UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
123
-
To‘xtang, - debdi va
ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi
mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o‘tgach, xoja va birinchi mirza o‘tirgan yerga kirib kelibdi.
-
To‘g‘ri taqsir! Karvonsaroyga Bog‘doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari xam bisyor emish,-
debdi.
-
Rangi qanday ekan uning?
-
Rangi pistamag‘iz, sifati ham soz!
-
Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo‘lib
qancha baxmallari bor
ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob
beribdi va birinchi mirzaga
yuzlanibdi.
-
Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini?
Maosh belgilashda xodim farosati xam e‘tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- debdi.
Savol
: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi
inson bo‘lib shakllanishda farosatning o‘rni qanday? Sizning fikringizcha , xalq manfaatini ko‘zlashda, Vatan ravnaqini
yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalari zarurmi? . Javobingizni asoslab bering
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O‘g‘lim (9 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men
imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho
ob-havo qandayligini bilib
kelish uchun kechqurun hovliga, goho go‘yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘i xonaga yuboraman.
O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni
emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?