-mavzu: Serquyosh O`zbekiston!




Download 3,75 Mb.
bet2/5
Sana28.12.2019
Hajmi3,75 Mb.
#5848
1   2   3   4   5

1-mavzu: Serquyosh O`zbekiston!

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:.

O`quvchilarga Vatan – insonning kindik qoni to`kilgan tuproqligini, insonni kamol toptiradigan, hayotiga ma`no ,mazmun baxsh etadigan tabarruk maskanligini anglatish.O`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmatlarini oshirish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Kun shiori: Jonajon O’zbekistonim , mangu bo’l omon !

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.

I.Asosiy qism

O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi.

-Bir so`z bor,u ilk

Kalomdan boshlanar,

Odobning boshi ham

Undan boshlanar.

Unga odat qilgan yetar murodga,

Odat qilmagan-chi,qolar uyatga.

Jumboqning ma`nosin yeching farzandim,

So`ngra uni kanda qilmang dilbandim.

O`quvchilar:Assalomu alaykum!

Ma`naviyat daqiqasi.

(Vatan haqida qo`shiq eshittirish)Musiqa eshittirish orqali esa bolalarda qo`shiqqa, musiqaga qiziqish uyg`otish.

Bolajonlar eshitgan qo`shig`ingiz nima haqida ekan?

Bu qo`shiqda go`zal O`zbekistonimiz va uning jannatnakonligi tarannum etilgan.

Demak, bugungi mavzumiz “Serquyosh O`zbekiston!” -deb nomlanadi.Slaydlar yoki rasmli plakatlar yordamida mazmunini so`zlash va asoslash.

-Aziz o`quvchilar,O`zbekistonimizning o`tmishi ham, buguni ham ma`naviyati yuksak va madaniyati boy xalq.Bizning ajdodlarimiz,buyuk allomalarimiz, olim-u shoirlarimizni bugun ham dunyo tan olmoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarida Al-Xorazmiy matematikasi,Ibn Sino tibbiyoti,A.Navoiy she`riyati o`rganilmoqda.Xalqimiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgach, yurtimizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar, yangilanishlar,yuksalishlar yuz berdi.

Bugun Davlatimiz,Yurtboshimizning siz – yoshlarga bo`lgan g`amxo`rligi va e`tibori kun sayin oshmoqda.

O`quvchilar fikri chizmaga qaratiladi

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov : “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.

Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.

I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat

.Mana ko`rdingizmi bolajonlar, Mustaqilligimiz biz uchun cheksiz imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi. Shuning uchun ham biz Istiqlolimizning, erkimizning qadriga yetishimiz tariximizni,qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz kerak ekan.


Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,

Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

Qara axir bizga sharoit,

Yaratmatmoqda beshta tashabbus.


Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo‘shiq aytgin baralla,

Seni qo‘llar beshta tashabbus.


Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim,

Chempion bo‘l, olg‘a yur doim,

Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim,

Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.


Internetdan bilgin jahonni,

Yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni engish chun bir oz,

Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.


Kompyuter, texnika asri,

Rivojlanib bormoqda xanuz.

Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin,

Imkon berar beshta tashabbus.


Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin,

O‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan,

Etkazmagan ushbu kunlarga.


III. Yakuniy qism:

Mustahkamlash uchunsavol va topshiriqlar ( o`quvchilarni yanada qiziqtirish uchun “Qarmoq” texnologiyasidan foydalaniladi. Savollar baliq shaklida qirqilgan shablonlar ichiga yoziladi. Har bir shablonga temir qisqichlar o`rnatilgan bo`ladi va magnitli qarmoq yordamida tortiladi.)

1-baliqchadagi savol: Nima uchun 1-sentabr Mustaqillik bayrami va dam olish kuni sanaladi? 2. Siz bu bayramni qanday nishonlaysiz? 3. Mustaqillik bizga nimalarni in`om etdi? 4.Barkamol avlod deganda avvalo nimani tushunasiz?

5. Mamlakatmiz rahbari yosh avlodni barkamol bo`lishi uchun nimalarni tavsiya etganlar? 6.Davlatimiz rahbarining kеlajak avlod haqidagi fikrlari nimalarda iborat ekan? -Vatan deganda qayerni tushunasiz?


-Har bir kishining tug`ilib o`sgan joyi uning Vatanidir.

-Vatanimiz bizni onamiz kabi o`zining issiq bag`rida mehr bilan erkalaydi,sevib ardoqlaydi,voyaga yetkazadi,kamol toptiradi.

-Nima uchun kishilar o`z Vatanini sevadilar?

-Har bir kishi tug`ilib o`sgan yerini jonidan ortiq ko`radi.

-Hatto jonivorlar ham.Agar biror kishi Vatanidan yiroqlab ketsa,u hech qachon rohat,farog`atda yasholmaydi. Balki,yashashi mumkindir,lekin yuragining tub-tubida bir armon – yurt sog`inchi,armoni hech qachon uni tark etmaydi,deb mashg`ulotga yakun yasaydi.

Baholash tizimi: o`qituvchi uch xil rangdagi shablonni dars davomida tarqatib boradi , yig`ilgan shablonlar orqali yakuniy baho e`lon qilinadi.



2-mavzu: Yo’llarda piyodalar harakati

Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.

3-mavzu: Birinchi tibiiy yordam qanday ko’rsatiladi?

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga birinchi tibbiy yordam haqida tushuncha, tibbiy yordamga muhtoj kishilarga duch kelganda qanday harakat qilish lozimligi tug’risida tushuncha berish

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

Kun shiori:Sog’ tanda – sog’lom aqlTarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.



II.Asosiy qism:O’qituvchi o’quvchilarga birinchi tibbiy yordam haqida ma’lumot beradi.

Ma’lumki, baxtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Bunday holatlarda tez yordam qanday tashkil qilinadi? Qanday yordam va u qanday ketma-ketlikda ko‘rsatiladi? Bunday hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda tibbiyot xodimi yoki birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxs voqea oqibatlarini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha javobgar bo‘ladi. U hamma jarohatlanganlarga yordam berilmaguncha yoki tez yordam brigadasi yetib kelmaguncha o‘sha joyda qolishi kerak.
Bu holatda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar quyi-dagilardan iborat: shikastlanish turi bo‘yicha jarohatlanganlar guruhlarini tashkil qilish, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tez tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni tezkorlik bilan, ularning holati va jarohati darajasiga qarab, navbat bilan davolash muassasasiga evakuatsiya qilish.
Jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha umumiy boshqaruv mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga yuklatiladi.
Amaliy boshqaruvni operativ bo‘lim orqali, o‘choqdagi (tabiiy yoki baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi) mas’ul tibbiy xodim va tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul navbatchi vrachi amalga oshiradi. O‘choqda barcha ishlarga mas’ul feldsher tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul vrachiga bo‘ysunadi. U voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelishi bilan sharoitni baholab, barcha tibbiy xodimlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirishi, so‘ngra o‘z o‘rnini belgilashi kerak.
U jarohatlanganlar sonini aniqlaydi va shunga mos ravishda radio yoki telefon orqali qo‘shimcha tez yordam mashinalarini chaqirish masalasini hal qiladi. Fyeldsher muassasa rahbariyati, militsiya va avariya qutqaruv xizmati bilan aloqa bog‘laydi va jarohatlanganlar evakuatsiyasi yo‘nalishini aniqlaydi. Jarohat turiga qarab, tibbiy saralash va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun feldsher va hamshiralar ajratiladi.
Yangi kelgan brigadalarni o‘z boshqaruviga olib, bosh vrach bilan birgalikda jarohatlanganlarni gospitalizatsiya qilish va ko‘rsatmalar bo‘yicha profilli kasalxonalarga evakuatsiya qilish tartibini aniqlaydi.
O‘choqda ishlar tugaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan o‘choqni shaxsan tekshiradi va obyekt rahbariga hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mas’ul navbatchi vrachiga axborot beradi, ularning ruxsati bilan voqea sodir bo‘lgan joydan eng keyin jo‘nab ketadi.

Qo'l, oyoq qattiq shikast yetganda birinchi tibbiy yordam

Qo'l yoki oyoq qattiq jarohat tufayli uning sinish extimoli mavjud.


Quyidagi holatda vrach kelgunicha birinchi tibbiy tez yordam quyidagicha Qo'l yoki oyoq singan bo'lsa darhol singan joyiga shina (qattiq, tekkis bo'lgan jism) qo'yiladi va ustidan toza bint yoki mato bilan o'rab bog'lab qo'yiladi. Singan joyidan katta jarohat bo'lib to'xtovsiz qon kelayotgan bo'lsa shu jarohat tepasidan tahminan bir qarich tepasidan qo'lni yoki oyoqni mato bilan qattiq bog'lab qo'yiladi, bog'lab qo'yish natijasida qo'lga yoki oyoqga qon borishini to'xtatib turamiz, faqat bog'lab qo'ygan joyizga qachon bog'lab qo'yilgan vaqtingizni yozishni unutmang.

Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)
Qоn оqshi sаbаbаlri vа kuchi. Qоn оqshi, ko`pinchа, qоn tоmir dеvоrining mеxаnik tа`sir tufаyli shikаstlаnishidаn yuzаgа kеlаdi, shuningdеk uning bа`zi bir kаsаlliklаridа pаtоlоgik o`zgаrishlаrgа uchrаshi hаm sаbаb bo`lаdi. Bundаn tаshqаri, qоn оqishi qоnning ivish xususiyati buzilgаnidаn, mаsаlаn, gеmоfiliya xаstаligidа kuzаtilishi mumkin. Qоn tоmirdаn оqаyotgаn qоn оqimining kuchi o`shа tоmir turigа, kаttа-kichikligigа, qаysi to`qimа shikаstlаngаnligigа, jаrоhаt xаrаktеrigа, qоn оqаyotgаn gаvdа qismining hоlаtigа bоg`libo`lаdi.
Qоn оqishining turlаri. Qоn tаshqаrigаоqаyotgаn bo`lsа tаshqi, bo`shliqаrgа yoki gаvdа to`qimаlаrigа quyilаyotgаn bo`lsа, ichki yoki yashirin qоn kеtishi dеyilаdi.

Teri shikastlanganda birinchi tubbiy yordam
Terining timdalanishi, qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq suv bilan, keyin kaliy permanganatning och pushti rangli
(1:1000) eritmasi bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashildori (zelyonka) surtib, sterillangan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi yor¬dam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga mu rojaat qilinishi kerak. Jarohatga tuproq, qozonkuya kabilarni sepish mutIaqo mumkin emas, chunki ularda har xii mikroblar bo'lib, jarohat yiringlashi mumkin.

III. Yakuniy qism:

Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.

O’quvchilar rag’batlantiriladi.

4-mavzu: Ustoz mehri

(1-oktabr –O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga ustozlarni,murabbiylarni hurmat qilsh,ulardan o`rnak olish,bergan o`gitlariga amal qilishni tushuntirish.

Ona Vatanni sevish,uning yutuqlaridan g`ururlanish hissini tarbiyalash.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Kun shiori: Ustoz-otangdan ulug’

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.

II.Asosiy qism:

Ertalik.


1-boshlovchi:

Assalom,ustozlar,mehri daryolar,

Ilm-fan bog`ida asl donolar!

2-boshlovchi:

Bugun qarshingizda yosh shogird bo`lib,

Yuraklari limmo-lim zavq-shavqqa to`lib,

Sha`ningiz ulug`lab she`rlar ayturmiz,

Ustoz,Sizga bosh egib,ta`zim qilurmiz.

1-o`quvchi:-Mamlakatimizda ustoz va murabbiylar qadimdan sharafli kasb egalari sifatida ulug`langan,el-yurt e`zozida bo`lgan.Ayniqsa,mustaqillik yillarida ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlari yanada qadr topdi.

2-o`quvchi:-Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1997-yildan boshlab yurtimizda 1-oktabr –O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanmoqda.Bu esa ustozlarga ko`rsatilayotgan yuksak ehtiromdan darak beradi.

3-o`quvchi:Olamda ko`p erur muborak onlar,

Tabarruk zotlar ham garchand ko`p erur.

Sizgadir ilk rahmat,aziz insonlar,

Munis muallimlar,sizga tashakkur.(A.O)

4-o`quvchi:Ustoz yo`li porloqdir,ustoz yo`li yorug`dir,

Ustoz ko`ngli –xazina,saxovatga to`liqdir.

Yetsang ustoz qadriga,eling seni ardoqlar,

Mo`min,bilsang ustozing otangdayin ulug`dir.(P.M.)

1-boshlovchi: Ustozlar haqida qanday maqol va hikmatli so`zlar bilasiz?

5-o`quvchi:-Ustoz otangday ulug`.

6-o`quvchi:-Ustozsiz shogird – jonsiz terak.

7-o`quvchi:-Ustoz qanday – shogird shunday.

8-o`quvchi :-Ustoz bilimli – shogird ilmli.

9-o`quvchi:-Usta bo`lsang ham,ustozingni unutma.

2-boshlovchi:Tillarimiz biyron-biyron chiqib,endigina gapira boshlaganimizda ota-onamiz:”Ota” ,degin,”Ona”,degin deya bizni ilk bor so`zlashga o`rgatishgan.

Ota-onaga hurmatni,kichikka izzatni,Ona Vatanga bo`lgan so`nmas mehr-u muhabbatni esa bugun ehtirom bilan tilga olayotgan ustozlardan o`rganmoqdamiz.

1-boshlovchi:Yana ustozlar haqida aytilgan donolarning hikmatli so`zlaridan va hadislardan namunalar ayting.

10-o`quvchi:

-Jahonda bo`lmasa muallim agar,

Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.(Abdurahmon Jomiy.)

11-o`quvchi:-Ustoz, muallimsiz qolsa bir zamon,

Nodonlikdan qora bo`lurdi jahon.( Abdurahmon Jomiy.)

12-o`quvchi:-O`quvqaydabo`lsa,ulug`likbo`lur.

Bilimqaydabo`lsa,buyuklikbo`lur.(YusufXosXojib)

2-boshlovchi:Aziztengdoshlar! Orangizdao`qituvchilikkasbigahavasqo`yib,”Kattabo`lsambirinchiustozimkabio`qituvchibo`laman”,deyaorzuqilganlarbor, albatta.(O`quvchilargaqaratadeydi):

deylik,o`qituvchibo`libqolsangiz,shudargohdadarsberayotganqaysiustozgao`xshagingizkeladi?(………..)

-Siz tilga olgan bu ustozlarning qaysi jihatlari sizga ko`proq yoqadi?(………..)

-Mobodo,ustozingiz yomon baho qo`ysa,undan ranjiysizmi?(………)

1-boshlovchi:Aziz ustozlar,qadrli mehmonlar hamda tengdoshlar!Shunung bilan bugungi ertaligimiz o`z nihoyasiga yetdi.

2-boshlovchi: -Yana bir bor qutlug` bayram bilan tabriklar ekanmiz,Siz aziz ustozlarga tuganmas sog`lik,baxt,uzoq umr,ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.


Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.

5-mavzu: Odobli bola – eilga manzur.

Mashg’ulotning maqsadi: Axloqiy mezonlar haqida tushuncha berish. O`quvchilarni axloq qoidalariga rioya qilishga odatlantirish. Insoniy fazilatlarini kamol toptirish,ma`naviyatini yuksaltirish.

TK-1: jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi; -xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;TK-3: har qanday vaziyatda o‘zini tuta biladi va o‘zini nazorat qila biladi.

TK-5: jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qiladi; -kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi.Fk-1: milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash tushunchalarini bilish elementlari shakllanadi.

Kun shiori: Odobing-ahloqing



O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, “Beshinchisi ortiqcha”metodi.

I. Tashkilioy qism. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.



III.Asosiy qism

Har bir millatning asrlar davomida shakllangan axloq-odob qoidalari va me'yorlari mavjud. Ularda shu millatning fe'1-atvori, tabiati, orzu-intilishlari, niyatlari o’z aksini topadi.Sharq xalqlari qadimdan jamoa bo’lib yashashga odatlangan va atrofdagilarning fikrini hurmat qilgan. Ular «Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona» degan naqlga amal qilishgan. Bolaning axloq-odobiga faqat ota-onasi emas, balki butun mahalla ahli ham o’zini javobgar hisoblagan. Bola tarbiyasiga katta elibor qaratgan ota-bobolarimiz pand-nasihat ruhidagi asarlarni ko’p yozishgan.

Ota-ona va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, xushmuomalalik, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik — o’zbek xalqining asosiy axloqiy mezonlaridir.

Husayn Voiz Koshifiy “ Futtuvvatnomai Sultoniy “ nomli asarida yoshlar amal qilishi kerak bo’lgan suhbat odobining quidagi qoidasini sanab o’tadi :



  • so’ramagunlaricha gapirmaslik ;

  • gapirayotganda ovozini baland ko’tarmaslik ;

  • gapirayotganda , o’ngu-so’lga qaramaslik;

  • g’arazli va kinoyali gaplarni gapirmaslik;

  • qattiq gapirmaslik va betgachoparlik qilmaslik ;

  • odamlar gapini bo’lmaslik ;

III.Yakunlovchi qism

O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.

1.”Odobni odobsizdan o’rgan “ deganda nimani tushunasiz ?

2.Ahloq deganda nimani tushunasiz ?

3.Siz o’zingizni ahloqliman deb o’ylaysizmi ?

4.Yaxshi inson qanday fazilatlarga ega bo’ladi ?

5.Ahloq va odob nimani o’rgatadi ?
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
6-mavzu: “Shahar tashqarisidagi yo’llarda harakat”

Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi


7-mavzu:Bo`lay desang baquvvat bardam,sport bilan shug`ullan hardam

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ma`nan barkamol,jismonan sog`lom vabaquvvat qilib kamol toptirish hamda sport turlari bilan tanishtirish orqali nazariy bilimlarini boyitsh

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Kun shiori:Sog’ tanda-sog’lom aqlTarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:AKT vositalari, proektor, tarqatma material,rasmlar,plakatlar.

Mashg`ulot davomida mavzuga doir vidieolavha, fotoillyustratsiyalardan, slaydva CD, DVD disklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir



Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tarbiyaviy mashg`ulotnio`tish joyi:Sinf xonasi.

Tashkiliy qism:

a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.

Mashg`ulotmavzusiningmaqsadvavazifasibilano`quvchilarnitanishtirish. O`quvchilarni 3-4 guruhga bo`lish



II. Asosiy qism

O`qituvchi o`quvchilarga shaxsiy gigiyena, kun tartibi va sog`lomlashtiruvchi mashqlar haqida ma`lumotlar beradi.

O`qituvchining kichik ma`ruzasi:

Azizo`quvchilar! Mustaqillikka erishgan ilk kunimizdan boshlab Prezidentimizning shaxsan o`zlarining rahnamoligi ostida sportga, ayniqsa bolalar sportini yanada ommaviylashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Bu esa, mamlakatimiz yoshlari orasida ko`plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga va davlatimiz bayrog`ini Xalqaro sport musobaqalarida yuqori ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda.Hechbirsoha yurt dovrug`ini sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi.Vatanimizning bayrog`ini jahon shohsupalarida mag`rur hilpirashida ham mahoratli sportchilarimizning xizmati katta. 2012-yil Londonda bo`lib o`tgan XXX yozgi olimpiada musobaqasida yurtimiz sportchilari bitta oltin va uchta bronza medali sohibi bo`lishdi.Bugun Artur Taymazov,Rishod Sobirov,Abbos Atoyev hamda Soslan Tigiyev kabi o`g`lonlariga barchaning havasi keladi.

Sportda muvaffaqiyatlarga erishish oson bo`lmaydi. Buning uchun temirdek iroda, intizom va tinimsiz jismoniy mashg`ulotlar olib borilishi zarur.

Sport - insonni kuchli, baquvvat qilib tarbiyalashi bilan birga, sog`liqni saqlashida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham siz aziz bolajonlar doimo jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib boring!

Kelinglar hozir barchamiz badantarbiya mashqlarini bajaramiz.Bunda qaysi guruh faol qatnashsa rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadilar.
Badantarbiya mashqlari2-3 martadan takrorlangan holda bajariladi. Faol qatnashgan guruhlarga rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadilar.

1-mashq.D.h. qo`llar belda. 1-Boshni oldinga egish; 2-D.h.; 3-boshni orqaga egish; 4-D.h.; 5-boshni chapga egish; 6-D.h.; 7-boshni o`ngga egish; 8-D.h.

2-mashq. D.h. qo`llar belda. 1-Chap tomonga egilish; 2-D.h.; 3-o`ng tomonga egilish; 4-D.h. qaytish.

3-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar pastda oyoqlar yelka kengligida. 1-Qo`llarni yuqoriga baland ko`taramiz; 2-qo`llarni pastga tushuramiz.

4-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar belda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Oldinga egilib, qo`llarni oyoqlar uchiga tekkazish; 2-D.h.; 3-Orqaga egilish, qo`llar bel orqasida; 4-D.h.

5-mashq. D.h. Qo`llar oldinga uzatilgan. 1-Asta sekinlik bilan qo`llarni yuqoriga ko`tarib, oyoqlar uchida turamiz; 2-D.h.

6-mashq. D.h. qo`llar pastda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Chuqur nafas olib, qo`llarni yuqoriga ko`tarish (olingan nafasni ushlab turish); 2-Asta-sekinlik bilan nafas chiqarilib, qo`llar pastga tushuriladi.

1-mashq. 2-mashq. 3-mashq.

4-mashq. 5-mashq.
Badantarbiya mashqlarini bajarib bo`lgach, o`quvchilarning faolligini yanada oshirish maqsadida kichik guruhlarda ishlash o`tkaziladi. Bunda oquvchilarning sport turlari bilan tanishtirish, diqqat faoliyatini oshirish uchun guruhlar o`rtasida “Qani topchi!” o`yini o`tkaziladi.

Savol-javoblar:




III.Yakuniy qism.

O`quvchilarni rag`batlantirish. Uyga vazifa: o`quvchilar mustaqil ravishda 4-6 ta umumrivojlantiruvchi mashqlarni tuzib kelish.

Boks Yugurish Sport Tennis Basketbolchang’i sporti suzish

gimn

Balandlikka Kurash Yugurib kelib Voleybol Kon`ki uchish

sakrashuzunlikka sakrash sporti Voleybol


Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
8-mavzu:“Ona tilga ehtirom”

(O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:Yosh avlodni ona zaminga,ona tiliga mehr,g`ururlanish ruhida tarbiyalash.Kattalarni hurmat,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish,sof o`zbek tilida so`zlashishga o`rgatish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Kun shiori:Ona tili-millat ruhi

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.



II.Asosiy qism:

Aziz bolajonlar!Bugungi darsimizni “Ona tilga ehtirom” deb atadik.

Deyarli hamma hayvonlar,parranda va hasharotlarning ham tili bor.Til issiq sovuqni,ta`m-mazani biluvchi,ovqatlanishda ishtirok etuvchi a`zo.

Insonda esa bulardan tashqari nutq tovushlarini hosil qiladi,ya`ni so`zlash qobiliyati til orqali amalga oshadi.

Yer yuzida qancha millat,xalq,elat,qabila bo`lsa,shuncha til bor.Tilsiz xalq

yo`q,xalqsiz esa til bo`lmaydi.

Til insonlar o`rtasidagi aloqa,fikr ifodasi,insonlarning bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi.

Bobomiz Alisher Navoiy so`zning yumshoq,go`zal,nafisligi va inson ruhiyatiga ta`sirini shunday tasvirlagan edilar:

So`zdadur har yaxshilikning imkoni bor

Mindin debdilarki,nafasning joni bor.

O`zbek tili o`z millati,o`z xalqi,o`z ruhiyatini,g`ururini,kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy tildir.

Savol:Qani ayting-chi,O`zbekiston Respublikasida davlat tili qaysi til?

Javob:O`zbekiston Respublikasida davlat tili – o`zbek tili.

Savol:O`zbekiston Respublikasida,”Davlat tili to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

Javob:1995 –yil 21-dekabrda.Respublika Oliy Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi” Davlat tili to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilindi.

Savol:Qachon o`zbek tiliga davlat maqomi berildi?

Javob:1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

III.Yakuniy qism:

Aqliy hujum:

1.Til odobi haqida nimalarni bilasiz?

Javob: Har bir inson bir-biri bilan yakka holda yoki jamoat joylarida muomalada bo`lganda o`ylab,aql bilan so`zlashi kerak;

-Xushmuomalalik bilan muloyim so`zlash kerak;

-Hazil va kesatishlardan o`zini tiya bilishi kerak;

-Suhbatdoshlar so`ziga chetdan turib aralashmaslik kerak;

-Sergaplik,ezmalik qilish mumkin emas;

-So`kin gapirmaslik kerak.

2.Til haqida qanday maqollar bilasiz?

Til bilgan – el bilur. Til yomoni xot etar.

Til bor,bol keltirar Tig` jarohati bitar

Til bor,balo keltirar. Til jarohati bitmas.

Til yaxshisi bor etar “Buzuq telefon”o`yini

O`qituvchi birinchi o`quvchi qulog`iga S.Hakimning “Ona tilim” nomli she`ridan to`rt qatorini shivirlab aytadi.

Do`stga do`stu durdona tilim

Begonaga begona tilim

Beshigimda yagona tilim

Ona tilim.

Birinchi va oxirgi o`quvchidan she`rni ovoz chiqarib yodlab berish so`raladi.

Xattaxtaga she`r yozib ko`rsatiladi.O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolarini topib oladilar.

Bilasizmi bolajonlar .xalqimizda shunday naql bor: Har bir ishni bajarganda uning tilini bilgin yoki “Tilni bog`la dil bilan,dilni bog`la til bilan”.Til millatning qalbi,uni avaylab-asrash har bir inson uchun ham farz,ham qarzdir.

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

9-mavzu: “Oilada tejamkorlik”

I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga oila byudjeti haqida tushuncha berish. Ularning spotga,sog`lom muhit tarziga bo`lgan qiziqishini tarbiyalab borish,ularda komillikka intilish hissini uyg`otish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Kun shiori: Tejamli ish-bejog’liq

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

Tashkiliy qism:a)Psixologik muhit yaratish.b)Navbatchi hisoboti.



II.Asosiy qism:Inson hayotida ro`zg`or,uy-joy tutishda tejamkorlik,ya`ni isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik,reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz “Tejog`lik ish –bejog`lik” deb bejiz aytmagan.Tejamkorlik – insonning ma`naviyatini boyitadi,oilasida qut-baraka olib keladi.Tejamkorlik kichiklikdan o`rgatiladi. Ikromjonlar oilasida nonushtadan so`ng,otasi Yoqubjon aka:”Qani o`lab ko`raylik-chi, bugun sizlar nonushtada baham ko`rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab dasturxonga qo`ygan ne`matlar:non,sariyog`,tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi?Choy qaynatish,ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi?Burchakda turgan sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi.Elektr toki qayerdan keladi?”-deb so`radi.So`ngra davom etib:

-Biz bularni qadrlab,tejab ishlatimiz kerak,-dedi Yoqubjon aka,-insonlar yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak,shunda oilamiz,davlatimiz boyiydi.

Tejash –bu narsalarni isrof qilmaslik uni qadrlash,har buyumni o`z me`yorida ishlata bilish,kerak-kerakmas narsalarni pala-partish xarid qilmaslik,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.

Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali,to`kis,dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan. Davlatimiz,oilamiz boy bo`lsin desangiz har bir narsadan oqilona,isrof qilmay foydalanishga odatlaning. Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib,mol-u mulkka ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.



III.Yakuniy qism:Aqliy hujum:

Isrofgarchilik qanday illat deb o`ylaysiz?

Javob.

-Isrof –keraksiz narsalarga behudaga pul sarf etish,foydasiz sarf-harajatlar tushiniladi.

-Isrofgarchilik yomon oqibatlarga olibb keladi.

-Isrofgar odam qanchalik boy bo`lmasin,bora-bora kambag`alga aylanadi.



Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

10-mavzu: “Shahar tashqarisida xavfsizluk qoidalari”

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

11-mavzu:Bayrog`imiz-faxrimiz

(18-noyabr – O`z.Res.Davlat bayrog`i qabul qilingan kun)

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

O`quvchilarda davlatimiz ramzlariga hurmat-e`tiborni oshirish, Vatanga ona yurtga mehr-muhabbatni ostirish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Kun shiori:Mangu hilpirayver bayrog’im

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

O`quvchilarni guruhlarga ajratish

II.Asosiy qism:Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im

Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.

Moviy,yashil,oppoq erur ranglari

Qizil chiziq tomirdagi qonlari.

Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo

Poyi uzra yashil vodiylar paydo.

Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,

Oy yulduzlar shu`lasini porlatib

Halpirayver ona yurtim bayrog`i

Sen erursan yuraklarining ardog`i.Ona- diyorimizning eng yangi tarixi 1991- yil 1- sentabrdan boshlanadi. Shu davrdan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatga asos solindi. Biz ham jahondagi yuksak rivojlangan davlatlar singari, bozor munosabatlariga o`ta boshladik.

Nufuzli xalqaro tashkilotlar- Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondiga a`zo bo`ldik. Xalqimiz o`z salohiyatini namoyon eta boshladi. Mamlakatimiz chet el iqtisodiyotiga ochib qo`yildi. Vatanimizga xorijdan ko`plab tadbirkorlar, ishbilarmonlar kelib, investitsiya qo`ya boshlashdi. Natijada tez orada mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanib, respublikamiz Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, buyuk davlatga aylanadi.

Har bir mustaqil davlatning o`z alohida ramzi- bayrog`i bo`lishi qadimdan qonun tusini olgan. Kattami- kichikmi- barcha mustaqil davlatlar, saltanatlarning o`z bayrog`i bo`lgan. Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur davlatining ham moviy rang bayrog`i- tug`i doimo muzaffar hilpirab turgan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18 –noyabr kuni tasdiqlangan.

Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqlikni anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.

Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib, biz o`z xalqimizning millat sifatidagi o`rnini, O`zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qilolmaymiz.

III.Yakuniyqism:

Aqliy hujum:








O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i


1.O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qayerda,qachon tasdiqlangan?

-(... ...)

2.Davlat bayrog`i ramzlari nimani bildiradi?

3.Bayroqdagi moviy rang haqida so`zlang.

4.Yashil rang,qizil chiziqlar haqida nimalar bildingiz?

5.Bayroqda tasvirlangan navqiron yarim oy nimaning ramzi?

O`quvchilar bilan bayroq qismlarini rangiga ko`ra to`g`ri joylashtirish va bayroq

rasmini topshiriq asosida chizish.






-Bayroqda qanday belgilar bor?Ular nimalarni bildiradi?

-Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz ta`rifi qanday ma`noni anglatadi?
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
12-mavzu: “Yo’llardan o’tish qoidalari”

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
13-mavzu: “Bizning huquqlarimiz”

(8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan)



I.Kirish :

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilar qalbida Vatan tuyg`usini shaklllantirish,ona yurtiga muhabbatli va sadoqatli bo`lishga,uni ko`z qorachig`idek asrash hamda uni qadrlashga o`rgatish.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun –mohiyatini to`liq anglashlariga erishish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Kun shiori: Konstitutsiya-baxtimiz poydevori

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.



II.Asosiy qism:

Bundan roppa-rosa yigirma bir yil muqaddam 1992-yil 8-dekabrda davlatimizning asosiy qonuni –O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.

Shundan buyon 8-dekabrni O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuni sifatida bayram qilib kelamiz. Oradan ikki kun o`tib,ya`ni 1992-yil 10-dekabr kuni davlatimiz madhiyasi qabul qilindi.Kelinglar birgalikda davlatimiz madhiyasini ijro etamiz.

Madhiya kuylanadi.

O`zbekiston Respublikasi Qomusi Muqaddima,6 bo`lim,26 bob va 128 moddadan iborat bo`lib,boshqa qonunlar unga asosan qabul qilinadi.

Ushbu muhim hujjat yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar bir xil huqu va erkinliklarga ega bo`lib,jinsi,irqi,millati,dini,ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar qonun oldida tengligini ifoda etadi.Konstitutsiyada mamlakatimiz yaxlitligi,tinchligi va barqarorligi,xalqimiz birdamligi,milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat aniq belgilab qo`yilgan.

(Plakatdagi rasmlar orqali imkon bo`lsa proyektor orqali moddalar rasmli izohlar orqali namoyish etiladi.)

O`qituvchi:

-Qomusimiz o`z to`yin qilur bugun tantana,

Karnay-surnay sadosi taralgan keng olamga.

Qutlug`ayyom muborak,yurtimda shodiyona,

Iqbol,quvonch keltirsin ozod,obod o`lkamga.

-Asosiy qomusimiz hayotimiz qomusi,

Mustaqillik tufayli ushlandi armonimiz.

Konstitutsiyamiz xalqimiz or-nomusi,

Taqdirimizdan so`zlar e`tiqod,vijdonimiz.

Aqliy hujum:

1.Rasmlarni diqqat bilan kuzating ular asosida o`z huquqlaringizni yozib chiqasiz.

Demak birinchi guruhga bilim olish,ikkinchi guruhga mehnat qilish,uchinchi guruhga esa tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi haqida matn yozish vazifasi topshiriladi.

2.Fuqarolar atrof- tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,50-modda)

Ushbu moddani izohlang,atrof-muhitga qanday ehtiyotkorona munosabatda bo`lishimiz mumkin?

O`qituvchi:Konstitutsiyamizning 13-moddasida “O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,ularga ko`ra inson,uning hayoti,erkinligi,sha`ni,qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyati hisoblanadi”,deya belgilab qo`yilgan.

Konstitutsiya faqatgina inson huquqlarini emas,burch va majburiyatlarini ham o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48- moddasiga ko`ra,”Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga ruioya etishga,boshqa kishilarning huquqlari,erkinliklari,sha`ni va qadr –qimmatini hurmat qilishga majburdir”.



III.Yakuniy qism:

Bugungi mavzuni mustahkamlash uchun boshqotirmani e`tiboringizga havola etaman.

1.Barchamiz uchun majburiy bo`lgan qoidalar.—(Qonun)

2.Milliy bayramlardan biri, (Navro`z)

3.Davlatimiz tili. (O`zbek)

4.Ramzlarimizdan biri.

(Bayroq)

Q

O

N

U

N







A




V

B

A

Y

R

O

Q




O`

Z

B

E

K

Z



Endi “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi ustida ishlaymiz tog`ri javoblarni belgilang.

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.


Download 3,75 Mb.
1   2   3   4   5




Download 3,75 Mb.