UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
15
jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‘zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmaydigan
odamlar ham mavjud.
Bu holat ko‘p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli.
Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g‘oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O‘zbekiston
Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta‘kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta‘limni tashkil etish,
rivojlantirish hamda ta‘limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‘lim oluvchilarda estetik boy
dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar
muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.