• -mavzu: Yo’l transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablari I.Kirish
  • II.Asosiy qism
  • Tushuntirish xati




    Download 1.86 Mb.
    bet44/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
    III Yakuniy qism :

    Keksaga ko`mak ber, suyangan tog`ing,

    Buni tushunasan qarigan chog`ing.

    O`z yaqinlarimiz, tanish –birodarlarimizni uylariga borib yo`qlash vazifasi topshiriladi va dars yakunlanadi.

    Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.

    Sana: 31-mavzu: Yo’l transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablari

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilargayo’l transport hodisalarining sabablari haqida tushuncha berish

    KompetensiyaTK-2: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.

    TK-4: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori: Yo’l harakati qoidalariga rioya qilaylik



    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:

    Tashkiliy qism

    O’qituvchi:

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi:

    Tez harakatlanib ketayotgan avtomobilni taqqa to‘xtatib bo‘lmasligini

    hamma yaxshi biladi, lekin harakat ishtirokchilari ayrim hollarda

    o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga ololmaydilar. Yo‘llarda sodir

    bo‘layotgan deyarli barcha falokatlarning sababi aynan shunda. Bunga

    yo‘l qo‘ymaslik maqsadida avtomobilni yaratgan inson yo‘llarda harakatlanishqoidalarini ham o‘ylab topdi. Avvallari yo‘llarda harakatlanishishtirokchilari hisoblangan otliqlar, izvoshchilar, keyinroq piyoda vahaydovchilar bir-birlariga xavf tug‘dirmaslik maqsadida ana shuqoidalarga muvofiq harakat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar

    takomillashib, to‘ldirib borilgan.

    Qoidalar tarixiga nazar solsak, ular asosan piyodalarning manfaatlarini

    o‘ylab, izvoshchi va mashina haydovchilarining piyodalarga

    yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlardan himoya qilish maqsadida

    joriy etilgan.

    Avtomobillarnig paydo bo‘lishi bilan yo‘llarda harakatlanish

    qoidalari hayotiy zaruratga aylandi va nihoyat, 1893-yil 14-avgustda

    Fransiyada, 1896-yilda Angliya va boshqa davlatlarda bu qoidalar joriy

    qilindi

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining

    o‘ng taraflama harakatlanishi tartibi joriy etilgan. Shu bois, harakat

    vaqtida piyodalarning ham, haydovchilarning ham o‘ng tomondan

    harakatlanishiga odatlanib qolganmiz. Biroq harakatning o‘ng tomonlama prinsipini tashkil qilish va joriy etish uchun anchagina vaqt hamda kuch talab etilgan. Endilikda qoidaga aylangan bu odat bizga uzoq vaqtlardan yetib kelgan.

    Endi siz o’ylab ko’ring, agar biz yo’l harakat qoidalariga amal qilmasak, yo’llardan o’tish vaqtida yo’l belgilari ko’rsatilgan joylardan yurmasak,mashina boshqarayot vaqtimizda spirtli ichimliklar ichib olsak, nafaqat o’z hayotimizni, balki yaqinlarimiz va atrofimizdagi insonlarning hayotlarini xavf ostiga qo’yishimizga olib keladi. Doimo xushyor bo’lsak, bu umrimizga foyda ekanligini unutmasligimiz lozimdir.





    Download 1.86 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




    Download 1.86 Mb.