14. Signal generatorlari. 14.1 Generatorlar. Generator (lot. generator — ishlab chiqaruvchi) — tashqi energiya manbai
hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi
turga oʻzgartiruvchi qurilmadir.
-Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov
texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida
qoʻllaniladi.
Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgan
hamda yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqarilgan.
Birinchi elektromagnit generator Faraday disk 1831 yilda ingliz olimi Maykl
Faraday tomonidan ixtiro qilingan.Hozirgi kunda deyarli barcha elektr
tarmoqlarida quvvatni Generatorlar ta'minlab beradi.
Elektrgeneratorlari oʻzgarmastok,generatorlari oʻzgaruvchan tok genertorlari
•
Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham,
elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi.
•
Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi.
•
Ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va
quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi.
Oʻzgarmas tok mashinasi •
Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr
energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik
energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham
dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya
152
hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro
taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga
keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va
rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi.