UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
13
Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya ta‘sirida faollashishi yoki susayishi
mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat
qilish, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi
ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi
.
Ta‘lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon
etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta‘minlaydi.
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham
turlarini kengaytiradi. SHunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta‘lim
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida
faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o‘z mehnati,
g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin,
tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma‘naviy-axlohiy
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy
faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
1-6.chizma