• “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal 350
  • Turizm salohiyatini rivojlantirishda mobil innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish




    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana15.12.2023
    Hajmi446,21 Kb.
    #119720
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Raqammm

    Mavzuga doir adabiyotlar tahlili 
    Turizm va unga yondosh sohalarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish XX 
    asrning so‘ngi yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Aynan shu davrdan ko‘plab olimlar 
    tomonidan turizmda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib 
    borilgan.
    Xorijlik olimlardan U. Gretzel, M. Sigala, Z. Xiang, Ch. Ko tomonidan amalga oshirilgan 
    tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida turizm industriyasiga axborot-
    1
     
    https://adamosoft.com/blog/technology-in-tourism-reshaping-the-hospitality-industry/



    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
      
    350
     
    kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yutuqlarning, jumladan, internetning 
    turizm sohasiga juda kuchli ta’sir o‘tkazishi asoslangan. Shu sababli ular turistik 
    manzilgohlarga mijozlarni, ya’ni turistlarni jalb qilishda yangi strategiyalaridan foydalanish 
    zarur deb hisoblashadi[3]. 
    Portugaliyalik olimlar N. Matos, J. Mendes va P. Valle, axborot texnologiyalarning 
    rivojlanishi turizm sohasini faqatgina xizmat sifatida emas, balki turistik mahsulot darajasida 
    qabul qilinishiни асослаб berdiлар[4]. 
    Turkiyalik mutaxassis K. Chinar bugungi kunda mobil texnologiyalar asosidagi 
    innovatsion texnologiyalar iste’molchilarga ya’ni turistlarga turistik mahsulotlar uchun 
    talabni shakllantirish, ehtiyojdan kelib chiqib o‘zgartirish va sotib olishni ta’minlashda, 
    hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish va tarqatish vositalarini taqdim etish orqali 
    turistik sanoatning globallashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozlar taqdim etadi deb 
    hisoblaydi[5]. 
    J. Saura esa raqamli texnologiyalarning zamonaviylashuvi raqamli marketingni 
    rivojlanishiga hamda Internet orqali sotuv, bronlashtirish, mahsulotlarni sotuvini qulay 
    qilishga imkoniyat yaratib berganligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, bugungi kunda Internetga 
    bog‘langan elektron qurilmalardan sayohat uchun qo‘llanmalar, GPS yoki interaktiv kitoblar 
    kabi turli xil ilovalardan foydalangan holda odamlarning dunyo bo‘ylab sayohatlarini tashkil 
    qilish va amalga oshirishda yordam berish uchun doimiy ravishda foydalanilmoqda[6]. 
    Rossiyalik mutaxassis Y. Konovalova esa turizm sohasida innovatsion 
    texnologiyalardan foydalanish jihatiga quyidagicha yondashadi: turizmdagi innovatsiyalarni 
    sohada ijobiy o‘zgarishlarga olib keladigan, sifat jihatdan yangilikka ega bo‘lgan tizimli 
    hodisalar deb atash mumkin. Innovatsion jarayon turizm bozori va mijozlarning qoniqish 
    darajasi va asosan turistik tashkilotlar va turli darajadagi hukumatlar tomonidan qo‘shma 
    qarorlar qabul qilish orqali shakllantiriladi. Uning fikricha, turizmga innovatsiyalarning joriy 
    etilishiga: mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy holat, aholi, milliy qonunchilik, 
    shuningdek, hukumatlararo va xalqaro shartnomalar kabi omillar bevosita ta’sir qiladi.
    Shuningdek, u turizmda innovatsiyalarni joriy etishning quyidagi sabablarini ajratib 
    ko‘rsatgan: ko‘p sonli klassik yo‘nalishlarning haddan tashqari to‘yinganligi; kirish turizmi 
    bozorining muhim ulushini yo‘qotish xavfi; raqobat va takliflarning o‘sishi; axborot 
    texnologiyalarini qo‘llash sohasini kengaytirish, texnologik inqilob; taklif miqdorini 
    kamaytirish hamda iqtisodiyotida talab miqdorini ko‘paytirish; mahsulotlarning yangi 
    bozorini izlash va joriy etish kabilar[7]. 
    Mahalliy olimlar D. Aslanova va B. Safarovlar innovatsiyaning sababi va muqarrarligi 
    insoniyatning yangilikka bo‘lgan doimiy intilishida deb hisoblaydi. Innovatsiyalar ehtiyojlar 
    va taraqqiyot bir-biri bilan to‘qnash kelgan muhitda shakllanadi, innovatsiyalarni 
    boshqarishning vazifasi jamiyatning yetuk ehtiyojlarini amalga oshirish hamda 
    moddiylashtirishdir. Ular innovatsiyalarni moliyalashtirish nafaqat davlat tomonidan balki, 
    viloyat budjetlari mablag‘lari hisobidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi deb 
    hisoblaydilar:
    − maqsadli dasturlar doirasidagi loyihalarni, davlatning tashqi qarzlari doirasida 
    moliyalashtirish; 
    − yuqori samarali innovatsion va investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-
    quvvatlashdir[8] 



    Download 446,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turizm salohiyatini rivojlantirishda mobil innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish

    Download 446,21 Kb.
    Pdf ko'rish