• Harbiy safarbarlik
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston




    Download 172,5 Kb.
    bet6/11
    Sana03.08.2024
    Hajmi172,5 Kb.
    #269092
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    10-maruza

    4.Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston.
    1939-yil 1-sentabrda fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi.
    Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, agressiv davlatlar-fashistlar Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik Yaponiya boshladilar. Ular orasida Germaniya fashistlari uyushtiruvchi, yetakchi rol o’ynadi.
    Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib berilgan urush bosqinchilik, adolatsizlik urush edi. Fashizmga qarshi urushgan davlatlar adolat uchun kurashdilar. Agressiya qurboni bo’lgan mamlakatlarda vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko’rsatish harakati boshlangach, urushning ozodlik xarakteri yanada ko’chaydi.
    Angliya va Fransiya hukmron doiralari birinchi jahon urushida qo’lga kiritgan hududlarni o’z tasarrufida saqlab qolishga, Gitler qo’shinlarini Sharqqa, Sovet Ittifoqi tomon yo’naltirishga intildilar.
    Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi qo’yishga va ularning harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan edi. 1939-yil 23-avgustda sobiq SSSR bilan Germaniya o’rtasida 10-yil muddatga hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolanadi. Shartnomaning mahfiy qo’shimcha bayonnomasiga muvofiq Germaniya va SSSR o’zlarining ta’sir doiralarini bo’lib oladilar. German va sovet manfaatlari Polsha davlati hududlari bilan bog’liq edi. Germaniya Boltiqbo’yi mamlakatlariga da’vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939-yil 1-sentabrda Polshaga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939-yil 17-sentabrda o’z qo’shinlarini G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu hududlarni o’z tasarrufiga oladi. 1940-yil iyunda SSSR Boltiqbo’yi respublikalarini ham egalladi.
    Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo’lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni-Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.
    Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo’lga kiritib bo’lgach, 1941-yil 22-iyun yakshanba kuni tong saharda hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilishdan iborat edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari-Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar.
    Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston ham urush girdobiga tortildi.
    Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi.
    Harbiy safarbarlik. Urushning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning moddiy va ma’naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissariatlari harbiy xizmat majburiyatida bo’lganlarni safarbar etish bilan shug’ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo’lga qurol olib frontga jo’nab ketdilar.
    O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o’choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo’lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo’mondonlik qarorgohi zahirasiga 86 diviziya va brigada jo’natdi.
    O’zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo’lgan davrda 14 ta miliy harbiy qo’shilmalar, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo’natildi.
    1941-yilda O’zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo’lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, aniqrog’i 1 mln. 433 ming 230 kishi urushga safarbar bo’lgan. O’zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o’z farzandlarini frontga jo’natar ekan, ularga mard va botir askar bo’l, qahramonlarcha jang qil, g’alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qoldilar.
    O’zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo’jalikni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar etish, ko’plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o’q-dorilar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha Shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar.
    1941-yilning oxrigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovar texnika, qurollar, o’q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar o’rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar. Respublika Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’limi maktablari urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo’naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o’rgatish ishlari yo’lga qo’yildi. Respublikamiz qishloqlarining aholisi front va front orqasini oziq-ovqatlar bilan, sanoatni homashyo bilan ta’minlash uchun oyoqqa turdi.

    Download 172,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 172,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston

    Download 172,5 Kb.