• Soglom avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishish
  • Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin




    Download 48 Kb.
    bet4/15
    Sana28.01.2024
    Hajmi48 Kb.
    #147658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Turli yosh guruhlarida kun tartibini kuzatish va sensor tarboya

    Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
    Respublika byudjeti mablagʻlari, shu jumladan, 2018-2019 yillarga moʻljallangan, har chorakda ajratilib, har yili byudjet qoidalariga muvofiq indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard soʻm miqdorida;
    davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan koʻchmas mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar — 100 foiz miqdorida;
    Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, maqsadli jamgʻarmalari va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadiga undirilgan byudjet mablagʻlarining noqonuniy xarajatlari, oʻgʻrilik, kamomad summalarining 50 foizi;
    Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
    jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablagʻlari;xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
    Sog'lom avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishish
    O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila oshilariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi.
    Pedagogika – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahyuarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘ligul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yo‘lboshchisibo‘ladi.Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi.
    Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z maxoratini doimo faollashtirib bori shva hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
    Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki Uzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga binoan oktyabr oyining Halq ta’limi hodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. YOsh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» vash u kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur xurmat-ehtiromni bildiradi.

    Download 48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin

    Download 48 Kb.