• Individ lotincha ―individium‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma‘nolarini anglatadi. Individuallik
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   307
    Tayanch so`z va iboralar

    Shaxs, rivojlanish, shaxsning rivojlanishi, biologik omil, irsiyart, ijtimoiy omil, oila, mahalla, rivojlanishda 
    muhitning ta‘siri, ta‘lim-tarbiya, faoliyat, preformizm oqimi, progmatizm oqimi, bola yoshini davrlashtirish 
    Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs 
    tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, konkret kishi, ya‘ni, muayyan 
    jamiyatning a‘zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit 
    inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 
    ―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi.
    Individ 
    lotincha ―individium‖ so‘zidan 
    olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma‘nolarini anglatadi. 
    Individuallik
    esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini 
    chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
    Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste‘dodini namoyon 
    etishda muhim ahamiyatga ega. 
    Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. 
    Shaxs 
    – muayyan jamiyatning a‘zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-
    harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
    Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim 
    sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi. 
    Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma‘naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning 
    har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
    amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi 
    hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
    Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. 
    Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
    Rivojlanishning o‘zi nima? 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish