UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
130
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan
o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni
pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida
shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va
faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini
oshirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga
oshirilishi lozim:
-ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay olish, vaziyatga
moslashuvchanlik va safarbarlik;
-loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, individual xulq-atvor
strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy
me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.