• Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini
  • Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini
  • Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini
  • Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasini
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maydonchalari, xonalari, jixozlanish, ish uslublari bilan tanishtrish guruhlarga bo’linish




    Download 48 Kb.
    bet3/15
    Sana28.01.2024
    Hajmi48 Kb.
    #147658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Turli yosh guruhlarida kun tartibini kuzatish va sensor tarboya
    индивидуализация обучения русскому языку как фактор развития пунктизационных умений школьников, Математика укитиш методикаси o’quv qo’llanma, Mavzu Ertalabki badantarbiya mashqlari. Reja
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maydonchalari, xonalari, jixozlanish, ish uslublari bilan tanishtrish guruhlarga bo’linish.
    Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
    1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
    a) Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat muassasasi shaklida tashkil etish hamda unga quyidagi vazifalarni yuklash:
    taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini taʼminlash;
    taʼlim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar xodimlari tarkibini oʻqitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va ishlab chiqarish;
    maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
    maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
    maktabgacha taʼlim tizimiga joriy etilayotgan taʼlim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash;
    b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha taʼlim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
    v) Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha taʼlim tizimi obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
    g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish.

    Download 48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maydonchalari, xonalari, jixozlanish, ish uslublari bilan tanishtrish guruhlarga bo’linish

    Download 48 Kb.