7-nuqta ekvivalent nuqtadan so‘ng 100,1 ml 0,1 N AgNO3 qo‘shildi.
EKAgCl=[Ag+][Cl-]
pCl = 6lg10 - lg1,7 = 5,77 ≈ 6 pCl=6
Demak: ekvivalent nuqtada pCl keskin o‘zgarib sakrama 4 dan 6 gacha kuzatiladi.
Sakramaga ta’sir etuvchi omillar:
1.Titrant va titrlanuvchi moddani konsentratsiyasi
2.Cho‘kmani eruvchanligi (EK)
Titrlash sakramasining qiymati hosil bo‘ladigan cho‘kmalarning EK kiymatiga bog‘liq. EK qiymati kichik bo‘lgan cho‘kmalarda titrlash sakramasi katta bo‘ladi. Masalan:
Ks°(AgGal) ENda rGal ΔrGal sakrama
Ag++Cl-=AgCl↓ 1,78 ∙10-10 4,875 ~ 2
Ag+ +Br-=AgBr↓ 5,3 ∙10-13 6,14 ~ 4
Ag+ +J- =AgJ↓ 8,3 ∙10-17 8,04 ~ 8
1. Usulning mohiyati. Aniqlanuvchi moddani AgNO3 ning titrlangan eritmasi bilan cho‘ktirishga asoslangan.Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Ag+ + X- Ag X
bu erda X- = Cl-, Br-, J-, CN-, NCS- va boshqalar.
Argentometriyada standart modda – NaCI yoki KCI titrant AgNO3 eritmasi. Qo‘llanadigan indikator turiga ko‘ra argentometrik titrlashni 4 xil turi mavjud:
1.Gey Lyussak usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikatorsiz, bevosita titrlash. TON vizual, ya’ni kumushni to‘liq cho‘kmaga tushishi yakunlangach, oxirgi AgNO3 tomchisidan eritma loyqalanmaydi.
Kamchiligi: Etarli ko‘nikma talab qiladi, bajarish uchun nisbatan qo‘prok vaqt ketadi. Xozirgi kunda kam ishlatiladi.
2. Mor usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikator kaliy xromat ishtirokida bevosita titrlash. Usul Cl-, Br- ni aniqlashda qo‘llaniladi. Lekin bu usul J- va NCS- aniqlashga imkon bermaydi, chunki titrlash vaqtida AgJ va AgNCS cho‘kmalari bilan birgalikda kaliy xromatni birgalashib cho‘kishi sodir bo‘ladi.
3. Fayans usuli - galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan adsorbsion indikatorlar: fluoressein, eozin ishtirokida bevosita titrlash. Usul xloridlar, bromidlar, yodidlar, sianidlar, tiotsianatlarni aniqlashga imkon beradi.
4. Folgard usuli - NN4NCS yoki KNCS eritmasi bilan indikator NH4Fe(SO4)2 ishtirokida kumush kationlari yoki ular qoldig‘ini titrlash usulidir.
Galogenid – ionlar, SN-, SCN,- S2- ,CO3-2-, CrO42-, C2O42- AsO43- va boshqalarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1N AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Kumush nitrat suvli eritmada beqaror bo‘lib, suvdagi organik moddalarni oksidlaydi va yorug‘lik ta’sirida fotokimyoviy parchalanadi. SHuning uchun kumush nitrat eritmasi taqribiy konsentratsiyada tayyorlanadi, so‘ngra indikator – K2CrO4 kaliy xromat ishtirokida natriy xlorid standart eritmasi bilan standartlanadi.
EN gacha: Ag++Cl-=AgCl↓
oq
TON: 2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4↓
qizil-g‘isht
N = NVNaCI / V AgNO3
Qo‘llanishi: Usulda NaCl, NaBr, KBr, NaJ, KJ, yodning spirtli eritmalari, efedrin xlorid, organik moddalarning galogenli xosilalari – bromizoval, karbromal, bromkamfora kabi farmatsevtik preparatlarni tahlil qilinadi.
Masalan: dioksopirimidin xosilalari – barbituratlar tahlili. Kuchsiz ishqoriy sharoitda (Na2SO3 ishtirokida) preparat saqlovchi eritma kumush nitratning standart eritmasi bilan loyqa hosil bo‘lguncha titrlanadi. (indikatorsiz usul)
birlamchi ikkilamchi
Tiotsianometriya
Usulning mohiyati. Ag+ ionlarini titrant NH4NCS eritmasi bilan cho‘kma hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Ag+ + NCS- AgNCS EK AgSCN = 1· 10-12
Titrant – NH4NCS yoki KNCS; indikator NH4Fe(SO4)2.
Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1 N NH4NCS yoki KNCS eritmalari ishlatiladi. Titrantni avval taqribiy konsentratsiyada tayyorlanadi va kumush nitrat standart eritmasi bilan Folgard usulida standartlanadi.
EN: Ag+ +NCS- = AgNCS↓
TON: NH4Fe(SO4)2+NH4NCS =[FeNCS]SO4+(NH4)2SO4
1tom pushti
N NH4NCS = NV AgNO3 / V NH4NCS
Titrlashni kislotali sharoitda olib boriladi.
Qo‘llanishi: Usulda kumush saqlagan farmatsevtik preparatlar ( protargol, kollargol, AgNO3 ) va boshqalar taxlil qilinadi. Masalan: AgNO3 tarkibidagi Ag ni massa ulushini aniqlash.(bevosita tiotsianometrik titrlash)
% Ag = E Ag · NVNH4NCS · 100 · W /1000 · a · V alk
SHuningdek, qoldiqni titrlash usulida KVch massasini aniqlash.
KVch +AgNO3 = ↓AgVch +KNO3
AgNO3 + NH4NCS = ↓AgNCS + NH4NO3
qold
NH4Fe(SO4)2+NH4NCS =[FeNCS]SO4+(NH4)2SO4
1tom pushti
a KVch = EKVch · (NVAgNO3 - NVNH4NCS ) / 1000
3. Merkurometriya
Usulning mohiyati: Galogenlarni simob (I) tuzlari bilan cho‘ktirishga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Hg2+2 +2 CI- = ↓ Hg2CI2 EK = 1,3· 10-13
Hg2+2 +2 I- = ↓ Hg2I2 EK = 4,5 ∙10-29
Usulda standart modda NaCI, titrant Hg2(NO3)2 indikator temir (III) tiotsianat komplekslari yoki difenilkarbazon ishlatiladi.
Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1N Hg2(NO3)2 eritmasi ishlatiladi. Hg2(NO3)2 standart modda talabiga javob bermaydi. CHunki uning tarkibida Hg (II) mahsulotlari bo‘ladi. SHuning uchun tayyorlangan eritmaga bir oz simob metalli solib, bir sutka saqlanadi.
Bunda simob (II) simob (I)ga qaytariladi.
Tayyorlangan simob (I) nitrat eritmasi indikator ishtirokida natriy xlorid standart eritmasi bilan standartlanadi.
EN gacha: Hg2(NO3)2 + 2NaCl Hg2Cl2 + 2NaNO3
oq
T.O.N: 3Hg2(NO3)2 + 2Fe(NCS)3 3Hg2(NCS)2 + 2Fe(NO3)3
qizil rangsiz
N Hg2(NO3)2 = NVNaCI / V Hg2(NO3)2
Usulning avzalligi:
1. Kuchli kislotali eritmalarni titrlashga imkon beradi.
2. Simob (I) tuzlari kumush tuzlariga nisbatan arzon.
3. Simob (I) tuzlarining eruvchanligi kumush xloridga nisbatan kam bo‘lganligi uchun titrlash egriligida sakrama katta bo‘ladi.
Kamchiligi: simob birikmalari zaxarli bo‘lgani sababli merkurometriyani qo‘llash chegaralangan.
Tayanch iboralar
1.Titrlashni cho‘ktirish usuli – aniqlanuvchi moddani titrantlar bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan.
2. CHo‘ktirish indikatorlari – EN yoki uning yaqinida titrant bilan rangli cho‘kma hosil qiladi.
3. Metalloxrom indikatorlari – EN yaqinida titrant bilan rangli kompleks hosil qiladi.
4. Adsorbsion indikatorlar – EN yoki uning yaqinida cho‘kma adsorbsiyalanishi yoki desorbsiyalanishi natijasida o‘z rangini o‘zgartiradi.
5. CHo‘ktirish usulida titrlash egriligi -titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichining unga qo‘shilayotgan titrant hajmiga bog‘liqlik egriligi
6. Sakramaga ta’sir etuvchi omillar:
1.Titrant va titrlanuvchi moddani konsentratsiyasi
2.CHo‘kmani eruvchanligi (EK)
Titrlash sakramasining qiymati hosil bo‘ladigan cho‘kmalarning EK kiymatiga bog‘liq. EK qiymati kichik bo‘lgan cho‘kmalarda titrlash sakramasi katta bo‘ladi.
7.Argentometriya - aniqlanuvchi moddani AgNO3 ning titrlangan eritmasi bilan cho‘ktirishga asoslangan.
8. Gey Lyussak usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikatorsiz, bevosita titrlash.
9. Mor usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikator kaliy xromat ishtirokida bevosita titrlash.
10.Fayans usuli - galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan adsorbsion indikatorlar: fluoressein, eozin ishtirokida bevosita titrlash.
11.Folgard usuli - NN4NCS yoki KNCS eritmasi bilan indikator NH4Fe(SO4)2 ishtirokida kumush kationlari yoki ular qoldig‘ini titrlash usulidir.
12.Tiotsianometriya - Ag+ ionlarini titrant NH4NCS eritmasi bilan cho‘kma hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan.
13.Merkurometriya - galogenlarni simob (I) tuzlari bilan cho‘ktirishga asoslangan.
Nazorat savollari
Cho`ktirish usullarining mohiyati haqida gapiring
Sakramaga qanday omillar ta`sir etadi?
Titrlash egriligi
Argentometriya mohiyati
Tiosianometriya mohiyati
Merkurometriya
Titrant bo`yicha tasnifi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)
4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)
5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.
6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
14-Mavzu: Kompleksonometrik titrlash. Kompleksanometriya. Kompleksanometrik titrlash egrisi, indikatorlari. Trilon B ni qo’llanishi. Merkurimetrik titrlash.
Reja:
1.Kompleksimetriyani mohiyati, reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar, tasnifi.
2.Kompleksonlar va ularning taxlilda qo‘llanilishi.
3.Kompleksonometriya.
4. Merkurimetrik titrlash.
1.Kompleksimetriya mohiyati. Reaksiyaga qo‘yilgan talab, tasnifi
Aniqlanuvchi ionni titrant bilan barqaror kompleks birikma hosil qilishi reaksiyasiga asoslangan. Usulda quyidagi reaksiya yotadi:
M+nL=MLn
Usul kompleks hosil qiluvchi metall ionlarini aniklashda ishlatiladi.
T.O.N. vizual (indikatorsiz, indikatorli) va uskunaviy usulda aniqlanadi.
Misol:
1.
2CN - +Ag + → [Ag(CN) 2] -
Т.О.Н [Ag(CN)2]- + Ag+ ↓2AgCN
оқ
2.
Ca2+ + H2Jnd + 2NH4OH CaJnd+2NH4+ + 2H2O
қизил бинаф
T.O.N CaJnd + [H2Tr]2- + 2NH4OH [CaTr]2- + Jnd2- + 2NH4+ + 2H2O
qizil binaf. ko‘k
Reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar:
1. Reaksiya qat’iy stexiometrik nisbatda borsin, qo‘shimcha (yonaki) reaksiyalar sodir bo‘lmasin.
2. Reaksiya tez va oxirigacha borsin. Buning uchun hosil bo‘layotgan kompleksning barqarorligi yuqori, β ≥ 108 qiymatga ega bo‘lishi lozim.
3. Hosil bo‘ladigan kompleks suvda eruvchan, barqaror, kam ionlashadigan bo‘lsin.
4.Titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash imkoni bo‘lsin.
Tasnifi:
1.Merkurimetriya – Ng+2 ning barqaror, suvda eruvchan, kam dissotsiyalanuvchi kompleks birikmalarining hosil bo‘lishiga asoslangan. Titrant - Hg(NO3)2.
2.Sianometriya – metallarning SN- ioni bilan kompleks hosil qilishiga asoslangan. (kumush, rux, simob, kobalt, nikel). Titrant - NaCN , KCN.
4. Ftorometriya – metallarning ftoridli komplekslarini hosil bo‘lishiga asoslangan. (alyuminiy, sirkoniy(IV), toriy(IV) ). Titrant - NH4F, NaF.
5. Kompleksonometriya (xelatometriya) – metall ionlarini kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilishiga asoslangan.
Titrant – Trilon «B» (komplekson - III).
2. Kompleksonlar va ularni taxlilda qo‘llanishi .
Kompleksonlar – ko‘p asosli aminokarbon kislotalar va ularning tuzlari bo‘lib, anionlari ko‘p dentatli, xelat birikma hosil qiluvchi, ligand sifatida qator metall kationlari bilan eruvchan, barqaror komplekslar – kompleksonatlar hosil qiladi. 1944 yilda SHvarsenbax tomonidan taxlilga tavsiya etilgan. Usul kompleks hosil qiluvchi metall kationlari miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Kompleksonometriya – farmakopeya usuliga kiritilgan.
Kompleksonlarni 4 xil turlari mavjud:
Komplekson I nitril uch sirka k-ta N(CH2COOH)3 4 - dentatli ligand
Komplekson II etilendiamintetrasirka kislota (EDTSK)
(HOOSCH2 )2 N-CH2 –CH2 -N (CH2 COOH)2 6 - dentatli ligand
Komplekson III EDTSK ning di natriylik tuzi (trilon “B “). Na2[H2Tr] * 2H2O
Komplekson IV- diaminsiklogeksantetrasirka kislota
Titrimetrik tahlilda komplekson III eng ko‘p qo‘llanadi, kolgan kompleksonlar titrimetriyada oz ishlatiladi.
Komplekson III ( Na2[H2Tr] * 2H2O) – s2, p, d elementlari bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Me+2, Me+3 ionlari bilan Tr “B” quyidagicha ta’sirlashadi:
Me+2 + [H2Tr]2- [MTr]2- + 2H+ E = M/2
Me+3 + [H2Tr]2- [MTr]- + 2H+ E = M/3
Reaksiya to‘liq ohirigacha borishi uchun reaksiya mahsuloti -[N+] ni bog‘lash maqsadida titrlash ammiakli bufer ishtirokida (rN = 8 - 10) olib boriladi. Metallarning trilon “B” bilan hosil qilgan komplekslari (kompleksonatlar) barqarorligiga:
1. Metall ioni tabiati
2. zaryadi
3. elektron konfiguratsiyasi
4. rN muhit
5. harorat
ta’sir ko‘rsatadi.
r va d elementlar s elementlarga nisbatan Tr” B” bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Misol:
Kation β Ik
|
|
|
Kation
|
lgβ
|
I
|
Li 2.85 0,32
Na 1.79 0,32
Mg 9.12 0
Ca 10.59 0,1
Al 16.5 0,1
Pb 18.04 0,1
Cu 18.80 0,1
Fe 24.23 0
Bi 27.4 0,1
Komplekslar barqarorligi yuqori bo‘lgani uchun titrlashni kislotali sharoitda olib borsa bo‘ladi. S2 – elementlar nisbatan beqaror kompleks birikma hosil qiladi. SHuning uchun titrlashni kuchsiz ishqoriy sharoitda olib boriladi.
3.Kompleksonometriya.
Kompleksonometrik titrlash - metall kationlarini kompleksonlar bilan kompleksonatlar hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Usulda standart modda -
MgSO4 * 7H2O, ZnSO4 titrant – TrB, indikator xromogen qora.
Usulning titranti: Usulda titrant sifatida
0,1 N Tr B ishlatiladi. Trilon B – titrant eritmasi – Na2 H2 Y ∙ 2H2O ning aniq tortimidan tayyorlanib, magniy sulfat bilan standartlanadi.
MgSO4 + H2 Ind +2NH4OH = MgInd+ (NH4)2SO4+ +2H2O
|
|
|
qizil binaf.
Mg Ind + Na2[H2Tr] + 2NH4OH → Na2[MgTr] +2NH4+ + 2H2O + Ind-2
qizil binaf rangsiz ko‘k
NTrB= NV MgSO4 / VTrB
4. Merkurimetriya
Usul Hg2+ ning suvda eruvchan, barqaror, kam ionlashuvchi kompleks birikmalarning hosil bo‘lishiga asoslangan.
Hg2+ +2 Cl- Hg Cl2
Hg2++4J-[ Hg J4]2-
Titrant – Hg(NO3)2
Standart – NaCl
Indikator – Na2[Fe(CN)5NO] , difenilkarbazon
standartlash:
Hg2+ +2 Cl- Hg Cl2
Hg2+ + [Fe(CN)5NO] -2 → ↓ Hg[Fe(CN)5NO]
qizil oq
|
|
|
Ce
Ge
Sn
Pb
Zr
Th
Pu
Pu
Bi
V
Cr
U
UO
Mn
Mn
Fe
Fe
Co
Co
Ni
Pd
|
16.4
15.81
18.3
18.04
29.5
25.3
26.1
25.75
27.4
25.9
23.40
25.83
10.4
14.04
24.9
14.20
24.23
16.31
40.6
18.62
18.5
|
0.01
1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.2
0.1
0
0.1
0.2
0.1
0.2
|
N Hg(NO3)2 = NV NaCl / V
Qo‘llanishi. Cl-, Br-, J-, CN-, NCS-, Hg2+ aniqlashda qo‘llanadi.
Avzalligi:
1.Titrlashni kislotali muhitda olib borish mumkin;
2.Ko‘pgina ionlar xalaqit bermaydi;
3.Hg(NO3)2 kamyob emas.
Kamchiligi – titrant zaharli
|
|
|
Titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichini unga qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘liqlik grafigi kompleksonometrik titrlash egrisi deyiladi.
Faraz qilaylik, 100 ml 0,1N CaCl2 eritmasi 0,1N Tr”B” eritmasi bilan titrlansin:
Asosiy reaksiyasi
SaSl2 + Na2[H2Tr] + 2NH4OH Na2[CaTr] + 2NH4Cl + 2H2O
1. Titrlash boshida:
SaSl2Ca+2 + 2Cl-
[Ca2+] = C = 0,1 = 10-1
pCa = -lg[Ca+2] = -lg(10-1)= 1 pCa = 1
2. Tr”B” eritmasidan 90 ml qo‘shildi (10% Sa+2 titrlanmay qoldi)
pCa = 2,3
3. Tr”B” eritmasidan 99 ml qo‘shildi (1% Sa+2 titrlanmay qoldi) 
pCa = 3,3
4. TrB eritmasidan 99,9 ml qo‘shildi (0,1% Sa+2 titrlanmay qoldi)
pCa = 4,3
5. E.N. da
M.T.Q qo‘llasak:
[Ca+2]=[Tr-4] hisobga olsak:
[Ca+2]2 = [CaTr]-2 Kbek
pCa = 6lg10 - lg1,4 = 6 - 0,15 = 5,85
pCa = 5,85≈6
6. E.N keyin 100,1 ml TrB qo‘shildi (0,1% ortiqcha TrB hosil bo‘ldi).
pCa = -lg(4 10-8) = 8 – 0,6 = 7,4
pCa = 7,4
Demak, titrlash sakramasi 4 – 7,4 oralig‘ida keskin o‘zgaradi.
lgβzn>lgβca
Titrlash sakramasiga ta’sir etuvchi omillar:
1.Kompleksonatning barqarorligi
2.Titrlanayotgan metall kationlarining konsentratsiyasiga
3. Eritmaning pH qiymatiga.
2. Metalloxrom indikatorlar
Kompleksonometriyada TON ni vizual aniqlashda 2 xil indikatorlar turidan foydalaniladi.
1. Aniqlanuvchi ionlar bilan rangli kompleks birikma hosil qiluvchi rangsiz organik moddalar (salitsil, sulfosalitsil, tiokarbamid) qo‘llanadi. Bu turdagi indikatorlar kompleksonometriyada kam ishlatiladi.
2.Metalloxrom indikatorlar – tarkibida xromofor guruh tutgan organik bo‘yoqlar bo‘lib, metall kationlari bilan kompleks hosil qilganda o‘z ranglarini (qayta) o‘zgartira olish xususiyatiga ega.
Metalloxrom indikatorning rang o‘zgartish mexanizmi quyidagicha:
indikator eritmaga titrlash boshida qo‘shilib, eritmadagi aniqlanuvchi Me+2 kationi bilan rangli kompleks hosil qiladi. Indikator – kuchsiz ikki asosli kislota bo‘lsin, uni N2Ind deb qisqacha belgilaylik. Eritmada bu indikator Ind2- anioni hosil qilib, dissotsilanadi va I rangiga ega bo‘ladi:
H2Ind = 2H+ + Ind2-
ko‘k (I rang)
Me+2 + Jnd2- MJnd
qizil binaf.(II rang)
Titrlash jarayonida rangsiz eruvchan [MTr]2- kompleksonatlari hosil bo‘ladi:
Me+2 + [H2Tr]2-+2NH4OH [MTr]2- +2NH4+ + 2H2O
rangsiz
Titrlashni oxirgi nuqtasida:
MJnd + [H2Tr]2- +2NH4OH [MTr]2- + Jnd2- +2NH4+ qizil binaf. ko‘k
+ 2H2O
Metalloxrom indikatorlarning qo‘llanilishni asosiy sharti MInd kompleksi MY2- kompleksga ko‘ra qarorsizroq bo‘lishi kerak, ya’ni:
βMY2- > βM Ind
Metalloxrom indikatorlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Metalloxrom indikator aniqlanuvchi metall kationlari bilan turg‘un, rangli, eruvchan kompleks hosil qilishi kerak.
2. Aniqlanuvchi kationning indikator bilan hosil qilgan kompleksi o‘sha kationning kompleksonatidan qarorsizroq bo‘lishi kerak.
βMY / βM Ind ≈ 10 ÷ 100
3. EN da eritma rangi o‘zgarishi yaqqol ko‘rinishi kerak.
4. Aniqlanuvchi kationlarning indikatorlar bilan komplekslari qo‘shiladigan titrant ta’sirida tez parchalanishi kerak.
Indikatorni rang o‘zgarish sohasi:
M + Ind = MInd (I)
Kompleksning barqarorlik doimiysi
βM Ind = [MInd] / [M][ Ind ] (II)
[M] = [MInd] / βM Ind [ Ind ] (III)
rM = lgβM Ind + lg [Ind ] / [MInd] (IV)
Ko‘zimiz rangni 1:10 yoki 10:1 bo‘lganda ajratadi. SHu nisbatlarni (IV) tenglamaga qo‘yamiz.
Indikator rang o‘zgarish oralig‘i: rM = lgβMJnd ± 1
Metalloxrom indikatorlarning 150 xili mavjud. Farmatsevtik taxlilda ulardan quyidagilari ishlatiladi: erioxrom qora, mureksid,kalkonkarbon kislotasi,timol ko‘ki va boshqalar. SHulardan xromogen qora (erioxrom qora) tahlilda keng qo‘llanadi:
Azobo‘yoqlar guruhiga kiradi. Indikatorni suvli eritmada pH ga qarab, har xil shakllari mavjud bo‘ladi:
pH indikator shakli
< 6,3 (qizil)
6,3 – 11,6 (ko‘k)
> 11,6 (sariq)
3.Suvni qattiqligini aniqlash.
Suvning qattiqligi - 1 dm3 suvdagi Mg+2, Ca+2 ning mg.ekv. miqdori bilan aniqlanadi.
H = NTr BVTr B *1000 / VH2O
Suvning qattiqlik darajasiga ko‘ra ko‘rsatkichi 3 ga bo‘linadi:
1.YUmshoq suv – 3 mg-ekv/l gacha
2.O‘rtacha qattiqlikdagi suv - 3- 6 mg-ekv/l gacha
3.Qattiq suv - 6 mg-ekv/l va undan yuqori
Kompleksonometriyani qo‘llanilishi
1.farmatsevtik preparatlar tarkibidagi metallarning miqdorini aniqlashda. Masalan: alyumag, magniy sulfat, kalsiy glyukonat, laktat, xloridi; rux oksidi va sulfati; (tarkibida vismut tutgan) asosli vismut nitrat, kseroform va boshqalar.
2. Suvning kattikligi kompleksonometrik usul bilan nazorat qilinadi.
3. Metall qotishmalari, ruda va minerallar tahlilida ishlatiladi.
4. Fosfatlar, sulfatlar, oksalatlar, xromatlar va boshka anionlarni mahsulotni, qoldiqni titrlash va cho‘qtirish usullarini birgalikda ko‘llab aniqlash mumkin.
5. Nikoblovchi reagentlar sifatida aralashmadagi metall kationlarini aloxida aniqlash mumkin.
Tayanch iboralar:
1.Kompleksimetriya - Aniqlanuvchi ionni titrant bilan barqaror kompleks birikma hosil qilishi reaksiyasiga asoslangan.
2.Merkurimetriya – Ng+2 ning barqaror, suvda eruvchan, kam dissotsiyalanuvchi kompleks birikmalarining hosil bo‘lishiga asoslangan. Titrant -Hg(NO3)2.
3.Sianometriya – metallarning SN- ioni bilan kompleks hosil qilishiga asoslangan. (kumush, rux, simob, kobalt, nikel). Titrant - NaCN , KCN.
4.Ftorometriya – metallarning ftoridli komplekslarini hosil bo‘lishiga asoslangan. (alyuminiy, sirkoniy(IV), toriy(IV)).Titrant-NH4F, NaF.
5.Kompleksonometriya (xelatometriya) – metall kationlarini kompleksonlar bilan kompleksonatlar hosil qilish reaksiyasiga asoslangan.
Titrant – Trilon «B» (komplekson - III).
6.Kompleksonlar – ko‘p asosli aminokarbon kislotalar va ularning tuzlari bo‘lib, anionlari ko‘p dentatli, xelat birikma hosil qiluvchi, ligand sifatida qator metall kationlari bilan eruvchan, barqaror komplekslar – kompleksonatlar hosil qiladi.
7.Kompleksonometrik titrlash egrisi - titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichini unga qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘liqlik grafigi.
8. Titrlash sakramasiga ta’sir etuvchi omillar:
1.Kompleksonatning barqarorligi
2.Titrlanayotgan metall kationlarining konsentratsiyasiga
3. Eritmaning pH qiymatiga.
9. Metalloxrom indikatorlar – tarkibida xromofor guruh tutgan organik bo‘yoqlar bo‘lib, metall kationlari bilan kompleks hosil qilganda o‘z ranglarini (qayta) o‘zgartira olish xususiyatiga ega.
10. Indikator rang o‘zgarish oralig‘i: rM = lgβMJnd ± 1
11.Suvning qattiqligi - 1 dm3 suvdagi Mg+2, Ca+2 ning mg.ekv. miqdori bilan aniqlanadi.
12. Suvning qattiqlik darajasiga ko‘ra ko‘rsatkichi 3 ga bo‘linadi:
1.Yumshoq suv – 3 mg-ekv/l gacha
2.O‘rtacha qattiqlikdagi suv - 3- 6 mg-ekv/l gacha
3.Qattiq suv - 6 mg-ekv/l va undan yuqori
|