• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Madhiya
  • 15-mavzu: “Mening huquq va majburiyatlarim” I.Kirish
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • 17-mavzu: “Vatanimiz himoyachilari” (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan) I.Kirish
  • 18-mavzu: “Transportdan tushgan yo’lovchilarning yo’ldan o’tish qoidalari”
  • -mavzu: Davlatimiz madhiyasi




    Download 3.75 Mb.
    bet3/5
    Sana28.12.2019
    Hajmi3.75 Mb.
    #5848
    1   2   3   4   5

    14-mavzu: Davlatimiz madhiyasi

    (10-dekabr –O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)



    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini kuylash orqali o`quvchilarni Respublikamiz ramzlariga sadoqat,Vatanimizni sevish mustaqillikni qadrlash ruhida tarbiyalash.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Kun shiori: El aro yangrayver madhiyam

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

    O`quvchilarni guruhlarga ajratish

    II.Asosiy qismi:

    Istiqlol…Naqadar totli,farahbaxsh ne`mat!Uning qadru qimmati bugungi shonli kunimizda namoyon.Bu ne`matga erishmoqning o`zi bir baxt bo`lsa,u bag`rida yaratgan go`zal nishonalarini tuymoq gashti ham o`zgacha sururli.Buning yorqin dalilini esa ozodlik timsollarimiz bo`lmish Konstitutsiya,Bayroq,Gerb va Madhiyamizda to`liq his etamiz.

    Asosiy qomusimizda:”O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z davlat ramzlari-bayrog`i,gerbi va madhiyasiga ega” deyilgan.

    Ko`ngillarning taronasi –sen madhiyam,

    Istiqlolning hamxonasi- sen madhiyam.

    Kim qay tilda kuylamasin taronangni,

    Olam ichra yagonasi -sen madhiyam!

    Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.

    1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog`liq

    belgilarni ko`rsating. (1-rasm.)

    O`quvchilarning taxminiy javoblari: paxta, bug`doy, tabiat, quyosh, tiniq

    suv, bayroq, gerb.

    2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani

    anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog`ining rasmi)

    O`quvchilarning taxminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil....

    3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?

    Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rif bering. (3-rasm)

    4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.)



    • O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?

    -O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.  O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

    Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.



    Topshiriq:

    Madhiya matnini ketma-ket to`g`ri joylashtiring

    Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
    Shuhrating porlasin toki bor jahon!

    Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,


    Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!

    Ajdodlar mardona ruhi senga yor!


    Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,

    Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,


    Olamni mahliyo aylagan diyor!

    Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!


    Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,

    Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!


    Istiqlol mash`ali, tinchlik posboni,

    Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,


    Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,


    Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
    Olamni mahliyo aylagan diyor!

    Lug`at ustida ishlash.



    Madhiya –kishi,narsa,biror voqea maqtab yozilgan she`r,nutq.

    Najot-zarur yordam

    to abad-umrbod,hamisha

    mangu-abadiy

    III.Yakuniy qism:

    Aqliy hujum:

    1.Madhiya nima ekan?

    2.Siz o`qigan madhiya nimaga bag`ishlangan?

    3.Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday axloqiy qoidalarga amal qilish kerak deb o`ylaysiz? Nima uchun?

    4.O`zbekiston davlati qanday ekan?

    5- Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g`amxo`rlik qilmoqda?

    O`quvchilarning taxminiy javoblari: maktablar qurib bermoqda, bog`chalar

    Qurib bermoqda, sport maktablari bor...... va hokazo.

    O`qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u

    Avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog`i degan tushunchalarga izoh berib o`tadi.

    O`qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida, vatanimiz go`zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish maqsadga muvofiqdir.

    Davlat tomonidan o`quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir sanab o`tadi. (o`qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan sovg`alarni eslatadi)

    Prezidentimizning sovg`asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchga a`lo o`qish va namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiradi.

    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

    15-mavzu: “Mening huquq va majburiyatlarim”

    I.Kirish :

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga o`z huquq va majburiyatlari haqida tushuncha berish.Bolalar ongiga vatanparvarlik,millatni sevish,milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat tushunchalarini shakllantirish.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Kun shiori: Har kimo’z huquqini bilishi kerak

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.



    II.Asosiy qism:

    Har biro damning asosiy huquqi bu unung yashash huquqidir.Hech kim hech kimni yashash huquqidan mahrum qilishga haqli emas.Davlat odamlar o`zlarini xavfsiz sezishlari va ularning hayotiga hech kim tajavuz qilishi mumkin emasligiga,tajavuz qilganlar esa jazosiz qolmasligiga ishonib yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratish va barcha ishlarni amalga oshirishi zarur.

    Davlat,shuningdek bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlar ta`minlashga majbur.

    Sizning ota-onalaringiz sizlarning sog`lom,chiroyli va o`qimishli bo`lib o`sishlaringiz uchun harakat qiladilar.Bu juda mashaqqatli vazifa.Axir sizga kerak bo`ladigan kiyim-kechaklar,poyabzal va boshqa narsalarni topish uchun qancha vaqt,qancha mablag` kerak bo`ladi!

    Davlat bolalarni tekin emlash orqali ota-onalaringizga sizlarga sog`lom bo`lib o`sishlaringiz uchun g`amxo`rlik qilishlari borasida yordam beradi.

    Davlat tashkilotlari ham sizlarning barchangiz bolalar bog`chalariga va maktablarga borish imkoniyatlariga ega bo`lishlaringiz uchun tinmay g`amxo`rlik qiladilar.Ta`lim-tarbiya maskanlaridagi tarbiyachilar va muallimlar sizlarning aqlli,kuchli va sog`lom bo`lishlaringizga yordam beradilar.

    Siz ham o`z navbatida ota-onalaringizga ularning iltimoslarini va topshiriqlarini bajarishingiz orqali yordam berishingiz kerak.

    Bolalar yaxshi ovqatlanish hamda tevarak-atrofdagi toza va sof tabiatdan bahra olish huquqiga egadirlar.

    Agar siz chanqasangiz-u suv quvuridan iflos suv oqayotganligi yoki unda umuman suv yo`qligi tufayli suv icha olmasangiz,demak ,sizning huquqingiz buzilmoqda.

    Agar bola o`tgan-ketganlardan ovqatlanish uchun pul so`rab yurgan bo`lsa,uning ota-onasi o`z farzandlari uchun g`amxo`rlik qilmagan bo`ladi,bu holat ham bola huquqlarining eng muhim talablaridan birining buzilishi hisoblanadi.



    III.Yakuniy qism:

    1.Siz atrof-muhitning ifloslanishi haqida nimalar bilasiz?

    2.Tabiatga eng ko`p zararni kim yetkazadi?

    3.Atrof-muhitning ifloslanishi inson salomatligiga qanday ta`sir ko`rsatadi?



    Boshqotirma:

    Q

    A







    M

    E

    H

    R

    I

    B

    O

    N

    L

    I

    K







    I







    I







    F

    A

    M

    I

    L

    I

    Y

    A




    K










    A




    O

    O

    I

    L

    A

    H

    U

    R

    M

    A

    T




    A




    R

    1.Boquvchisi yo`q keksalar …. uyida istiqomat qilishadi.

    2.Bemehr ota-onalar o`z bolalarini …. uylariga topshiradi.

    3.Er-xotinning oilaviy munosabatlarini asoslovchi hujjat.

    4.Bola tug`ilganidan so`ng unga yoki otasining yoki onasining ….. si beriladi.

    5.Bizning oila uch kishidan iborat:ota,onam va men.

    6.Biz hayotda ushbu maqolga amal qilamiz:”Kattaga … - kichikka izzat”

    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
    16-mavzu:Yangi yil archasi”

    (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)



    I.Kirish :

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`zbekistonda nishonlanadigan Yangi yil bayrami katta-kichik uchun zo`r shodiyona keltirishini his qilish va an`analarimizni saqlashga undash.O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Kun shiori:Yangi yilga-yangi umidlar

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    O`qituvchi:

    Archa – archa,jon archa,

    Yaproqlaring ninacha.

    Atrofingga yig`ilib

    Qo`shiq aytadi barcha.

    Salom senga,ko`k archa,

    Qishin-yozin yashnaysan.

    Yaproqlaring ninacha,

    Yasangansan,go`zalsan.

    -Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?

    -Yangi yil bayramida.

    -Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?

    -Qish faslida.

    -Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?

    -Qorbobo va Qorqiz?

    -Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?

    -Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)

    -Tasanno!

    II.Asosiy qism:

    -Endi bolajonlar men sizlarga dunyoda bolalar bu bayramni qanday kutib olishlari haqida qiziqarli ma`lumotlar aytib bermiqchiman.Diqqat bilan tinglang.

    Yer yuzidagi barcha bolajonlar huddi siz kabi Yangi yil bayramini birdek yaxshi ko`rishadi. Bayram davlatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda turlicha nishonlanadi.

    Sharq xalqlari bu bayramni bahor oyida nishonlashadi.

    Dekabr polyak bolalari uchun ham bayramlarga boy hisoblanadi. Shu kuni onalar bolalari uchun dasturxonga 12 xil taom pishiradilar.Bu – yil,o`n ikki oy shu uyda to`kin-sochinlik bo`lsin degani.

    Italiyalik kichkintoylar bayrami albatta yangi ko`ylak kiyib,eskilarini tashlab yuborishadi.Aytishlaricha qizil rangli kiyimlar yil davomida ularga quvonch olib kelar ekan.Bobbo Natale italiyalik bolalarning Qorbobosi.U bolalarning yoniga Alp tog`laridan tushib keladi.Ko`rinishi Santa Klausga o`xshab ketadigan Qorbobo bug`ulari bor aravada yuradi.Uy mo`rilaridan yosh bolali xonadonlarni izlaydi.Bobbo Natalega maktub yuborgan balalar ham orzuidagi sovg`alarni olishadi.

    Biz ham ushbu bayramga o`zgacha tayyorgarlik ko`ramiz. Yil davomida qilgan ishlarimizga yakun yasab,Yangi yilni yangi orzular va yangi rejalar bilan kutib olish xalqimiz uchun odat tusiga aylangan.Yangi yilning boshida beriladigan ta`tilni aytmaysizmi?Ayni muddao.Barcha bolalar ushbu kunlari archa bayramiga boradilar.Yasatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz,ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalarda qatnashadilar.

    III.Yakuniy qism

    “O`rgimchak to`ri” texnologiyasi orqali o`quvchilar bilimini takshirish.

    Sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi. O`g`il bolalar-”Qorbobo” guruhi

    Qiz bolalar- “Qorqiz” guruhiga

    -Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

    -Qish fasliga dekabr,yanvar,fevral oylari kiradi.

    -Bu mavsumda o`lkamizda qanday bayramlar keng nishonlanadi?

    -“Konstitutsiya kuni”,”Yangi yil”,”Vatan himoyachilari kuni”bayramlari keng nishonlanadi.

    -Bolalar qishki ta`tilga chiqadilar.

    -Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?

    -Kunlar sovuq,izg`irin bo`ladi,qahraton ayoz,qor yog`adi,suvlar muzlaydi,yer sirpanchiq bo`ladi,quyosh isitmaydi,havo ba`zan ochiq bo`ladi va boshqalar.

    O`quvchilarning qish,qishki ob-havo,bolalarning qishki o`yinlar borasidagi savollarga “Tarmoqlash” texnologiyasi asosida javob beradilar.A-4 format qog`ozlari tarqatiladi.


    2.Nima uchun “Yangi yil”bayramini ayniqsa bolalar katta quvonch bilan kutib olishadi? -Endi siz bilan “Archa bezash ” o`yinini o`ynaymiz.

    Fikrlaringizni mehnat darsida yasagan archa o`yinchoqlaringizga yozib,mana bu archa daraxti shoxlarini yasatasiz. O`quvchilar nima uchun bu bayramni yoqtirishlarini qog`ozli archa o`yinchoqlariga yozishadi va archa daraxti shoxlariga izohlab osishadi.

    1-archani“Qorqiz” guruhi: (yozib yasatishadi) Qorbobo va Qorg`iz kelishadi,sovg`alar ulashishadi,qiziqarli bayram tadbirlari bo`lib o`tadi,archa yasatiladi va boshqalar.

    2-archani“Qorbobo”guruhi qopchadagi o`yinchoqlardan birini olib topishmoqlarni o`qishadi,javobini topishgach,archa shoxiga ilishadi.Topolmaganlar joylariga borib o`tirishadi. Topishmoqlar.

    -O`tda yonmaydi, Suvda cho`kmaydi.

    -Barmog`i bor,tirnog`i yo`q. -Sudrasang yuradi,sudramasang turadi.

    -Ayoz bobo novvot soldi, Olgan edim,qo`lim qotdi.

    -Oppoq sochli boshlari, Daryo bo`lar yoshlari.

    Mana archamiz ham tayyor bo`ldi.Endi archa atrofida quvnab-o`naymiz.

    O`quvchilar musiqa darslarida o`rgangan qo`shiqlarini kuylashadi,yangi yilga atalgan she`rlarini aytishadi,raqsga tushishadi.

    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.


    17-mavzu: “Vatanimiz himoyachilari”

    (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlariniqaror toptirishAjdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.

    O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Kun shiori:Vatanni sevish iymondandir

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani bo`ladi.Shu muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo`riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,non-tuzini totgan har bir kishi Vatanni astoydil sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb bilmog`i lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan har bir yigitertaga Vatan shunqoriga aylanishi-shubhasiz.

    Zero,Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”.

    -Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.

    -O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir

    Yigitlik burchini ado etishga chog`langan har bir askar ona-Vatanga,xalqiga va Prezidentiga o`g`lonlik va`dasi sifatida sodiqlik to`g`risida Harbiy qasamyod qabul qiladi.Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so`zlar uning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq,avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin,uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini avaylab-asrash,o`z xalqining tinchligi,sho`x-shodon bolakaylarning beg`ubor damlari,nurli kelajagi uchun ma`suliyatni o`z zimmalariga oladilar.



    III.Yakuniy qism:

    O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.

    Rauf Tolibning“Askar so`zi”she`ri yodlatiladi.

    -Men askarman, doimo -Mustaqil ona Vatan

    Xushyorlik menga qurol. Mening ko`z qarog`imda.

    Darrov sezaman,hatto Axir shu yurt,shu chaman,

    Shitirlasa,gar shamol. O`stirdi quchog`ida.

    -Axir ona Vatanim - -Bu askarlik hayotim

    Tikkan menga ko`zini. Yigitlikka sinovdir.

    Fido etib bu jonim, Tinchlik-hayot-mamotim,

    Oqlayman yurt tuzini. Yurtim unga garovdir

    -Qo`riqlayman el tinchin, -Kunduz bo`lsin yoki tun,

    Tonglarning kulgusini. Issiqmi,sovuqmi yo,

    Keksalar baxt sevinchin, Farqi yo`qdir men uchun,

    Go`daklar kelgusini. Hushyordirman doimo.

    -Yoshaskarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli jumlalarni qo`yib to`ldirish.

    -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)

    -Vataning tinch- ________________________(sen tinch)

    -Tinchlik bilan el ko`karar,_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)

    -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)

    -El qudrati – chin qudrat,_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)

    -Yurt qo`risang o`sarsan,_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)


    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

    18-mavzu: “Transportdan tushgan yo’lovchilarning yo’ldan o’tish qoidalari”

    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi

    19-mavzu: “Ko`hna obidalar-tarix guvohi”

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga “Vatanimiz tarixiy obidalarga boyligi,bu obidalarimiztariximizning ulug`vorligi va ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat ekanligi haqida ma`lumot bеrish.O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ko`hna tariximizga hurmat va qiziqish uyg`otish.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Kun shiori: Tarixsiz kelajak yo’q

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Darslik, mavzuga oid turli xil rangli rasmlar. o`quv matеrillari, tushuntiruvchi chizmalar va ona diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar.

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.O`qituvchi “Vatanni sevish nima” mavzusi yuzasidan savol –topshiriqlarga javob olib , mavzuni mustahkamlaydi.

    II.Asosiy qism:O`zbekiston siyosiy xaritasi yordamida tarixiy shaharlarni ko`rsatish, u yerdagi obidalarni rasmlar yordamida ko`rsatish va asoslash.Yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan juda ko`p tarixiy obida-yodgorliklar bor.Ular O`zbekiston tarixining turli davrlarida yashb o`tgan ulug` kishilar,podsholar va vatan qahramonlari,ilm egalariga atab bunyod etilgan. Bu osori-atiqalar ming-ming yillik tariximizdan so`zlab,guvoh bo`lib turibdi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida:”Har bir fuqaro O`zbekiston xalqining ma`naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi lozim”ligi qayd etilgan.Bunday yodgorliklarni qasddan nobud qilish jinoyat hisoblanadi. Tarixiy,madaniy yodgorliklar davlatimiz tomonidan himoyalanadi.Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan.Respublikamizdagi ayrim tarixiy va madaniy yodgoliklar UNESCO Xalqaro tashkiloti tomonidan ham nazorat qilinadi.



    Download 3.75 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3.75 Mb.