UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
22
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik
pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu, avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va
zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchiga qiziqib qarashi, uning
ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish lozim.