Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307
ADABIYOTLAR RO`YXATI 
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol avlod-O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori.T., 1998y. 
3.
I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008.
4.
Mirziyoyev Sh
.M.
―Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob 
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yic ha komissiya tuzish 
to'g'risida‖
1
gi
 
farmoyishi. 2017 yil 12 yanvar 
5.
Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy 
jаmiyati, 2010.
6.
Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b. 
7.
Dr Jo Westbrook, Dr Naureen Durrani, Rhona Brown, Dr David Orr, Dr John Pryor, Dr Janet Boddy, 
Francesca Salvi. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing 
Countries. 
8.
Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov, S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress-ma‘lumotnoma.T., ―Fan‖,2005 
yil 
9.
Pedagogika A.Q.Munavvarovning tahriri ostida). -T.: O‘qituvchi, 1996. 
10.
Подласый И.П. Педагогика1-2 е. -M.: Владос, 1999. 
 
 
4-MAVZU.
O’quvchi shaxsi tarbiyaning ob’yekti va sub’yekti sifatida 
Reja: 
2.1. “Individ” vа “shаxs” tushunchаsi. 
2.2. Shaxs rivohlanishiga ta’sir etuvchi omillar 
2.3. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari. 
 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Shaxs kamolotining omili nimalar hisoblanadi? 
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan 
jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik 
jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari 
bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
124 
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha 
“individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» 
ma’nolarini anglatadi. 
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan 
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, 
o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 
namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga 
oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o’zi nima? 
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi 
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, 
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat 
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi 
kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo’lmaydi. 
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. 
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
125 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya 
o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni 
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki 
tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab 
bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs 
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini 
inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga 
kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, 
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim 
E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini 
biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan 
iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog’laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil 
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. 
SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga 
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam 
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga 
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga 
bog’liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. 
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
126 
namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs 
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi 
layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani 
ifodalaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson 
o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va 
shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. 

Download 6,15 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish