Xulosa va takliflar
Globallashuv sharoitida ma’lumotlar almashinish jarayoni juda tez bo‘lishi turizmni
rivojlantirish va salohiyatini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhimligi
isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylandi. Turistlarga qulaylik taqdim etishda mobil
texnologiyalarni rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni taqdim eta oladigan amaliy dasturlarni
yaratish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish ijobiy natijalar
beradi:
- Mahalliy va xorijiy turistlar foydalanishi uchun qulay bo‘lgan innovatsion
texnologiyalarga asoslangan turistik infratuzilmani joriy etishga erishish;
- Mamlakat mintaqalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yangi
turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlashda sifatli foto va video
materiallar, hududning geoaxborot ma’lumotlari, 3D formatidagi ko‘rinishi va h.k
ko‘rinishdagi innovatsion texnologiyalarini qo‘llash;
- Android va iOS platformalariga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish. Ishlab
chiqiladigan dasturlar nafaqat smartfonlar balki, turli boshqa gadjet (planshetlar, aqlli
soatlar, laptoplar va h.k.)larga mo‘ljallanishini ta’minlash va bilan shug‘ullanuvchi
subyektlarni rag‘batlantirish;
- Turistlarga qulaylik yaratish uchun xorijiy kompaniyalar tomonidan yaratilgan turli
mobil ilovalarga muqobil milliy ilovalarni yaratish. Mazkur ilovalarni turistlarni barcha
ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish;
5
O’rganilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan
|
| |