• Tarixiy-formatsion yondashuv
  • Ishlab chiqaruvchi kuchlar
  • Kirish Iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uni taraqqiyotini o’rganishda turlicha yondashuvlar




    Download 2,08 Mb.
    bet2/13
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,08 Mb.
    #242516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalari

    Kirish
    Iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uni taraqqiyotini o’rganishda turlicha yondashuvlardan foydalaniladi:
    1. Tarixiy-formatsion yondashuv;
    2. Madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
    3. Texnika va texnologiya taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
    4. Sotsial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv.
    Tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlari o’rganiladi. Ya‘ni, ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarning birligidan iboratdir.
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini birligidir, ya‘ni ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillarini tashkil etadi.
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu mehnatga layoqatli bo’lgan kishilar bilan tabiat o’rtasida bog’lanishni hosil qiluvchi munosabatlar ham deyish mumkin.


    I Bob Ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar Kishilar tabiatni o’zlashtirishda bir-birlari bilan o’zaro aloqa bo’lib, munosabatlar bog’laydilar. Bu bog’lanish ishlab chiqarish munosabatlaridir. Demak, ishlab chiqarishda tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanadi, ammo ular biri-ikkinchisidan farq qiladi. Ya‘ni, tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar bevosita ishlab chiqarishda va uni tashkil etishda shakllanadi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’rtasidagi aloqalar ko’rinishida tashkil topadi.
    Ishlab chiqarish doimo ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qaror toptiradi, uning asosini ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish belgilaydi. Egalik qilish esa mulkchilik munosabatlari hosil qiladi.
    Xulosa qilib aytganda, kishilar uchun hayotiy zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayrboshlash va iste‘mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqalar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
    Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi. Ya‘ni:

    Download 2,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 2,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uni taraqqiyotini o’rganishda turlicha yondashuvlar

    Download 2,08 Mb.