|
Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya
|
bet | 7/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #242516 |
Bog'liq Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalariMulkchilik huquqlari – bu mulk sub‘ektining mulk ob‘ektiga nisbatan munosabati bo’lib, mulkdan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan hosil bo’ladigan huquqlar majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin.
2.2 Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi:
1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli-tuman
mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
1. Davlat mulki;
2. Jamoa mulki;
3. Xususiy mulk;
4. Shaxsiy mulk;
5.Aralash mulk.
_______________________________↓______________________________
↓ ↓
Davlat mulki - mulk deb hisoblangan narsalarni davlat tomonidan bajarish uchun o’zlashtirilishi
|
|
Jamoa mulki - ishlab chiqarish va iste‘mol narsalarni muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishi
|
|
Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo’lgan hamda daromad topishga qaratilgan mulk
|
↓ ↓ ↓
Aralash mulk - bu turli mulk shakllari birikishidan tashkil topib, har bir sub‘ekt o’z ulushini o’zlashtirish
|
|
|
|
| |