4.Qo‘llanishi:
Usulda asosan qaytaruvchi moddalar va o‘zida qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi dori preparatlarini miqdori aniqlanadi. Masalan: bevosita titrlash usulida:
Eritmadagi H2O2 ning massa ulushini aniqlash.
3% li H2O2 eritmasini suyultirib, 0,1N eritma tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmadan Mor pipetkasida 10 ml olib, ustiga (1:4) H2SO4 dan 5 ml qo‘shiladi va 0,1N KMnO4 eritmasi bilan turg‘un och pushti ranggacha titrlanadi.
2) Mor tuzi nazorat eritmasi tarkibidagi Fe+2 massasini aniqlash.

3)To‘g‘ri va qoldiqni titrlash usulida NaNO2 aniqlash.
a) to‘g‘ri titrlash usulida:
5NaNO2 + 2KMnO4 +3H2SO4 = 2MnSO4 + 5NaNO3 + K2SO4 + 3H2O
b) qoldiqni titrlash usulida
ort
yodometrik usulda
10KJ + 2KMnO4 + 16H2SO4 = 5J2 + 2MnSO4 + 8N2O
mah
J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6
4) Permanganatometriyada ba’zi hollarda oksidlovchi moddalar miqdori qoldiqni titrlash usulida aniqlanadi.
Masalan:
5) Mahsulotni titrlash usulida oksidlanish-qaytarilish xossasini namoyon qilmaydigan moddalarni aniqlash.
CaCO3 + 2HCl → CaCl2 + H2CO3
CaCl2 + H2C2O4 → ↓CaC2O4 + 2HCl
↓CaC2O4 + 2HCl → CaCl2 + H2C2O4
mahsulot
5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 → K2SO4 + 2MnSO4 +
mah
+ 10CO2 +8 H2O
mCaCO3 = E CaCO3 N KMnO4V KMnO4 / 1000
Yodimetrik titrlash.
Usulning mohiyati. Usulda yodning titrlangan eritmasi bilan qaytaruvchilarni bevosita titrlash usulida aniqlashga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Yod suvda yomon eriydi. Uni KJ ishtirokida eritib, triyodid ioni hosil qilinadi.
yoki
SHularni hisobga olib, yodimetrik titrlashni o‘tkazish uchun yodni KJ dagi eritmasi qo‘llanadi. Yodni standart oksidlanish – qaytarilish potensiali 0,54 v ga teng bo‘lib, KMnO4, K2Cr2O7 ga qaraganda kuchsiz oksidlovchidir. Yodimetrik titrlash usulida E˚<0,54v bo‘lganda qaytaruvchi-larni to‘g‘ri va qoldiqni titrlash usulida aniqlanadi. Ularga: As2O3, Na2S2O3, SnCl2, Na2S va boshqalar kiradi.
Masalan: As2O3 ni massasini to‘g‘ri titrlash usulida aniqlash.
Eslatma: bevosita titrlash usulida kraxmal titrlash boshida qo‘shiladi.
2. Na2S ni massa ulushini qoldiqni titrlash usulida aniqlash.
Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1 N yod eritmasi qo‘llanadi. Yod eritmasi beqaror bo‘lib, u tezda sublimatsiyalanadi. Uni qorong‘u joyda, qo‘ng‘ir idishda va sovuq sharoitda saqlanadi. SHularni hisobga olib, yod eritmasidan taxminiy konsentratsiyada eritma tayyorlab, Na2S2O3 yoki As2O3 bilan standartlanadi.
Usulni o‘tkazish shart-sharoitlari:
Yodimetrik titrlashni olib borish uchun quyidagi sharoitlarga rioya qilish kerak.
Yodimetrik titrlashni sovuq sharoitda olib boriladi. Bundan tashqari harorat ko‘tarilganda kraxmalni sezgirligi kamayadi.
J2/2J- redoks juftlikning standart potensiali kichik bo‘lgani uchun yodimetrik reaksiyalar qaytar va oxirigacha bormasligi mumkin. Reaksiya to‘liq borishi uchun titrlashni barqaror kompleks hosil qiluvchi modda bilan bog‘lash zarur. Masalan:
2Fe2+ + J2 = 2Fe3+ + 2J-
Bu reaksiyada Fe3+ ionlarini komplekson (EDTA) bilan bog‘lansa, muvozanat chapdan o‘ngga siljiydi. YA’ni Fe2+ ionlari Fe3+ ioniga oksidlanadi.
Yodimetrik titrlashni kuchsiz kislotali, neytral yoki juda kuchsiz ishqoriy sharoitlarda (pH<8) olib boriladi. Aks holda:
ishqoriy sharoitda (pH>9) gipoyodid ioni hosil bo‘lib, titrlashni xatoligini oshiradi.
Kuchli kislotali sharoitda esa HJ hosil bo‘lib, yorug‘lik va O2 ta’sirida parchalanadi
Usulning indikatori. Yodimetriyada indikator sifatida kraxmal qo‘llanadi. Titrlashni oxirgi nuqtasini (TON) aniqlashda 2 xil usuldan foydalaniladi.
1.Indikatorsiz usul- J2 eritmasining ortiqcha tomchisi eritmani to‘q –sariq rangga bo‘yaydi. YOki yod SCl4, SNCl3 ga ekstraksiyalanganda ekstrakt binafsha rangda bo‘ladi.
2.Indikatorli usul- 1% kraxmal (maxsus indikator) eritmasi bilan yod ko‘k rang hosil qiladi.
Qo‘llanishi. Usulda qaytaruvchilar, suvni K.Fisher usulida aniqlash hamda farmatsevtik preparatlardan analgin, askorbin kislotasi, penitsillin, formaldegid va boshqa moddalar aniqlanadi. Masalan qoldiqni titrlash usulida formaldegidni aniqlash.
CH2O +I2 + 3NaOH → HCOONa +2NaI + 2H2O
ort
3I2 +6NaOH → NaIO3 +5NaI +3H2O
qold
NaIO3 +5NaI +N2SO4 → 3I2 + Na2SO4 + 3H2O
I2 + 2Na2S2O3 → 2NaI + Na2S4O6
Akvametriya. (Fisher usuli).
1935 yilda K.Fisher tomonidan ixtiro etilgan suvni miqdorini aniqlashning yodimetrik usuli - akvametriya deyiladi. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Bu usulda titrlanuvchi eritma tarkibidagi suvni, oltingugurt (IV) oksidi, yod va piridinni metanoldagi eritmasi, - Fisher reaktivi bilan titrlashga asoslangan. Reaksiya quyidagi ikki bosqichda boradi:
1.
2. 
Titrlashda 1 mol suvga, 1 mol yod to‘g‘ri keladi. Agar reaksiyada suv ishtirok etmasa, yod sarflanmaydi. Titrlash maxsus og‘zi kavsharlangan, CaCl2 o‘rnatilgan asbobda o‘tkaziladi. Reaksiyani o‘tkazish uchun suv saqlangan preparatdan tortim olib, metanolda eritiladi va Fisher reaktivi bilan titrlanadi. T.O.N da eritmaning sariq qo‘ng‘ir rangga bo‘yalishi kuzatiladi.
2. Yodometrik titrlash usuli - Oksidlovchilarni J- bilan reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulot yodni titrant Na2S2O3 eritmasi bilan titrlashga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi.
yoki
J--samarali qaytaruvchi, ammo KJ-titrant sifatida qo‘llanilmaydi. CHunki KJ eritmasi beqaror, xavodagi kislorod ta’sirida oksidlanib ketadi. Amalda oksidlovchi eritmasiga mo‘l KJ qo‘shiladi. Mahsulot sifatida ajralgan J2 – Na2S2O3 eritmasi bilan titrlanadi. Masalan:
Usulning titranti. Usulda titrant sifatida 0,1 N Na2S2O3 * 5H2O eritmasi qo‘llanadi. Titrant - Na2S2O3 * 5H2O eritmasi, standart modda talabiga javob bermaydi:
Barqaror emas, kislotali muhitda parchalanadi.
Barqaror qilish uchun Na2CO3 (rN=9-10) qo‘shiladi.
2. Suvli eritmada Na2S2O3 tiobakteriyalar va yorug‘lik ta’sirida parchalanadi. Buning oldini olish uchun 1l eritmaga 10 mg NgJ2 qo‘shiladi.
SHuning uchun tiosulfat eritmasi taxminiy konsentratsiyada tayyorlanadi va K2Sr2O7 bo‘yicha standartlanadi.
Usulning indikatori. Yodometriyada indikator sifatida ham kraxmal qo‘llanadi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, mahsulotni titrlash usulida kraxmal titrlanuvchi eritmaga reaksiyada ajralib chiqqan yodni Na2S2O3 eritmasi bilan yarmisini titrlab bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi. Bunda kraxmal ko‘k rangga kiradi va uni Na2S2O3 eritmasi bilan rangsizgacha titrlanadi.
Qo‘llanishi. Usulda bir qator oksidlovchilar H2O2, CuSO4, K2Cr2O7, KMnO4, Na3AsO4, J2 va boshqalar aniqlanadi. Masalan:
1. H2O2 ni massasini yodometrik usulda aniqlash
2. Misni massasini yodometrik usulda aniqlash.
2CuSO4+ 4KJ → ↓Cu2J+ 2J2+ 2K2SO4
mah
J2+ 2Na2S2O3 → 2NaJ+Na2S4O6
mah
a = ESi+2 *Ntio *V / 1000
Eslatma: mahsulotni titrlash usulida kraxmal titrlanuvchi eritmaga reaksiyada ajralib chiqqan yodni Na2S2O3 eritmasi bilan yarmisini titrlab bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi.
3. Xloryodimetrik titrlash usuli- titrant monoxloryod eritmasi bilan qaytaruvchilarni aniqlashga asoslangan. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
JCl + 2e- = J- + Cl- E0 = 0,795 V
2JCl + 2e- = J2 + 2Cl- E0 = 1,19 V
Monoxloryod eritmasi oksidlovchi sifatida yod eritmasiga nisbatan kuchliroq ancha barqaror hisoblanadi.
Usulning titranti. Usulda titrant sifatida 0,1N monoxloryod eritmasi qo‘llaniladi. Titrantni tortim bo‘yicha tayyorlanmaydi. Uni quyidagi reaksiya asosida olinadi.
Tayyor bo‘lgan eritmani Na2S2O3 eritmasi bilan standartlanadi.
Usulning indikatori. Xloryodimetriyada indikator sifatida kraxmal eritmasi ishlatiladi.
krax
TON: JCl + J- → J2 + Cl-
ko‘k
Xloryodimetrik titrlash sharoiti. Titrlash kislotali, neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda o‘tkaziladi. Kuchli ishqoriy muxitda quyidagi qo‘shimcha reaksiya boradi
JCl + 2OH- = JO- + Cl- + N2O
Qo‘llanishi. Usulda turli qaytaruvchilar, qator organik dori preparatlar: sulfanilamid xosilalari, barbituratlar, tiobarbituratlar, novokain, rivanol va boshqa organik birikmalar aniqlanadi.
Tayanch iboralar
1. Permanganatometriya - KMnO4 eritmasi bilan kaytaruvchilarning mikdorini aniklash. Standart modda - H2C2O4 · 2H2O, titrant - KMnO4, indikatorsiz usul.
2. Permanganatometriya - kislotali sharoitda olib boriladi.
3. Titrlash turlari - to‘g‘ri, qoldiqni va maxsulotni titrlash usullari.
4. Suvning oksidlanuvchanligi - 1 dm3 suvda kaytaruvchilarning milligramm mikdori bilan belgilanadi. Qoldiqni titrlash usulida aniklanadi. Birligi - mg/dm3
5. Suvning sifati oksidlanuvchanlik o‘lchamlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Qaytaruvchanlar miqdori
|
Suvning sifati
|
1 mg/dm3 gacha
|
toza suv
|
1-2 mg/dm3 gacha
|
ichimlik suvi
|
3-4 mg/dm3 gacha
|
gumonli suv
|
4 mg/dm3 va undan yuqori
|
iflos suv
|
6.Yodimetriya (yodimetrik titrlash)- qaytaruvchilarni yodning standart eritmasi bilan bevosita titrlash.
7.Yodometriya (yodometrik titrlash)- oksidlovchilarni bilvosita xosil bo‘lgan mahsulot - yodni natriy tiosulfat standart eritmasi bilan titrlash
8.Yodimetriyada- standart modda K2Sch2O7, titrantlar I2, Na2S2O3*5H2O indikator kraxmal.
9.Akvametriya (Fisher usuli)- suvni miqdorini aniqlashning yodimetrik usuli
10.Xloryodimetriya- titrant monoxloryod eritmasi bilan qaytaruvchilarni aniqlashga asoslangan.
Nazorat savollari
H2C2O4· eritmasini KMnO4 bilan titrlaganda titrantning birinchi tomchilarining rangi sekin o’zgaradi. Nima uchun?
Nima uchun titrimetrik tahlilda ko’pincha kislotali muhitda permanganat bilan oksidlash reaksiyalari qo’llaniladi?
KMnO4 dan standart eritmani aniq tortim bo’yicha tayyorlab bo’ladimi?
Yodometriyaning mohiyati nimadan iborat?
Yodimetriyaning mohiyati nimadan iborat?
Yodimetriyaning permanganatometriyadan avzalligi ?
Yodimetriyaning kamchiligi?
Mustaqil yechish uchun masala
1.Quyidagi reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarning molyar ekvivalent massalarini hisoblang:
KMnO4 + MnSO4 +H2O K2SO4 + MnO2 + H2SO4
KMnO4 + H2O2 MnO2 +KOH +O2 + H2O
2.Oksidlovchilar permanganatometrik usulda qanday aniqlanadi? Uni KClO3 tahlili misolida tushuntiring.
3.MnO-4 /Mn+2 va Cl2/2Cl- juftlarining normal oksidlanish – qaytarilish potentsiallari qiymatini hisobga olgan holda bu moddalar orasida boradigan reaksiyaning yo’nalishini aniqlang.
4.Agar 25,00 sm3 xlorli suvning KJ bilan o’zaro ta'siri natijasida ajralib chiqqan yodni titrlash uchun tiosulfatning 0,1100 n eritmasidan 20,10 sm3 sarflangan bo’lsa, xlorli suvning 1dm3 ida necha gramm xlor bor?
5.Nazorat eritmasida As (III) massasini yodimetrik titrlab aniqlashda ish tartibi va reaksiya tenglamasi qanday yoziladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)
4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)
5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.
6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
13-Mavzu: Titrlashni cho‘ktirish usullari, tasnifi,
indikatorlari. Titrlash egrisi. Argentometrik, tiotsianometrik va merkurometrik titrlash
Reja:
1.Cho‘ktirish usulining mohiyati, reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar, tasnifi.
2. Cho‘ktirish usulida qo‘llaniladigan indikatorlar.
3. Cho‘ktirish usulida titrlash egriligi.
4. Argentometriyani mohiyati, titranti, qo‘llanilishi.
5. Tiotsianometriyani mohiyati, titranti, qo‘llanilishi.
6. Merkurometriyani mohiyati, titranti, avzalligi va kamchiligi.
Usulning mohiyati. Titrlashni cho‘ktirish usuli – aniqlanuvchi moddani titrantlar bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Masalan:
1. Ag+ + Cl- = AgCl↓
T X
2. Hg22+ + 2J- = Hg2 J2↓
T X
3. 2[Fe(CN)6]4-+3Zn2++2K+=K2Zn3[Fe(CN)6] 2↓
T X
CHo‘ktirish usullarida TON indikatorlar yordamida aniqlanadi. Ba’zi hollarda indikatorsiz usul ham qo‘llanadi.
Reaksiyalarga ko‘yiladigan talablar:
1) Aniqlanuvchi modda suvda yaxshi erib, rangsiz eritma hosil qilsin va tarkibida cho‘kma hosil qiluvchi ion saqlagan bo‘lsin.
2) CHo‘ktirish reaksiyasi qat’iy stexiometrik nisbatda borishi kerak. Qo‘shimcha reaksiyalar va birgalashib cho‘kish jarayonlari sodir bo‘lmasin.
3) Reaksiya oxirigacha borishi kerak. Buning uchun
Ks ≤ 10-10 bo‘lishi kerak.
4) CHo‘kma xona xaroratida, tez hosil bo‘lishi kerak.
Usulning tasnifi:
Qo‘llaniladigan titrantni turiga ko‘ra:
Argentometriya - AgNO3
2. Merkurometriya - Hg2(NO3)2
Tiotsianometriya - NH4 NCS
Geksatsianoferratometriya - K4[Fe(CN)6]
Sulfatometriya - H2SO4
Barimetriya - BaCl2
2. CHo‘ktirish usulida qo‘llaniladigan indikatorlar.
Usulda ekvivalent nuqtani aniqlashda quyidagi indikator turlari qo‘llanadi:
CHo‘ktirish
Metalloxrom
Adsorbsion
CHo‘ktirish indikatorlari – EN yoki uning yaqinida titrant bilan rangli cho‘kma hosil qiladi. Masalan Mor usuli - indikator – K2SrO4. Usul CI- ni aniqlashda qo‘llanadi.
E.N. gacha: Ag++Cl-=AgCl↓
TON: 2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4↓
1 tom qizil-g‘isht
Titrlashni pH = 6,5-10,3 da neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda o‘tkaziladi. CHunki:
Kuchli kislotali (pH<6,5) muhitda kumush xromat cho‘kmasi dixromat-ioni xosil qilib erib ketadi:
2AgCrO4 +2N+ = 4Ag++Cr2O72-+H2O
Kuchli ishqoriy (pH>10,3) muhitda kumush tuzlari Ag2O ning jigarrang cho‘kmasini hosil qiladi:
2Ag+ +2ON- = 2AgON↓= Ag2O+H2O
Eritmaning kerakli (pH) muhiti NaHCO3 qo‘shish bilan ta’minlanadi.
Metalloxrom indikatorlari – EN yaqinida titrant bilan rangli kompleks hosil qiladi. Masalan Folgard usuli- indikator NH4Fe(SO4)2 . Usul Ag+ ni tiotsianatometrik, galogenidlarni argentometrik (qoldiqni titrlash usuli) aniqlashda qo‘llanadi.
EN gacha: Ag++NCS-=AgNCS↓
TON: Fe3++nNCS-=[Fe(NCS)n]3-n
Temir (III) tuzlari gidrolizini oldini olish maqsadida titrlash kislotali (rN≤1) sharoitda olib boriladi, chunki gidroliz mahsulotini qizg‘ish rangi EN ni aniqlashda xalaqit beradi.
Adsorbsion indikatorlar – EN yoki uning yaqinida cho‘kma adsorbsiyalanishi yoki desorbsiyalanishi natijasida o‘z rangini o‘zgartiradi. Bu indikatorlar organik birikmalar bo‘lib, kuchsiz kislota yoki asos xossasini namoyon qiladi. Ularga eozin, fluoressin kiradi.
Bu ikki indikator EN dan keyin, cho‘kma sirtida adsorbsiyalanadi va o‘z rangini quyidagicha o‘zgartiradi:
Fluoressein sarg‘ish-yashil pushti
Eozin sarg‘ish-qizil qizg‘ish – binafsha
Masalan: 
Fluoressein Eozin
Fluoressein Cl-, Br- , J-, SCN- larni aniqlashda ishlatiladi. Eozinni esa Br- , J, SCN- larni aniqlashda ishlatiladi.
Adsorbsion indikatorlarni qo‘llanish mexanizmi:
Faraz qilaylik, NaSl eritmasini AgNO3 eritmasi bilan adsorbsion indikatori fluoressein ishtirokida titrlansin. Fluoressein kuchsiz organik kislota bo‘lib, eritmada quyidagicha dissotsiyalanadi.
Titrlash davomida EN gacha:
AgNO3 + NaCl AgCl + NaNO3
Bunda AgCl o‘zining sirtiga eritmadagi titrlanmagan Sl- ionlarini adsorbsiyalaydi. Natijada AgCl ning sirti manfiy zaryadlanib qoladi. Diffuzion qavatda manfiy zaryadlangan cho‘kma sirtiga qarama –qarshi qavat Na+ ionlari joylashadi. Eritma indikator hisobiga sariq rangda bo‘ladi.
Ekvivalent nuqtada Sl- ionlari to‘liq titrlanadi va eritmaga tushgan ortiqcha 1 tomchi Ag+ ionlari AgCl ning sirtiga adsorbsiyalanadi. Natijada AgCl ning sirti musbat zaryadlanib, unga indikatorning anionlari Jnd- adsorbsiyalanadi va eritma qizil – pushti rangga bo‘yaladi.
a) b)
AgCl nCl-m Na+ AgCl mAg+] kJnd-
Adsorbsion indikatorlarni qo‘llash sharoitlari.
1) Reaksiyaga kirishadigan eritmalarning konsentratsiyalari.
pH muhitni ta’siri.
Indikatorlarning adsorbsion qobiliyatini hisobga olish.
Argentometrik titrlashda rN=7 bo‘lganda AgCl cho‘kmasining sirtiga anionlarni adsorbsiyalanish qobiliyati quyidagi tartibda kamayaboradi:
J- , CN- > SCN- > Br- > eozin > Cl- fluoressein
Xloridlarni titrlashda eozinni qo‘llab bo‘lmaydi. CHunki eozin fluoresseinga qaraganda kuchli kislota bo‘lib, AgCl ga birinchi bo‘lib adsorbsiyalanadi, Cl- ionlarga qaraganda, natijada E.N. gacha AgCl pushti rangga kiradi. SHuning uchun eozinni Br-, J-, NCS- aniqlashda qo‘llaniladi.
4) Titrlash tezligi
3. CHo‘ktirish usulida titrlash egriligi.
Titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichining unga qo‘shilayotgan titrant hajmiga bog‘liqlik egriligi cho‘ktirish usulining titrlash egriligi deyiladi. Masalan: 100 ml 0,1N NaCl eritmasini 0,1 N AgNO3 bilan titrlash egri chizigini keltirib chiqaramiz.
1-nuqtada: Titrlash boshida (AgNO3 qo‘shilmasdan avval) Cl- ionlarining konsentratsiyasi NaCl ning umumiy konsentratsiyasiga teng bo‘ladi.
NaCl Na+ + Cl-
[Cl-] = C NaCl = 0,1= 10-1 logarifmlasak:
rSl = -lgC NaCl = -lg10-1 = 1 rSl = 1
2-nuqtada: 0,1 N NaCl ning 100 ml eritmasiga 50 ml AgNO3 eritmasi qo‘shildi (NaCl 50% titrlanmay qoldi).
pCl = -lg(3 10-2) = 2lg10 – lg3 = 1,4 rSl = 1,4
3-nuqtada: 0,1 N AgNO3 eritmasidan 90 ml qo‘shildi (NaCl ni 10% titrlanmay qoldi).
pCl = -lg(5 10-3) = 3lg10 – lg5 = 2,3 pCl = 2,3
4-nuqta: 0,1N NaCl 100 ml eritmasiga 99 ml 0,1N AgNO3 qo‘shildi. (NaCl 1% titrlanmay qoldi.)
pCl = -lg(5 10-4) = 4lg10 – lg5 = 3,3 pCl = 3,3
5-nuqta: 0,1N 100 ml NaCl ga 99,9 ml 0,1N AgNO3 qo‘shildi. (NaCl ni 0,1% titrlanmay qoldi.)
pCl = -lg(5 10-5)=5lg10 – lg5 = 4,3 pCl = 4,3
6-nuqta ekvivalent nuqtada 100 ml 0,1 N NaCl ga 100 ml 0,1 N AgNO3 qo‘shildi. Bunda AgCl ning to‘yingan eritmasi hosil bo‘ldi. Eritmada [Ag+] va [Cl-] konsentratsiyalari tenglashadi.
EKAgCl=[Ag+][Cl-];
[Cl-]=
[Ag+] = [Cl-] = = 
pCl = pAg = 5lg10 – lg1,3 = 4,89 ≈ 5 pCl=5
|