• Key words
  • 5/2022, sentyabr- oktyabr (№ 00061)
  • Turizm salohiyatini rivojlantirishda mobil innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish




    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana15.12.2023
    Hajmi446,21 Kb.
    #119720
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Raqammm

     
    Abstract 
    This article examines the importance of innovative technologies in tourism, ways to use 
    them effectively and the dynamics of change. Using international rankings, the possibilities 
    of using mobile technologies to develop the industry were analyzed 
    Key words: innovative technology, mobile technology, tourism infrastructure, information 
    technology, tourism applications, mobile applications, mobile operating system 
    Kirish 
    urizm sohasi rivojlanishining hozirgi bosqichida axborot texnologiyalari va dasturiy 
    ta’minot muhim o‘rin tutadi. Texnologik taraqqiyot turizm faoliyatiga shiddat bilan kirib 
    bormoqda, xususan, GPS navigatsiyasidan foydalangan holda mobil telefonlar uchun noyob 
    multimedia qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda va sayyohlarga taklif etilmoqda. Turistik biznes 
    5/2022, 
    sentyabr-
    oktyabr
    (№ 00061) 


    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
      
    349
     
    - tadbirkorlikning harakatlanuvchi yo‘nalishi hisoblanadi. Soha vakillari doimiy ravishda 
    mijozlar 
    bilan 
    aloqada 
    bo‘lishlari, 
    har 
    qanday 
    vaziyatni 
    masofadan 
    turib 
    muvofiqlashtirishlari, har qanday savol va sharhlarga imkon qadar tezroq javob berishlari, 
    so‘nggi daqiqalargacha ham sayohatlar va ekskursiyalar putyovkalarini taklif qilishga tayyor 
    bo‘lishlari kerak. Bunda turistik agentliklarga maxsus ishlab chiqilgan mobil ilovalar muhim 
    yordamchi bo‘ladi. 
    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda dunyoda sayohatchilarning qariyb 75 % i 
    o‘zlarining marshrutlarini online platformalar orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar. 
    Bunday platformalar misol sifatida Agoda, Booking.com va Airbnb kabilarni kiritish mumkin. 
    Sayohat qilayotgan turistlarning 70 %idan ortig‘i ijtimoiy tarmoqlar orqali sayohatlarini 
    boshqalar bilan bo‘lishib borishadi. 35% atrofidagi turistik safarlar ijtimoiy tarmoqlarda 
    joylashtirilgan ma’lumot va tavsiya qilingan manzillar orqali amalga oshirilmoqda
    1
    .
    Shuni ta'kidlash kerakki, axborot tizimlarining rivojlanib borayotganiga qaramay, 
    mamlakatimizning turizm sohasida mobil innovatsion texnologiyalardan foydalanish yetarli 
    darajada emas. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda axborot va mobil 
    texnologiyalar sohaning ajralmas qismi hisoblanadi. Turistik salohiyatni oshirish maqsadida 
    IT dasturchilari tomonidan biznesni rivojlantirishda mobil texnologiyalarni moslashtirish va
    yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston 
    Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida turizm sohasini rivojlantirish 
    uchun zarur bo‘lgan yangi xizmat turlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga 
    oshirish vazifasi belgilangan[1]. 
    Kelajakda sayohatlarni amalga oshirish va bronlashtirishda mobil texnologiyalarning 
    katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Zamonaviy operatsion tizimga ega bo‘lgan uyali aloqa 
    vositalari sayyohlarga nafli bo‘lgan dasturlar paketlari bilan birgalikda, ularning vaqti va 
    xarajatlarini tejaydi, safarlarda beminnat dastyor bo‘ladi. Biroq, bugungi kunda mobil 
    texnologiyalarni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir nechta omillarni ko‘rsatish mumkin. 
    Bular jumlasiga foydalanuvchilarning smartfonlardan to‘liq foydalanishni bilmasliklari va 
    to‘lov tizimidagi murakkabliklar hamda infratuzilmani rivojlanmaganligini kiritish mumkin.
    Ko‘pgina uyali aloqa egalari, ayniqsa katta yoshdagilar, telefonning ayrim funksiyalarini 
    ishlata olmaydilar, undan faqat aloqa vositasi sifatida foydalanishadi. Bundan tashqari, 
    elektron to‘lovlarni amalga oshirishdagi muammolar: xizmatni yo‘lga qo‘yilmaganligi, 
    internet aloqasini yo‘qligi yoki tezligini pastligi, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash 
    bilan bog‘liq xavf-xatarlar, kiberjinoyat holatlarini mavjudligi kabi holatlarni mavjudligi 
    mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. 
    Shu nuqtai nazardan, maqolada mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy 
    va ichki turistlarni jalb etishni kuchaytirishda mobil innovatsion texnologiyalarda 
    foydalanish imkoniyatlari va yo‘llari asoslangan. 

    Download 446,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turizm salohiyatini rivojlantirishda mobil innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish

    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish