|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq Raqammm “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
353
Smartfonlar turizm vositasi sifatida ham keng ommalashmoqda. O‘zi istiqomat
qiladigan hududidan boshqa manzillarga safarga chiquvchi sayyohlar uchun o‘zlari bilan olib
yuradigan smartfonlardan foydalanish har tomonlama qulay. Sayohatchilar uchun
smartfonning qulayligi fotokamera, GPS, videotasvirlar yozish, ijtimoiy tarmoqlardan
bevosita foydalanish imkoniyatlarini bitta qurilmada mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, turizmga mobil texnologiyalarning ta’siri juda yuqori ekanligini
ta’kidlash mumkin. Mobil aloqa vositalaridan foydalanish turizm sohasida yangi tushuncha
va yo‘nalishlarni paydo bo‘lishiga olib keldi (2-rasm).
2-rasm. Turizmning inovatsion texnologiyalari asosidagi ko‘rinishlari
3
2-rasmda tasvirlanganidek, turizmdagi yangi yo‘nalishlar asosini innovatsion
texnologiyalar tashkil etganligi bois, innovatsiyalarda yuz beradigan o‘zgarishlar sohani
rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiyalar bevosita turistik industriya
imkoniyatlarini yanada kengroq shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Turizmda mobil texnologiyalarni rivojlanishi avvalambor, uni boshqa texnologiyalar
bilan qay darajada uyg‘unligini namoyish etishni, ikkinchidan, ushbu texnologiyalar turizm
va ijtimoiy sohaga ta’sirini ko‘rsatish va uchinchidan, yondosh (logistika, transport,
kommunikatsiya va h.k.) tarmoqlar bilan hamkorligini o‘rganish borasidagi ilmiy
tadqiqotlarni olib borish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, shuningdek, sohaning istiqbolini
belgilashda uning rivojlanish darajasi va unga ta’sir etuvchi yo‘nalishlarni ham tahlil qilish
zarurligini namoyon etadi[10]
Yuqorida qayd etilganidek, mobil texnologiyalarning rivojlanishi turizm sohasi uchun
ham katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Dunyo bo‘ylab mobil texnologiyalarni ishlab
chiqaruvchi yirik kompaniyalar foydalanuvchilarni o‘zlarining mahsulotlari uchun kerakli
bo‘lgan operatsion tizim (sistema)lar bilan ham ta’minlashadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
bugungi kunda mobil texnologiyalarda mavjud operatsion sistema (OS)larning asosiy qismi
Android va iOS kabi sistemalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (3-rasm).
3
O’rganilgan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi
Turizmda
innovatsion
texnologiyalar
Elektron
turizm
Smart
turizm
Mobil
turizm
Barqaror
turizm
|
| |