|
Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring Pdf ko'rish
|
bet | 177/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
2. Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring.
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:
1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona
tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish
va yozishni ta'lim olish yo'li bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar
faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga
o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov
va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy
qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi
mumkin.
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik
(bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga
o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini
ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola
shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga
olishga bog'liqdir.
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi
faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi
uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat —
o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab
o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy
taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyalash jarayoni. Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo
ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan
tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u
ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi,
jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib
tug'ilmaydi.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni,
metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
127
sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi
o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat
tashkil etishi lozim.
|
| |