• POP va IMAP
  • Post Office Protocol, version 3 – POP3
  • U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/253
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #242375
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   253
    Bog'liq
    5OfV58kCMfx51CyXWMAb2yRfaqPrL3Ub5oRCsjhh

     
     
    SMTP - Simple Mail Transfer Protocol 
    Haqiqiy pochta o‘tkazmasi xabarlarni uzatish agentlari (MTA) 
    orqali amalga oshiriladi. Pochta xabarini yuborish uchun tizimda 
    MTA mijozi bo‘lishi kerak va pochtani olish uchun tizimda MTA 
    serveri bo‘lishi kerak. MTA mijozi va Internetdagi serverni 
    belgilaydigan rasmiy protokol SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) 
    - oddiy pochta uzatish protokoli deb nomlanadi. Yuqorida aytib 
    o‘tganimizdek, eng ko‘p tarqalgan vaziyatda (to‘rtinchi senariy) MTA 
    mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi ikkita juft dastur ishlatiladi. 7.15- 
    rasmda ushbu senariyda SMTP protokoli oralig‘i ko‘rsatilgan. 
    7.15- rasm. SMTP oralig‘i 
    SMTP ikki marta, yuboruvchi va jo‘natuvchining pochta 
    serverlari o‘rtasida va ikkala pochta serverlari o‘rtasida ishlatiladi. 
    Pochta serveri va qabul qiluvchi o‘rtasida boshqa protokol talab 
    qilinadi. SMTP oddiygina buyruqlar va javoblar qanday qilib u yoki 
    bu foydalanuvchiga yuborilishini belgilaydi. Har bir tarmoq joriy etish 
    uchun dasturiy paketni erkin tanlaydi.
    POP va IMAP 
    Hozirda xabarlarga kirishning ikkita protokoli mavjud: Post 
    Office Protocol version 3 (POP3) va Internet Mail Access Protocol, 
    version 4 (IMAP4 - Internet-pochtaga kirish protokoli, 4-versiya). 
    Aziza
    Bobur
    Internet 
    Mail Server
    Mail Server
    LAN 
    yoki 
    WAN 
    LAN 
    yoki 
    WAN 


    251 
    7.16- rasmda ushbu ikkita protokolning eng keng tarqalgan 
    vaziyatdagi holati ko‘rsatilgan (to‘rtinchi senariy). 
    7.16- rasm. POP3 va IMAP4 
    Post Office Protocol, version 3 – POP3 
    Post Office Protocol, version 3 (POP3) sodda va cheklangan. 
    Mijoz POP3 dasturi qabul qiluvchining kompyuteriga o‘rnatiladi; 
    server POP3 dasturi pochta serveriga o‘rnatilgan. Foydalanuvchi o‘z 
    elektron pochtasini pochta serveridagi pochta qutisidan yuklab olishi 
    kerak bo‘lganda mijoz dasturining pochtaga kirishi orqali jarayon 
    boshlanadi. Mijoz TCP 110 portidagi serverga ulanishni ochadi. Keyin 
    pochta qutisiga kirish uchun foydalanuvchi nomi va parolini yuboradi. 
    Keyin foydalanuvchi pochta xabarlarini ketma-ket ro‘yxatlashi va 
    foydalanishi mumkin. 7.17- rasmda POP3 dan foydalanib pochta 
    xabarlarini yuklab olish misoli keltirilgan. 
    Mail Server 
    Mail Server 
    Internet 
    LAN/WAN 
    LAN/WAN 

    Aziza
    Bobur


    252 
    7.17- rasm. POP3 protokolimisoli 
    POP3 ikkita rejimga ega: o‘chirish va saqlash rejimlari. Ochirish 
    rejimida, har bir qabul qilishdan so‘ng, pochta qutisidan xabar 
    o‘chiriladi. Saqlash rejimida pochta (xabar) qabul qilinganidan keyin 
    pochta qutisida qoladi. O‘chirish rejimi odatda foydalanuvchi doimiy 
    kompyuterida ishlayotganda foydalaniladi va o‘qigan yoki javob 
    bergandan so‘ng qabul qilingan xabarlarni saqlash va tartiblashi 
    mumkin. 
    Odatda, foydalanuvchipochtasigaasosiykompyuteridan (masalan, 
    noutbuk) uzoqdakirganda, saqlashrejimidanfoydalaniladi. Pochta 
    o‘qiladi, lekin keyinchalik uni olish va tashkillashtirish uchun tizimda 
    saqlanadi. 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   253




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish