153
dvigateli – bug’ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli -
gidroturbina) bo’ladi.
•
Bug’ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) qilib
chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar
eng yuqori texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Odatdagi, yoqilg’ida ishlaydigan issiqlik elektr
stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning
aylanish chastotasi, odatda, 3000
ayl/dak ni tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo’ladi. AES
da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo’lgan agregatlar ishlatiladi.
•
Turbogeneratorlar — tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o’ziga xos
tomonlari bo’ladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib
tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida
ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo’lgan maxsus (xrom-
nikelli yoki xrom–nikelmolibdenli) po’latdan tayyorlangan
yaxlit pokovkadan
yasaladi.