• Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati
  • Statistika ma‘lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak?




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   307
     
    Statistika ma‘lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak? 
    Pedagogik tadqiqot statistika ma‘lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o‘zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy 
    izlanishlar borasidagi, balki xalq ta‘limi sohasidagi, jumladan ajratilgan mablag‘larning oshirilishi, xalq ta‘limi 
    muassasalarining o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, 
    maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik 
    omil aniq, hayotiy bo‘lsa bajarilayotgan ta‘lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo‘ladi. 
    Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati
    «Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma‘nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab
    chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab 
    chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy 
    nazariyalarda o‘zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.
    O‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan 
    ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta‘lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali
    ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta‘lim berish, maktab hisobotini mashinalar 
    yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
    ―Rivojlanayotgan ilmiy tajribaga asoslanmagan tushuncha tadqiqotga oid loyiha va tajribalar bilan bir xil 
    nazorat qilinishi mumkin. Tadqiqot usullari ilmiy loyiha bilan bahslashadi, shuning uchun talabalar metodik qurilgan 
    hajmda tajribalar o‘tkazishadi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishadi. Shuningdek, laboratoriya hisobotlari 
    talabalarning malakali olimlar kabi o‘ylashlari, analiz va sintez qila olishlarini ta‘minlashga qaratilgan. Undan 
    tashqari, talabalar boshqarilgan yoki ochiq tadqiqotlarda qatnashayotgan paytda, ular ilmiy tajribalarni toppish, 
    taxminlarga asoslangan mulohazalarini sinab ko‘rish va mukammallashtirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishmoqda - ular 
    mantiqiy usulda o‘z tushunchalarini rivojlantirish uchun himoyalanadi. Ta‘sirli ilmiy o‘qituvchilar talabalarga 
    mustaqil o‘rganuvchi bo‘lishlariga yordam beruvchi faoliyatlar yaratadilar‖
    1
    .
    XULOSA: Demak, pedagogika fani o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik 
    xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi.
    Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri tanlansa, ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash va 
    takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot 
    usullariga dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to‘la
    yaratilgan, ishlab chiqilgan emas. 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistika ma‘lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak?

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish