59
kontur); obyektni to’la yoki qisman olib tashlash; mavjud obyektni tuzatish;
obyektni bo’lish (kontur, yarim chiziq); to’g’ri geometrik shakl chizish (to’g’ri
burchakli to’rtburchak, aylana va sh.o’.); unda (oxirgi buyruqni bekor qilish);
chiziqni qo’l bilan kiritish; mavjud bo’laklardan, vektorlashni yoki nusxa olishni
qaytarmasdan, konturlarni shakllantirish va sh.o’.
Boshlang‟ich grafikaviy materialni raqamli shaklga aylantirishning
alternativ usullaridan biri digitayzerlardan foydalanishga asoslangan.
Hozirgi
vaqtda turli xil turdagi va ishlab chiqaruvchi firmalarning apparatlaridan
foydalaniladi. Ularning haqiqiy aniqlik tavsiflari (koordinatalarni aniqlashning
o‟rtacha kvadrat xatosi) ma‟lum emas. Shuning
uchun digitayzerni testdan
o‟tkazish zarurati tug‟iladi, ya‟ni dasturiy ta‟minot tarkibiga mos modullar
kiritilishi zarur. Bundan tashqari, digitayzer ishlashi uchun qog‟ozning joylashuvi,
kolibrovka, kodlashtirilayotgan obyektning ekranda ko‟rinishi va tezkor tahrirlash
ishlarining bajarilishini nazoratlash ham bajarilishi kerak.
Vektorli ko’rinish (ma’lumotlarning vektorli modeli) deb nuqtali, chiziqli
va poligon shaklidagi kenglik obyektlarining koordinata juftlari (vektorlar)
yig’indisi shaklidagi raqamli ko’rinishiga aytiladi. Vektorli-rastrli ko’rinishga
keltirish (rastr-lash) - bu kenglik obyektlarini vektorli ko’rinishdan rastrli
ko’rinishga rastr ele-mentlariga, obyektlarning vektorli bayonnomalari
elementlarining ularga qarashli yoki qarashli emasligidan kelib chiqib, qiymatlar
berish yordamida aylantirishdir.
To‟xtovsiz digitayzerlash tartibidan foydalanilganda obyektning o‟rnini
tavsiflovchi ortiqcha sondagi nuqtalar paydo bo‟ladi. Bunda olingan ma‟lumotlarni
siqish uchun maxsus funktsiya ko‟zda tutilishi kerak bo‟ladi.
Amaliy masalalarni yechishda raqamli shaklga keltirilgan grafikaviy obyekt-
larga mos semantika belgilanishi kerak. Buning uchun quyidagi usullardan biri
foydalanilishi mumkin: ma‟lumotlarni interaktiv kiritish bilan birga obyektlarni
avtomatik
aylantirib chiqish; zarur ma‟lumotlarni kiritish obyektlarini qo‟lda
tanlash; semantikaning to‟plamini kiritish bilan obyektlarga avtomatik yoki qo‟lda
60
tartib raqami berish; bir qismi oldin kiritilgan obyektlar uchun ma‟lumotlarning
to‟plamini qo‟shimcha kiritish.
Ishni yengillashtirish uchun klassifikatorlardan (ma‟lumotnomalardan) foy-
dalanish mumkin. Ular foydalanishga qulay va o‟zgartirilishi mumkin bo‟lishi
kerak.
Grafikaviy tahrirchini loyihalashda ma‟lumotlarni berish moduli katta
ahamiyatga ega bo‟lib, u ma‟lumotlardan
foydalanish, tahlil etish va manipul-
yatsiya qilish imkoniyatlariga ta‟sir etadi. Eng oddiy formatlarda faqat obyektlar-
ning
geometrik aloqalari saqlansa, murakkab formatlarda - obyektlar va ular atri-
butlarining topologik mazmun - mohiyatlari to‟g‟risidagi ma‟lumotlar saqlanadi.