-Mavzu: Titrimetrik taxlil. Asosiy tushunchalari.Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar




Download 3,58 Mb.
bet9/20
Sana29.12.2019
Hajmi3,58 Mb.
#6381
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20



9-Mavzu: Titrimetrik taxlil. Asosiy tushunchalari.Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Titrimetrik tahlil tasnifi.




Reja:

  1. Titrimetrik tahlil mohiyati. (titrlash, ekvivalent nuqta, usulning yutuq va kamchiliklari, sezgirligi va aniqligi).

  2. Tasnifi.

  3. Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yilgan talablar.

  4. Titrantlarni (ishchi eritmalarni) tayyorlash va ularni standartlash (standart moddalarga qo‘yilgan talablar).

  5. Kislota – asos bo‘yicha titrlash.

Kimyoviy taxlil usullari orasida gravimetrik (tortma) taxlil usuli eng aniq usuldir. Lekin bu usulning kamchiligi modda va idishlarni tortishga ko‘p vaqt ketishidadir. Taxlilni bunday Sekin bajarilishi amaliy ish talablariga ko‘pincha javob beraolmaydi. Masalan, biror texnologik jarayonni (domna yoki marten protsesslarini) kimyoviy nazorat qilishda, brakni oldini olib, jarayonni kerakli tomonga yo‘naltirish uchun taxlil natijalari tez tayyor bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida olinmagan natijalar, aniq bo‘lsa ham, keraksiz bo‘lib qoladi. Xajmiy taxlil tezlik jihatidan gravimetrik taxlilga nisbatan katta afzalliklarga ega. Masalan, mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini tortma taxlil usuli bilan aniqlashga ko‘p vaqt talab etiladi, qachonki bu ishni titrimetrik usulda bir necha daqiqa ichida bajarish mumkin.

O‘lchov idish – byuretkadan sarf bo‘lgan aniq konsentratsiyali reagent eritmasi hajmini aniqlab, aniqlanuvchi modda eritmasining hajmini bilgan holda, ekvivalentlar qonuni bo‘yicha, tahlil qilinuvchi eritmaning konsentratsiyasini, hamda aniqlanuvchi modda miqdorini topish mumkin. Titrimetrik yoki hajmiy taxlil – miqdoriy tahlil usuli bo‘lib, unda o‘zaro ta’sirlanuvchi moddalar eritmalarining hajmini aniq o‘lchashga asoslangan. Usulning nomi “titr” so‘zidan olingan bo‘lib, u 1 sm3 eritmadagi erigan moddaning grammlar sonini anglatadi va T – xarfi bilan belgilanadi. T=E N/1000 g/sm3. Masalan, H2SO4 ning titri 0,0049 g/sm3 ga teng deyilsa, shu eritmaning har bir ml da (sm3) 0,0049 g H2SO4 bo‘lishini ko‘rsatadi. Titri aniq bo‘lgan eritmalar titrlangan eritma (titrant)lar deyiladi.



Titrlangan eritmalar byuretkaga solinib tekshiriluvchi eritmaga oz – ozdan qo‘shiladi. Bu jarayon titrlash deb ataladi. Titrlash ekvivalent nuqtaga etguncha olib boriladi. Titrlash davomida titrlanuvchi eritmaga qo‘shilgan titrantni ekvivalent, teng kuchli miqdori (ya’ni Titrant eritmasini xajmi) – titrlashni ekvivalent nuqtasi deyiladi. Ekvivalent nuqta turli usullar bilan, ko‘pincha indikator eritmasi rangining o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Masalan, aniq konsentratsiyali oksalat kislotasi bilan fenolftalein indikatori ishtirokida ishqorning konsentratsiyasini aniqlash mumkin.




Стандарт эритма

Титр-чи эритма



г-экв

литр


Fenolftalein rangi titrlash kolbasida oz miqdorda kislota bo‘lganda ham rangsizligicha qoladi. Kislotaning hammasi ishqor bilan ta’sirlashib bo‘lgandan so‘ng (ishqorning 1 tomchi ortiqcha miqdori eritma rN ini o‘zgartirishi natijasida) fenolftalein pushti rangga kirib ekvivalent nuqtaga etilganligini bildiradi.



14.1. Usulning sezgirligi va aniqligi

Titrimetrik taxlil aniqlanuvchi modda miqdori 1% dan ortiq bo‘lgan hollardagina bajariladi. Titrimetrik taxlil usulining aniqligi gravimetrik usulga nisbatan pastroq bo‘lib, 0,2% ni tashkil etadi. Lekin tartib bilan ishlaganda ikkala usulda olingan ish natijalarning farqi oz bo‘ladi. Xajmiy taxlil usulining soddaligi va tezkorligi sababli taxlilda ko‘p qo‘llanadi. Gravimetrik va titrimetrik taxlil usullarining 3 asosiy farqi bor.






Titrimetriyada

Gravimetriyada

Miqdoriy analiz

Sarflangan titrant hajmi bo‘yicha bajari-ladi

Olingan cho‘kmaning aniq og‘irligi bo‘yicha baja-riladi

Aniqlanuvchi moddaga

Titrant ekvivalent miqdorda qo‘shiladi

Reagent 1,5 barobar ortiqcha qo‘shiladi

Qo‘llaniladigan reagent turlari

Neytrallanish, oksid-lanish – qaytarilish, cho‘ktirish va boshqalar

Faqat cho‘ktirish

14.2. Titrimetrik taxlil tasnifi

Qo‘llanadigan reaksiya turiga qarab titrimetrik taxlil 3 guruxga bo‘linadi.




Титриметрик тахлил

Чўктириш ва комплексонометрия



Оксидланиш-қайтарилиш

Кислота-асос (нейтраллаш)

Tasnifdan, taxlil usulida kimyoviy reaksiyaning har xil turlaridan foydalanilishi ko‘rinib turibdi. Lekin, u yoki bu aniq bir reaksiyalardan taxlilning asosi sifatida foydalanish uchun ular qator talablarga javob berishlari zarur.



14.3. Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga

qo‘yiladigan talablar

1. Aniqlanuvchi modda bilan titrant o‘rtasida reaksiya tez borishi;

2. Reaksiya chapdan o‘ngga 100% borishi, ya’ni muvozanat doimiysining qiymati 108 dan kam bo‘lmasligi;

3. Har xil qo‘shimcha reaksiyalar bormasligi;

4. Qo‘shiladigan reaktiv faqat aniqlanuvchi modda bilan ta’sirlanishi;

5. Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun tegishli indikator bo‘lishi kerak.



14.4. Titrantlarning ishchi eritmalarini

tayyorlash va standartlash.

Analitik kimyoda titrant eritmalarining konsentratsiyalari normalda ifodalanadi. Normal konsentratsiya – 1 litr eritmadagi erigan moddaning gramm – ekvivalent miqdori.



Gramm ekvivalent. Moddaning 1 gramm vodorod ioniga yoki bir valentli boshqa ionga teng kuchli bo‘lgan, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida esa, olingan yoki berilgan elektronlarni bittasiga to‘g‘ri kelgan miqdori uning gramm ekvivalenti deyiladi. Bir moddaning gramm – ekvivalenti turli reaksiyalarda turlicha bo‘ladi:


F(э) – эквивалент омили

(1)

(1/2)


(1/4)


Kaliy dixromatning bir molekulasi 4 ta bir zaryadli xlor ioniga ekvivalent.






ЭК2Cr2O7=M/6=49


1

FE(K2Cr2O7) = 1/6 FE(J2) =------

2

SHunday qilib, gramm – ekvivalent o‘zgarmas kattalik bo‘lmay, reaksiya xarakteriga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Ishchi eritmalar – taxlillanuvchi eritmalarni titrlab, ularni konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladigan eritmalar – titrant yoki ishchi eritma deyiladi. Ishchi eritmaning titri standart eritmalarning titri bo‘yicha topiladi.



Standart eritmalar – boshlang‘ich moddani analitik tarozida tortib, o‘lchov kolbasida eritib, eritmaning hajmi kolbaning belgisigacha (menisk chizig‘i) suv bilan suyultirib tayyorlanadi.

1. Eritmaning titri quyidagi formula bilan hisoblanadi.



- eritilgan moddaning massasi, g.

- o‘lchov kolbasining xajmi, (ml yoki sm3).

2. Ishchi yoki standart eritma tayyorlash uchun tortim miqdorini hisoblash.

- modda massasi, g.

- eritma normalligi, (g ekv/l).

- eritma xajmi, (sm3).

- gramm - ekvivalent.

3. Tortim bo‘yicha eritmaning normalligi: g . ekv

4. Normallik bo‘yicha titrni hisoblash:

5. Tuzatish koeffitsienti:

Standart va ishchi eritmalar – titri aniq eritmalardir. Standart eritmalar boshlang‘ich (standart) moddalardan tayyorlanadi. Standart moddalarga qo‘yilgan talablar:

1. Kimyoviy toza bo‘lishi kerak.

2. Moddaning tarkibi uning formulasiga to‘la mos kelishi lozim.

3. Modda quruq hamda eritma holda barqaror bo‘lishi.

4. Moddaning gramm - ekvivalent qiymati mumkin qadar katta

bo‘lishi lozim.

5.Suvda yaxshi erishi kerak

Eritmalarni tayyorlash, standartlash. Tortimni hisoblash formula sini keltirib chiqarish.

Oksalat kislotasining 200sm3 S2= 0,1 n standart eritmasini tayyorlash uchun tortimni hisoblash.









Texnik tarozida tortib olingan 1,26 g kislota analitik tarozida aniq tortilib, miqdoran 200 sm3 xajmli o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi. Tortim oz miqdordagi suv bilan eritilib, so‘ng suvning hajmi o‘lchov kolbasining belgisigacha etkaziladi. Ko‘pincha aniq konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun fiksonallardan foydalaniladi. Fiksonal – moddaning miqdori aniq bo‘lgan kavsharlangan ampuladan iborat. Ampuladagi modda 1 litrli o‘lchov kolbasiga miqdoran o‘tkazilib, eritilsa fiksonal etiketkasida ko‘rsatilgan konsentratsiyali eritmalar hosil bo‘ladi. Standart modda talablariga javob bermaydigan moddalardan ishchi eritmalar tayyorlanganda ulardan avval taxminiy konsentratsiyali eritmalar tayyorlanib, standart eritma bo‘yicha konsentratsiyasi aniqlanadi.



14.5. Kislota – asos usulida titrlash

Kislota asos usulida titrlash neytrallanish reaksiyasiga asoslangandir.



yoki

Kislota – asos usulida titrlash ishlatilayotgan titrant turiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

1. Atsidimetriya – titrant, kislota eritmalari (HCl, H2SO4).

2. Alkalimetriya – titrant, ishqor eritmalari (KOH, NaOH).

Kislota eritmalari boshlang‘ich moddaga qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. SHuning uchun, atsidimetriyada kislotalarni , eritmalari bo‘yicha standartlanadi.

Alkalimetriya usulida ham ishqordan aniq tortim bo‘yicha eritma tayyorlab bo‘lmaydi, chunki ishqor o‘ziga atmosferadan namlikni, karbonat angidridni yutadi. SHuning uchun ishqordan avval taxminiy konsentratsiyali eritmalar tayyorlanib, bo‘yicha standartlanadi.

Kislota – asos usulida titrlashning titrant, standart va indikatorlari.




Titrantlar

Standartlar

Indikator

Alkalimetriya

Ishqor

eritmalari



Oksalat kislotasi

Metiloranj

fenolftalein



Atsidimetriya

Kislota

eritmalari



Soda

Bura



Metiloranj,

fenolftalein



Tayanch iboralar


  1. Titr – bir millilitr eritmadagi erigan moddaning massasi g/ml.

  2. Titrlash – ekvivalent nuqta namoyon bo‘lguncha titrantni titrlanuvchi eritmaga oz-ozdan, aralashtirib qo‘shib borish amali.

  3. Ekvivalent nuqta – titrlanuvchi eritmaga titrantning ekvivalent (teng) kirishgan holati.

  4. Titrant – miqdoriy tahlil uchun ishlatiladigan aniq konsentratsiyali ishchi eritma.

  5. Ekvivalent molyar (ekvimolyar) konsentratsiya (normallik) – Bir litr eritmadagi erigan moddani gramm ekvivalent miqdori.

  6. Gramm ekvivalent – moddani bir gramm ion bir zaryadli ionga, oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida esa olingan yoki berilgan elektronlarning bittasiga teng kuchli massasi.

  7. Ekvivalent omili – bir mol modda necha mol bir zaryadli ionga (yoki elektronga) teng kuchli ekanligini anglatuvchi nisbat (N2SO4 – ½; KMnO4 – 1/5).

  8. Standartaniq konsentratsiyali eritma tayyorlashda ishlatiladigan, muayyan talablarga javob beruvchi, turg‘un tarkibli, toza modda.

  9. Standartlashstandart eritma vositasida ishchi (titrant) eritma titri yoki normalligini aniqlash.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

10-Mavzu: Kislota-asos usuli. Usul eritmalari, indikatorlari. Indikatorlarning ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari. Kislota-asos usulida titrlash egriligi

Reja:


  1. Indikatorlar.

  2. Indikatorlarni ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari.

  3. Indikatorlarni rang o‘zgartirish oralig‘i.

  4. Titrlash egriliklari.

1. Indikatorlar

Sizlarga ma’lumki, neytrallanish reaksiyalarida eritma rangida o‘zgarish kuzatilmaydi. Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlar ishlatiladi.

Kislota – asos titrlash indikatorlari deb, eritma pH ning tor doirasida, o‘z rangini o‘zgartiruvchi moddalarga aytiladi. Bularga lakmus, fenolftalein, metiloranj va boshqalar kiradi. Rang o‘zgartirish pH oralig‘i reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Neytrallanish usuli indikatorlari kuchsiz organik kislota yoki asos xossasiga ega bo‘lgan, protonlashgan (ionlashmagan) va deprotonlashgan (ionlashgan) holatida turli rangga ega bo‘lgan moddalardir. Lakmusni ionlashmagani qizil, ionlashgani ko‘k rangda bo‘ladi.

Hlnd H+ + lnd-



qizil ko‘k

Ikkala holatda ham rangli indikatorlar ikki shakli deyiladi. Agar bir holatdagina rangli bo‘lsa, bunday indikatorlarni bir shakli deyiladi. Misol uchun fenolftalein-kislotali muhitda rangsiz, ishqoriy muhitda qizil rangga ega bo‘ladi.



2. Indikator rangi o‘zgartiriini tushuntiruvchi nazariyalar

Indikatorlarni rangini o‘zgarishini tushuntiruvchi, bir-birini to‘ldiradigan 2 ta nazariya mavjud.

1) Ion nazariyasiga asosan ionlashgan va ionlashmagan holatda indikator rangi turlicha bo‘ladi.

Hlnd H+ + lnd-



qizil ko‘k

Fenolftalein oq kukun modda bo‘lib, indikator sifatida uni 50% spirtdagi 0,1% eritmasi ishlatiladi.



2). Metiloranj a’zo guruhi tutgan indikatorlar turkumini vakilidir.


lnd- сарик pH > 4,4

+ Н2О



HJnd- қизил pH < 3,4






Н+


ОН-

Neytral, pH> 4,4 va ishqoriy muhitda metiloranj proton yo‘qotgan (deprotonlashgan) - shaklda, sariq rangda bo‘ladi. Kislotali muhitda metiloranj protonlashadi va xinoid shaklidagi xromofor guruhini hisobiga qizil rang hosil qiladi. Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan muvozanat o‘ngga yoki chapga siljiydi.





15.3. Indikatorlarni rang o‘zgartirish pH oralig‘i

Indikator rangini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladigan pH oraliqni, indikatorni rang o‘zgartish oralig‘i deyiladi. Har bir indikator o‘z rangini o‘zgartirish pH oralig‘iga ega va u dissotsiatsiya (ionlanish kattaligi) doimiysiga bog‘liq.





tenglikni logarifmlaymiz

ikki tomonni –1 ga ko‘paytirsak

yoki bo‘ladi.

Ekvivalent nuqtaga yaqin, muhit kuchsiz kislotali bo‘ladi. Ionlashmagan (Hlnd) –90% ionlashgani (lnd) –10%. Demak indikatorni ionlashmagan holati gacha bo‘ladi.

Indikator rangini ionlashganini ionlashmaganidan miqdori 10 baravar ko‘p bo‘lganda sezamiz. (lnd-)90% dan ko‘p va (Hlnd)- 10% dan kichik. Indikatorni ionlashgan holati da kuzatiladi. Shunday qilib indikator rangini o‘zgartirishi pH=pK±1 oralig‘ida bo‘ladi.

Bu formula orqali istalgan indikatorni pK si ma’lum bo‘lsa, rang o‘zgartirish pH oralig‘ini hisoblash mumkin.




рН

Metil oranj pK = 4 pH = 4  1 qizil 3 > > 5 sariq.




рН

Fenolftalein pK = 9 rN = 9  1 rangsiz 8 > > 10 qizil.

Indikatorni (Hlnd) va (lnd-) xolati teng bo‘lganda uni dissotsiatsiya doimiysiga to‘g‘ri kelgan pH ni indikatorni titrlash ko‘rsatgichi deyiladi va u pT holida belgilanadi. Fenolftalein uchun pT=9, metiloranj uchun pT=4 ga teng.

15.4. Titrlash egriligi

Kislota–asos titrlash egriligi bu eritma pH ni asta-sekin qo‘shilayotgan titrant hajmiga bog‘liq ravishda o‘zgarib borishini ko‘rsatuvchi egrilikdir. Titrlash egriligini chizish, indikatorni to‘g‘ri tanlash uchun zarur. Titrant va titrlanuvchi moddaga qarab 3 xil kislota-asos titrlash turlari bor.

1. Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash.

HCl + NaOH NaCl + H2O



Hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchramaydi. Shuning uchun ekvivalent nuqtada muhit neytral pH=7.

2. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash.

NH4ON + HCl NH4Cl + H2O



Hosil bo‘lgan tuz qisman gidrolizlanadi.



NH4Cl + H2O NH4OH + HCl

NH4+ + H2O NH4OH + H+

Muhit kuchsiz kislotali. pH yettidan kichik.

3. Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash.

CH3COOH + NaOH CH3COONa + H2O


hosil bo‘lgan tuz qisman gidrolizlanadi.

CH3COONa + H2O CH3COOH + NaOH



CH3COO- + HOH CH3COOH + OH-

Muhit kuchsiz ishkoriy.



Kislota – asos titrlash egriligi- eritma pH ni (ordinata) qo‘shilayotgan titrant hajmiga (abssissa) bog‘liqligi bo‘lib, u ikkita savolga javob beradi:

1. Moddani titrimetrik taxlil usulida aniqlash mumkin yoki mumkin emasligi.

2. Agar mumkin bo‘lsa, ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qaysi indikatorni qo‘llash mumkinligi.

Titrlash egriligini chiqarish uchun titrlanuvchi eritma pH ni, kislota va asoslarni dissotsiatsiya doimiysidan keltirib chiqarilgan formulalardan foydalaniladi.

Hisoblashlarni soddalashtirish uchun eritmalarning konsentratsiyalari o‘zaro teng 0,1N va titrlash oxirigacha xajm doimiy 20,00 ml deb qabul qilamiz. Bunda maksimum 0,3 pH (lg2) xatolik yo‘l qo‘yilib, uni e’tiborga olmaslik mumkin.

1. Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash egriligini chiqarish.



HCl + NaOH NaCl + H2O

15.4.1. Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash egrisi

HCl + NaOH = NaCl + H2O

0,1n 0,1n

1). Dastlabki xolat ishqor qo‘shilmagan NaOH = O.

rN= –lgCHCl = lg0,1 = –lg1 . 10-1 =1

VHCl VNaOH

Ekviv nuqtagacha CHCl = --------------------- . 0,1 =



VHCl +VNaOH

2). 50 ml NaOH

100 – 50

CHCl = --------------- . 0,1 = 0,33 = 3,3. 10-2 pH= 2 – lg3,3 = 1,5

150

3). 90 ml NaOH pH= 2,3



4). 99,98 ml NaOH pH= 4,2

5). Ekv. nuqtada muxit neytral pH= 7,0

Ekv. nuqtadadan keyin

VNaOH VHCl 10-14

CNaOH = --------------------- . 0,1 [H+] = -------------

VNaOH +VHCl CNaOH

6). 100,1 ml NaOH qo‘shilganda

100,1 – 100 0,1 10-14

CNaOH = ----------------- = -------- . 0,1 = 5 . 10-5 [H+] = ----------- = 0,2 . 10-9= 0,2 . 10-10

100,1 + 100 200,1 5 . 10-9

yoki pH= 9,7

7). 110 ml NaOH qo‘shilganda

110 – 100. 0,1 10

CNaOH = ------------------- = ------ .0,1 = 0,047 . 0,1 = 0,047 = 4,7 . 10-3

110 + 100 210

10-14

[H+] = -------------- = 0,2 . 10-11 = 2,1 . 10-12

4,7 . 10-3

rN= 12 – lg2,1 = 12 – 0,3 = 11,7

8). 150 ml NaOH qo‘shilganda pH = 12,3


4 Титрлаш сакрамаси

эквивалент



чизиғи

10

10







Download 3,58 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 3,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Titrimetrik taxlil. Asosiy tushunchalari.Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar

Download 3,58 Mb.