UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
128
muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu
kabilarni o'z ichiga oladi
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois
mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida
oila muhitining shaxs
kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu
maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini
ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit
insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik
yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori boiadi.
4. Tashqi qiyofa, qon aylanishi, oliy nеrv faoliyati qaysi omil ta'sirida shakllanadi?
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari
(bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun
organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi.
Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni
"psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek,
psixik
faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv
faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni
yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh
miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti
toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy
nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori
darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim
sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab
shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq
osti nerv
qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi.
Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar
asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz
reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-
vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan
hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan,
hayvonlar bilan
odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman
shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan
birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki
yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish
davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda
mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi
signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy
qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil
boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli
qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun,
shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri
tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-
qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida
aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
129
ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi
qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv
jarayonlarining bir-biri
bilan bogʻliq induk-siyasi.
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon
neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti
hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy
faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan.
Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu
nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning
umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.