42
yechishga mo‟ljallangan. Bo‟laklarga ajratish tamoyilini qo‟llash
ularni nisbatan
oddiyroq masalalarni, ular orasidagi o‟zaro aloqalarni hisobga olgan holda
yechishga olib keladi. Lokal optimallash tamoyili
esa turli bir oddiy masala
doirasida va natijada barcha masalalarni butuniga yechish ko‟rsatkichlarini
yaxshilash imkonini beradi.
Abstraktsiyalash (mavhumlash) kontseptsiyasi YTLATni yaratishda
talablar va tashqi sturlioitlar diapazoni (chegaralarida u ishlay oladigan), ya‟ni,
uning universalligi va boshlang‟ich ma‟lumotlarning o‟ziga
xos xususiyatlari va
cheklanishlariga, texnik vositalar shakllariga, qattiq belgilangan kiruvchi va
chiquvchi shakllarga bog‟liq emasligi katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqsadga
erishishning bitta vositasi – abstraktsiyalash tamoyilini qo‟llashdir; uning ma‟nosi
shuki, turli bir yechiladigan masala uchun formal matematik model ishlanadi. U
o‟ziga barcha ahamiyatli aloqalarni, munosabatlarni va asosiy cheklashlarni hamda
belgilangan mantiqqa asoslangan va foydalanuvchiga aniq talablardan abstraktsiya-
lashish imkonini beradigan maxsus matematik apparatni o‟zida mujassamlaydi.
Abstraktlash vositalaridan biri o‟rganilayotgan obyekt yoki hodisani
umumlashtirish, ya‟ni ahamiyati kam omillarni chiqarib tashlash,
obyektlarning
raqamli va sifat tavsiflarini umumlashtirish, ularni birlashtirish va qishloq
xo‟jaligini
yuritishning asosiy yo‟nalishlari bo‟yicha ahamiyatli baholarni olish hisoblanadi.
Abstraktlash kontseptsiyasini amalga oshirish uchun boshlang‟ich ma‟lu-
motlar konvertorlaridan,
hisobotlar generatoridan, ochiq ma‟lumotlar tizimidan,
turli xil shakldagi PEHMlarning dasturiy ta‟minotlarini moslashtirish va sh.o‟.
foydalaniladi.