157
14.2.3-rasm. Mustaqil qo‘zg‘otkichli generatorning tashqi (
a) va rostlovchi
(
b) tavsiflari
Generator yuklamasiz ishlaganda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok
ning
qiymatini
shunday o‘rnatiladiki, chiqish kuchlanishi nominal bo‘lsin. So‘ngra, generator
yuklanishi asta oshiriladi, shunda kuchlanish pasayadi va qo‘zg‘atish toki o‘zgartirilib,
kuchlanish yana nominal qiymatiga etkaziladi.
Shu tariqa, yuklanishning xar bir
o‘zgarishida, kuchlanish nominal holatda ushlab turiladi. Ushbu o‘zgarishlar
yozib
olinib, egri chiziq chizilganda, rostlash tavsifining yuqorilashuvchi
shoxobcha hosil
qilinadi (14.2.3,
b-rasmda 1 egri chiziq).
Asta sekin yuklanishni yu.i. rejimigacha kamaytirib va yuqorida keltirilganidek,
qo‘zg‘atish tokini rostlab, kuchlanishni o‘zgarmas (nominal) holatida ushlab, tavsifning
pasayuvchi shoxobchasi (14.2.3,
b-rasmda 2 egri chiziq) hosil qilinadi.
Rostlash tavsifining pasayuvchi shoxobchasi yuqorilashuvchi
shoxobchasidan quyida
bo‘ladi. Bu hodisa qoldiq magnit maydonning ta’siri bilan tushuntiriladi. 1 va 2 egri
chiziqlar o‘rtisidan o‘tkazilgan 3 egri chiziq, generatorning
amaldagi rostlash tavsifi
deyiladi.
158
Mustaqil qo‘zg‘otkichli o‘zgarmas tok generatorining asosiy kamchiligi - o‘zgarmas tok
manbi - qo‘zg‘otkichning zarurligidir. Biroq, bu generatorda kuchlanishning keng
diapazonda boshqarilish imkoniyatlari, xamda tashqi tavsifining nisbatan bikrligi, uning
afzalligidir.