U. Xamdamov ta’limda innavatsion texnologiyalar




Download 3,58 Mb.
bet2/20
Sana29.12.2019
Hajmi3,58 Mb.
#6381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20









  1. ISHCHI DASTUR


Kirish

Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyo fani biologiya, meditsina, geologiya, minerologiya, atrof muxitning muxofazasi kabi turdosh tabiiy fanlarini o‘rganishda katta axamiyat kasb etadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha maxsulotlar, qishloq xo‘jalik maxsulotlari, qazilma boyliklar va xususan dori xom ashyosi, xamda dori preparatlar sifatlarini nazorat etishni analitik kimyo fanisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va uslublarini o‘rgatadi. Mazkur fanning maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon analitik kimyosining nazariy asoslari, uning turli aralashmadagi ionlarni ochish murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratish usullarini o‘ziga xos tomonlari, imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Fanning maqsad va vazifalari

Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarda, tahlilning turli usullari, bajarish vositalari, eritma tayyorlash, tayyorlangan eritma konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qo‘llanadigan uslublarni farmatsiya yo‘nalishiga muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi mavjud tahlil usularini takomillashtirish va tahlilning yangi usularini ishlab chiqishdan hamda, talabalarda analitik kimyoning nazariy asoslarini o‘zlashtirib ortirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini konkret vaziyatli masalalarni xal etishda qo‘llay bilish va olingan natijalarni to‘g‘ri baholash ma’suliyatini o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Analitik kimyo” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavrlar:

Bilimiga:


  • Kimyoviy tahlilni vazifasi bajarish yo‘llari.

  • Dorishunosning, amaliy faoliyatida analitik kimyo fanining o‘rni va axamiyati.

  • Analitik reagentlar.

  • Anorganik va organik moddalarni sifat tahlili.

  • Moddalarni ajratish va konsentrlashning asosiy usullari.

  • Tahlilni xromatografik va ekstraksiyalash usullari.

  • Tortma, titrimetrik uskunaviy /fizik va fizik kimyoviy/ tahlil usullarining asoslari.

  • Miqdoriy tahlil natijalarini to‘g‘ri baxolashda statistika asoslarini qo‘llash.

  • Analitik kimyodan asosiy adabiyotlar.

Malakasiga:

  • Analitik kimyo adabiyotlaridan va bildirgichlaridan mustaqil foydalanish.

  • O‘rtacha namuna olish, tahlil chizmasini tuzish va dasturda keltirilgan asosiy uslublarga muvofiq moddani sifat va miqdoriy taxlil etish.

  • Texnik, apteka va analitik tarozi, xamda xajmiy o‘lchov asboblaridan foydalanish.

Ko‘nikmasiga:

  • Moddalarni sifat va miqdoriy tahlil qilishdagi xamma jarayonlarni bajarish.

  • Analitik reagentlar eritmalarini tayyorlash va standartlash.

  • Tahlilda ishlatiladigan asosiy asbob turlaridan /mikroskop, fotoelektrokolorimetr, flyuorimetr, spektrofotometr, potensiometr, va x.k./ foydalana bilish. Tahlil bayonnomasini tuza bilish.

O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

Analitik kimyo fani mutaxassislik fanlarini o‘qitishga tayyorlovchi zamindor fan bo‘lib, bir semestrda o‘qitiladi.

Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy va noorganik kimyo (barcha bo‘limlari), organik kimyo (xromofor nazariyasi, ekstraksiya) , fizik va kolloid kimyo (kolloid eritmalar), fizika ( elektr va optika) va matematika (statistik xisoblash) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Mazkur uslubiy ta’minotdan maqsad:

Talabalarga analitik kimyo fanini o‘qitishda, kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, bilim soviyasini oshirish va shu orqali “Kadrlar tayerlash milliy dastur”ning talabalariga javob beradigan ilmiy saloxiyatli, etuk mutaxassis kadrlar tayerlash jardyonini amalga oshirishdan iborat.

Ma’ruzalarni slaydlar orqali kadoskopda o‘qish, Internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni ma’ruzalar elektron versiyasidan foydalanishlari uchun sharoitlarni muhaye etish.

O‘qitish jarayonida o‘quv dasturlarini kompyuter orqali o‘qitishni joriy etish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qo‘llash.

O‘qitish jarayoniga, ayniqsa talaba bilimni nazorat qilishga kompyuterni keng tadbiq qilish, talabalarning kompyuter savodxoligini oshiribgina qolmay, turli tahliliy jarayonlarni oqilona boshqarish, vujudga kelgan voziyatni tez va tug‘ri tahlil qilish imkonini beradi.



Ta’lim jarayoniga axborot – kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni joriy qilinishi.

«Analitik kimyo» fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:


t/r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Laboratoriya mashg‘uloti

Mustaqil

ta’lim



Analitik kimyo va kimyoviy tahlil. Analitik kimyo rivojlanish qisqa tarixi. Analitik reaksiya sezgirligi. Kationlar tasnifi. Kislota-asos tasnifi boyicha I guruh kationlarning analitik reaktsiyalari. I guruh kationlar aralashmasining tahlili chizmasi

18

2

4

12



Elektrolit eritmalari nazariyasining va massalar ta’siri qonunning analitik kimyoda qo‘llanishi

2

2








Massalar ta’siri qonunning oz eriydigan elektrolitning “Cho‘kma-to‘yingan eritma” tizimidagi geterogen muvozanatiga tadbig‘i va uning analitik kimyodagi axamiyati. II va III guruh kationlarining analitik reaksiyalari. II, III gurux kationlari aralashmasining taxlil chizmalari

6

2

4






Oksidlanish-qaytarilish muvozanati va uning analitik kimyodagi axamiyati. IV, V gurux kationlarining analitik reaksiyalari, aralashmalarining taxlil chizmalari

14

2

8

4



Kompleks xosil bo‘lish muvozanati va uning analitik kimyodagi axamiyati. Kompleks xosil bo`lishiga ta'sir etuvchi omillar. VI gurux ionlarining analitik reaksiyalari. VI gurux kationlari aralashmasining taxlil chizmasi. I guruh anionlarining analitik reaktsiyalari.

10

2

8






Ekstraksiya va uni analitik kimyoda qo‘llanishi. Ekstraksion muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar. Kationlarni ajratish va ochishni ekstraktsion usullari. II va III guruh anionlarining analitik reaksiyalari.

6

2

4






Taxlilning xromatografik usullari. Yupqa qavat xromatografiyasi va uning mohiyati. Elak ( gel) xromatografiyasi. Cho`ktirish va cho`qqi xromatografiyasi. Sifat tahlilni xromatografik va ekstraksion usullari.

18

2

4

12



Noma'lum tarkibli quruq tuzning tahlil.

4




4






Miqdoriy taxlil. Tasnifi. Gravimetrik taxlil va uning tasnifi. Namunani tahlilga tayyorlash. Gravimetrik aniqlashning asosiy bosqichlari.

6

2




4



Titrimetrik tahlil. Asosiy tushunchalari. Titrimetriyada qo‘llanadigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Standart H2C2O4 ∙ 2H2O eritmasini tayyorlash. Ishchi eritmalar (titrant) NaOH, H2SO4 tayyorlash

18

2

8

8



Kislota-asos usulida titrlashning indikatorlari. Indikatorlarning ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari. Kislota-asos usulida titrlash egrilarini chizish va taxlil etish. NaOH va H2SO4 ishchi eritmalarni standartlash. Nazorat eritmasidagi NaHCO3 va Na2CO3 massasini aniqlash

6

2

4





Quruq preparatdagi NH4Cl massa ulushini aniqlash.

4




4






Titrlashning oksidlanish-qaytarilish turlari. Redoksimetriya usullarining tasnifi. Reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Titrlash turlari.

6

2




4



Permanganametometrik titrlash. Yodimetriya. Yodometriya. Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash va standartlash. Mor tuzi eritmasidagi Fe(II) massasini aniqlash. Masala echish

10

2

4

4



Titrlashni cho`ktirish usullari, tasnifi, indikatorlari. Titrlash egrisi. Argentometriya, tiotsianometriya va merkurometriya.

6

2




4



Kompleksimetrik titrlash. Kompleksonometriya. Kompleksonometrik titrlash egrisi, indikatorlari. Trilon B nngi qo`llanishi. Merkuriymetrik titrlash.MgSO4∙7H2O, Trilon B eritmasini tayyorlash, standartlash. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.

10

2

4

4

17.

Tahlilni uskunaviy usullari. Tasnifi. Molekulyar spektral tahlil. Fotoelektrokolorimetriya. Eritmadagi mis(II) miqdorini aniqlash

10

2

4

4

18.

Spektrofotometriya. Sifat va miqdoriy tahlilda qo`llanishi. Tahlilningi lyumenist turlari. Fluorimetriya.

12

2




10

19.

Taxlilning elektrokimyoviy usullari xasida tushuncha Asosiy qonunlari. Nazorat eritmasidagi H2SO4 massasini pH -metrik usulda titrlab aniqlash.

6

2

4




20.

Miqdoriy tahlilni xromatografik usullari. Yuzaviy va ion almashinish xromatografiyasi. Nazorat eritmasidagi Na2SO4 massasini ion almashinish xromotografiyasi usulida aniqlash.

10

2

4

4





Jami:

182

36

72

74

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.

Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.

Ma’ruza mashg‘ulotlari

Analitik kimyo va kimyoviy tahlil. Zamonaviy analitik kimyoning asosiy bo`limlari. Analitik reaksiya sezgirligining tavsifi. Sifat tahlili. Kation, anionlarning tasnifi.

Analitik kimyo, kimyoviy tahlil, uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Analitik kimyo tarixi va rivojlanish bosqichlari. Sifat tahlili va uning turlari. Analitik reaksiyalar, reaksiya yo‘nalishiga shart-sharoitning ta’siri. Analitik reaksiyalar sezgirligi. Sifat tahlilida ishlatiladigan reaktivlar. Kationlarning kislota-asos tasnifi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Elektrolit eritmalari nazariyasining va massalar ta'siri qonunning analitik kimyoda qo`llanishi. Erituvchilar tasnifi.

Eritmalar, analitik reaksiyalar bajariladigan muhit sifatida. Kuchli elektrolitlar nazaryasi. Faol konsentratsiya, ion kuchi, faollik koeffitsienti. Massalar ta’siri qonuni va uning analitik kimyoda qulanilishi. Suvning ion ko‘paytmasi va pH shkalasi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Massalar ta'siri qonunning yomon eriydigan elektrolitning cho`kma-to`yingan eritma tizimidagi geterogen muvozanatiga tadbig`i va uning analitik kimyodagi ahamiyati.

Moddalarni suvda erishi. Ion ko‘paytmasi va eruvchanlik ko‘paytmasi. Cho‘kma tushishiga va erishiga ta’sir etuvchi omillar. EK ni taxlil uchun axamiyati. Qiyin eruvchi cho‘kmalarni eruvchan holatga o‘tkazish.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Oksidlanish-qaytarilish muvozanati va uning analitik kimyodagi axamiyati.

Oksidlanish qaytarish reaksiyalari, tizimi. Redoks jufti potensiali (standart, muvozanat). Reaksiya muvozanat doimiysi. Reaksiya yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillar. Kimyoviy taxlilda qo‘llanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Kompleks xosil bo‘lish muvozanati va uning analitik kimyodagi axamiyati. Kompleks xosil bo`lishiga ta'sir etuvchi omillar.

Analitik kimeda ishlatiladigan kompleks birikmalar. Kompleks birikmalarda qarorsizlik va barkarorlik doimiylari. Kompleks xosil bolishiga ta’sir etuvchi omillar. Kompleks birikmalarning kimeviy taxlilda qo‘llanishi. Funksional va analitik fa’ol guruhlar, xelatlar, ichki kompleks birikmalar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Ekstraksiya va uni analitik kimyoda qo‘llanishi. Ekstraksion muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar.

Ekstraksiya va uni analitik kimyoda qo‘llanilishi. Suyuqlik ekstraksiyasini asosiy tushunchalari. Nernst-Shilovni taqsimlanish qonuni. Taqsimlanish koeffitsienti, ajralish darajasi va ekstraksiyaga ta’sir etuvchi omillar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Taxlilning xromatografik usullari, tasnif. Yupqaqabat, choktirish, elak (gel) xromatografiyasi.

Xromatografik taxlil mohiyati, tasnifi, sifat tahlilda qo‘llanishi. Adsorbsion, taqsimlanish hamda, yupqa qavat xromatografiyasi. Elak va gel xromatografiyalari haqida tushuncha.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Miqdoriy tahlil. Uning tasnifi. Gravimetrik tahlil va uning tasnifi.

Miqdoriy tahlilni maqsadi va vazifalari. Miqdoriy tahlilni asosiy tamoyillari, tasnif. Gravimetrik aniqlashning asosiy bosqichlari. Gravimetriyani farmatsiyada qo‘llanilishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Titrimetrik tahlil asosiy tushunchalari. Titrimetriyada qo`llanadigan reaksiyalariga qo`yilgan talablar. Titrimetrik tahlil tasnifi. Titrimetrik tahlilni mohiyati, tasnifi, reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Ishchi eritmalarni tayyorlash va standartlash. Usul tasnifi. Titrlash turlari. Kislota-asos usulida titrlash.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.

Kislota-asos usuli. Usul eritmalari, indikatorlari. Indikatorlarning ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari. Kislota-asos usulida titrlash egriligi.

Indikatorlar va ularni ion, xromofor va ion-xromofor nazariyasi. Indikatorlarni rang o‘zgartirish oralig‘i. Kuchli va kuchsiz kislotalarni ishqorlar bilan titrlash egriligini chizish va tahlil qilish.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Titrlashning oksidlanish-qaytarilish turlari. Redoksimetriya usullarining tasnifi. Reaksiyalariga qo‘yilgan talablar. Titrlash turlari.

Usul mohiyati. Hajmiy tahlilda ishlatiladigna oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga qo‘yiladigan talablar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga asoslangan usullarning tasnifi. Ekvivalent nuqtadagi muvozanat potensialini hisoblash. Redoksimetrik titrlash indikatorlari tasnifi, rang o‘zgartirish potensiali oralig‘i.Titrlash egrisini chizish va taxlil etish.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Permanganatometrik titrlash. Yodimetriya. Yodometriya.

Redoksimetrik titrlash turlari. Permanganatometrik titrlash. Boshlang‘ich modda va ishchi eritmalar, ularni tayyorlash va aniq normalligini topish. Permanganatometrik titrlashni qo‘llanilishi. Yodometrik titrlash asoslari, titrant eritmalarni tayyorlash va aniq normalligini topish. Yodometriyani qo‘llanilishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, talabalar bilimini test asosida tekshirish.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q5; Q6; Q7.



Download 3,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 3,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



U. Xamdamov ta’limda innavatsion texnologiyalar

Download 3,58 Mb.