• O’zbekistonliklar Stalingrad janglarida.
  • O’zbekistonliklar Moskva uchun janglarda




    Download 172,5 Kb.
    bet9/11
    Sana03.08.2024
    Hajmi172,5 Kb.
    #269092
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    10-maruza

    O’zbekistonliklar Moskva uchun janglarda. 1941-yil kuz-qish oylarida Moskva ostonolarida hayot-mamot janglari bo’ldi. Moskva ostonalaridagi ana shu dahshatli janglarda O’zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko’rsatdilar. Janubiy-G’arbiy front tarkibidagi 353-tog’-o’qchi polki jangchisi Qo’chqor Turdiyev katta jasorat ko’rsatdi. U 1941-yil 25-oktabrda safdoshlari bilan razvedkaga, so’ngra «til» olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha quroldoshlari halok bo’lgan Qo’chqor Turdiyevning bir o’zi dushmanning bir dzotini va askar va zobitini yo’q qilib, 3 tasini asirga olib keldi. Bu jasorati uchun Qo’chqor Turdiyev o’zbekistonlik jangchilar orasida birinchi bo’lib Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi.
    Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V.Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va O’rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo’nalishida qattiq janglar qildi. Diviziya jang-maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va zobitlarini, 5 samolyot va boshqa ko’plab texnikasini yo’q qildi.
    O’zbekistonda tuzilgan 258-o’qchi diviziyasi askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9000 dan ko’proq dushmanning askar va zobitlarini yer tishlatib, 137 aholi yashaydigan punktlarni ozod etib, birinchilardan bo’lib Oka daryosiga chiqib oladi, ko’plab jangovar texnikani qo’lga tushiradilar.
    Moskva himoyachilari orasida o’zbek qizi Zebo G’aniyeva ham bor edi. 1942-yil 21-may kunigacha 23 fashistni yer tishlatdi. 16-marta razvedkaga borib, dushman to’g’risida qimmatli ma’lumotlar olib keldi. Zebo G’aniyeva jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi.
    Moskva ostonalarida o’zbekistonlik merganlar-Ishoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tishlatdilar. 1753 nafar o’zbekistonlik jangchilar «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.
    O’zbekistonliklar Stalingrad janglarida. O’zbekistonliklar 62-va 64-armiyalar safida turib tarixiy Stalingrad jangida qahramonona jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytda Stalingradga Samarqand va Farg’onada tuzilgan 90-va 94-o’qchi brigadalari etib kelib jangga kirdilar. Bu brigadalar asosan o’zbek yigitlaridan tuzilgan bo’lib, komandirlari orasida S.Nuritdinov, V.Umarov, A.Murodxo’jayev, F.Norxo’jayev va boshqalar bor edi. 20-otliq askarlar diviziyasining jangovar ruhda jang qilishida diviziya komissari Mullajon Uzoqovning xizmati katta bo’ldi.
    O’zbekistonlik jangchilardan 2738 kishi «Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandi.

    Download 172,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 172,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonliklar Moskva uchun janglarda

    Download 172,5 Kb.