• Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o‘rni qanday
  • Bolalar ijodi qay shaklda o‘rganiladi
  • Pedagogik kuzatish usuli qanday qo‘llaniladi?




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307
    Pedagogik kuzatish usuli qanday qo‘llaniladi?
    Kuzatish usuli ta‘lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini 
    bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig`ish imkonini tug`diradi. 
    Bu usul ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o‘qituvchi va
    o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi. 
    Tabiiy kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o‘zgarishlarni 
    hisobga olish va tegishli ta‘limiy-tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. 
    Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, 
    fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat 
    natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo‘ladi. 
    Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o‘rni qanday?
    Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki 
    yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to‘g`ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, 
    suhbat usuli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli 
    tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish 
    yo‘llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. 
    Bolalar ijodi qay shaklda o‘rganiladi? 
    Bolalar ijodini o‘rganishda maktab o‘quvchilarining o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar 
    tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o‘quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan 
    xatlari, she‘r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma‘naviyatini 
    o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 
    Bu usul orqali o‘quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste‘dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan 
    alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular 
    bo‘yicha konkurslar; maktablar bo‘yicha ko‘rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar.

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik kuzatish usuli qanday qo‘llaniladi?

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish