• Shaxs tarbiyasiga ta‘sir etuvchi omillar
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307
    Rivojlanish
    oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, 
    yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta‘minlovchi 
    murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. 
    Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta‘limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson 
    tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim 
    ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va 
    ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‘sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. 
    Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, 
    kasalliklar ham ta‘sir etadi. 
    Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga 
    berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
    tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta‘siri ostida boradi. 
    Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta‘sir etuvchi omillar hamda shaxs 
    xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
    Tarbiya bolaga samarali ta‘sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga 
    muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
    Shaxs tarbiyasiga ta‘sir etuvchi omillar
    . Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
    omillarning ta‘siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. 
    Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta‘sir etadimi? Bu uch 
    omilning o‘zaro munosabati qanday? 
    Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari 
    Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning 
    hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar. 
    XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga 
    katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. 
    Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning 
    namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‘limot vakili 
    amerikalik olim E.Torndaykdir. 
    Progmatizm oqimi
    va uning vakillari D.D‘yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda 
    asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni 
    inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
    Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    12 
    Biologik oqimga
    qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim 
    vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
    Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‘sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya 
    tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
    Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida 
    rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola 
    yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu 
    omillarning ta‘sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta‘limotiga suyaniladi. 
    Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular 
    individning ma‘naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
    Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa 
    odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‘lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. 
    Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. 
    Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning 
    rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi. 
    Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida 
    ham uzviy aloqa mavjud. 
    Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta‘siri 
    ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta‘sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. 
    Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‘siri 
    ham muhim. Bu tarbiya 
    tizimi orqali amalga oshiriladi. 
    Birinchidan, tarbiya ta‘sirida muhit bera olmagan bilim, ma‘lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan 
    bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. 
    Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. 
    Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‘sirini ham yo‘qotish mumkin. 
    To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
    Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so‘zlarini keltirishni joiz bilamiz «…yurtimizning ertangi kuni, 
    taraqqiyoti uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …». 
    Shunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta‘sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.Bola shaxsining 
    rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‘sirida 
    har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 
    Jeff Halsteadning ta‘kidlariga ko`ra:
    Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni past darajada fanni 
    o‘zlashtirishlariga ularning irsiyati ham sabab bo‘lib, ba‘zi oddiy narsalarni ham tushuna olmas ekanlar. Ba‘zi 
    hollarda, bu irsiyat oiladagi ahvolga ham bog`liq bo‘ladi. Boshqa hollarda esa irsiyat yillar davomida o‘qigan 
    o‘quvchilar ularning o‘zlashtirishini o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Misol uchun dunyo tillari va matematika o‘rgangan 
    o‘quvchi yaxshi tomonga o‘zgarishi kuzatilgan.
    1
     

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish