• Axborot–ishora belgilari
  • 32-mavzu: “Kitobim-oftobim” I.Kirish
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • 33-mavzu:Yaxshi dam- o`qishga hardam I.Kirish
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Tushuntirish xati




    Download 3.75 Mb.
    bet5/5
    Sana28.12.2019
    Hajmi3.75 Mb.
    #5848
    1   2   3   4   5

    Buyuruvchi belgilar

    Buyuruvchi belgilar transport vositalariga ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki faqat ma’lum yo‘nalishlarda harakatlanishlari kerakligini buyuradi.

    Buyuruvchi belgilar doira shaklda bo‘lib, foni ko‘k, tasviri oq rangda bo‘ladi. Ular 8 ta bo‘lib, birinchi va ikkinchi belgilar turlanishlarga ega, ya’ni 4.1.1, 4.1.2, 4.1.3, 4.1.4, 4.1.5, 4.1.6 kabi.

    Belgilarni ta’sir doirasi va dahldorligi:

    4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga dahli yo‘q.


              1. belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.

    4.1.1 belgisi yo‘l boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovli va yo‘lga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi.

    4.4. «Engil avtomobillar harakatlanadi» yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

    Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.

    Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.



    Axborot–ishora belgilari

    Axborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yo‘ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.

    Axborot-ishora belgilari asosan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k, yashil, oq va sariq rangda bo‘ladi. Tasviri esa oq va qora rangda bo‘ladi. Axborot-ishora belgilari 40 ta bo‘lib, ma’lum belgilar turlanadi.

    Yashil fonli axborot-ishora belgilari avtomagistralga ta’luqli ekanligini bildiradi. Oq fonli axborot-ishora belgilari aholi yashash joyidaligini bildiradi. Sariq fonli axborot-ishora belgilari esa ta’mirlash ishlari ketayotgan yo‘llarga o‘rnatiladi.



    32-mavzu: “Kitobim-oftobim”

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning kitob o`qishga,ilm olishga,kutubxonadan foydalanishga qiziqishini hosil qilsh.O`quvchilar qalbiga hamma narsadan ilm kuchli,qadrli ekanini singdirish.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Kun shiori: Kitob-bilim bulog’i

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:

    Topishmoqning javobini toping:

    Juda sevamiz uni, U barchaning ulfati,

    Xilma-xildir mazmuni. Bo`lar ba`zan surati,

    O`qituvchi emas-ku, Qani,o`rtoq,buni top!

    Bilim bera olar u. Eslagan der: bu……(kitob)

    -Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.

    -Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o`rgatadi?

    -Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.Zamonaviy ta`lim berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qat`iy nazar,o`quvchini kitobdek ulug` ne`mat bilan do`stlashtirish hech qachon kech emas.Zero,kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini o`g`irlab qo`yishi mumkin.”Kitob - oftob”deb bejijga aytilmaydi.

    Endi kitob haqida qissa tinglang.Sulton G`aznaviy buyuk shoir Firdavsiyga “Shohnoma” degan asar yozishni buyurgan va uning har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va`da qilgan.Xanifa Al-Ma`mun bir kitobni yunonchadan arabchaga tarjima qilgan olimga shu kitob og`irligidagi oltin bilan haq to`lagan.

    2-qissa.Qadimgi yunon faylasufi Arastu vafot etgach,shogirdlari uning ilmiy asarlarini uyi yaqinidagi g`orga yashirishgan.Ular 200 yildan keyin tasodifan topilgan va Arastuga shon-shuhrat keltirgan.Faylasuf Skovoroda o`z qo`lyozmalarini doimo yo`lxaltasiga olib yurgan,hayotalik chog`ida uning bitta ham kitobi chop etilmagan.

    Qissalardan hissalar.Aziz bolajonlar,angladingizmi,kitob naqadar sehrli va naqadar bebaho. Amir Temur bobomiz o`zlarining “Temur tuzuklari” nomli asarida kitob yozuvchi dono olimlar,muhaddis va tarixchilarni e`tiborli odamlar hisoblab,ularning izzat-u hurmatlarini joyiga qo`yganliklarini e`tirof etganlar.

    Bilib qo`yinglar,hammamiz uchun kitobdan yaqinroq,azizroq va yoqimliroq suhbatdosh hamda ma`naviy suyanchiq yo`dir.



    III.Yakuniy qism:

    Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.

    1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish. 2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.

    3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish. 4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash. 5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish. 6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish. 7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.

    O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?Nima uchun?

    O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.

    O`quvchi:Uy sharoitida uncha kitobni saqlash qiyin.

    O`quvchi:Men o`qimoqchi bo`lgan kitob do`konda bo`lmasligi mumkin.

    O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nima yordamga keladi?

    O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.

    O`qituvchi:Barakalla, bolajon! Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz. Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

    33-mavzu:Yaxshi dam- o`qishga hardam

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yoz fasli,yozgi ta`til vazifalari haqida tushuncha berish..

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Kun shiori:Yoz-kelmoqda soz

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    Yoz fasli yaqinlashib kelmoqda. Tez kunlarda o`quv yilini tugatib,mazmunli hordiq chiqarishga shay bo`lib turgan bolakaylar uchun respublikamiz oromgohlari o`z eshiklarini ochadi.Yozgi sog`lomlashtirish oromgohlarida bolalar nafaqat dam olish va sog`likni tiklash,balki turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklarda yangi bilimlargaega bo`lish,biror hunar ko`niklarini egallash,ko`pdan ko`p do`stlar orttirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

    Mamlakatimizda bolalar ta`tilni mazmunli tashkil etish va ularni sog`lamlashtirish masalasiga jiddiy tarzda yondashiladi.

    Yozgi oromgohlarda bolalar uchun ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o`tkaziladi,shoir va yozuvchilar,rassomlar,sportchilar bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkazib turiladi.

    Uyda,buvisinikida dam oladigan bolalar esa,o`zlari uchun kun tartibi rejasini tuzib olib,shu rejaga amal qilib ta`tilni o`tkazishsa,ta`til maroqli o`tadi.

    III.Yakuniy qism.

    O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.

    Yozgi ta`tilda ko`p narsalarni kuzatish mumkin.Quyosh chiqishi,uning nurlarini dastlab qayerlarga tushishini kuzatish juda zavqli bo`ladi.Qaysi qushlarning birinchi bo`lib sayrashini tinglash,dalaga birinchi bo`lib qaysi dehqon chiqishini ko`rish uchun juda erta turishi kerak.

    Kimki erta tursa,sog`lom va baquvvat bo`ladi.

    Inson kuzatganlari asosida tafakkur qiladi.Tafakkur qilish esa yaxshi faoliyat bo`lib,insonning aqlli bo`lishiga yordam beradi.

    Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning,kiyinishning o`z qoidalari bor.Oftobda bosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish mumkin

    emas.Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz

    bermaydi.

    Aziz bolajonlar, yozgi ta`til davomida kuzatganlaringizni yon daftarchangizga yozib boring.

    Yangi o`quv yilida yaxshi o`qishingiz uchun yordam bo`ladi.


    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

    Download 3.75 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3.75 Mb.