Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi




Download 172,5 Kb.
bet5/11
Sana03.08.2024
Hajmi172,5 Kb.
#269092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-maruza

O’zbekiston SSR. Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil etildi. O’zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jayev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi etib tasdiqlandi. O’zbekiston SSR tarkibiga quyidagi xududlar kiritildi:
-sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
-sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;
-sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani.
O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312 394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma’lumotlari bo’yicha milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.
1924-yil 5-dekabrida Inqilobiy Qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murajaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo’linish ham o’tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar o’rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O’rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.
1924-yil 13-fevralda Buxorodagi «Xalq uyi»da Butuno’zbek sovetlari birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya»ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O’zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg’onalik dehqon, «Qo’shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbekiston SSR hukumati - Xalq Komisarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo’jayev tasdiqlandi6. Samarqand shahri O’zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi, 1930-yilda poytaxt Toshkentga ko’chirilgan.
Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko’rsatib kelgan partiya, komsomol va xo’jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm komunistik partiyalari, komsomol, va xo’jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
O’zbekiston kompartiyasi 1 ta’sis syezdi 1925-yil 8-fevralda Buxoroda ochildi. Syezdda O’zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo’mi saylandi. V.I. Ivanov va A. Ikromov (1927-yildan birinchi kotib) Markaziy Qo’mitaning mas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (O’z LKSM), respublika kasaba uyushmalari, ularning rahbar organlari ham tuzildi.
1925-yil mayda O’zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O’zbekiston SSR hududida ishlaydigan bo’ldi. 1927-yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937-yildagi ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko’chirma nusxasi edi. Chunki O’zbekiston qog’ozdagi «suveren» respublika bo’lib, amalda Markazga tobe bir o’lka edi, xolos7. U o’z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan xoli, mustaqil hal eta olmasdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, 1929-yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSRga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936-yilga kelib avval Qozog’iston ASSR, keyin RSFSR (1932-1936-yil) tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston muxtor viloyati muxtor sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, qog’ozda suveren respublika sifatida shakllantirilgan, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to’la bo’ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari etkazib beruvchi o’lka bo’lib qolaverdi.





Download 172,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 172,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi

Download 172,5 Kb.