|
Xulosa
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi
|
bet | 13/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #242516 |
Bog'liq Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalariXulosa
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu esa aholini mazkur jarayonda qatnashish imkonini beradi, uy-oylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek, yerlar olishida o’z ifodasini topadi.
Xususiylashtirishning to’lovliligi ham muhim xususiyatdir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishining imkoniyati yaratildi.
Yana bir xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5635-sonli farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev - Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707- son « Eksport faoliaytini yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»
PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2020 yil 24 fevral;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.01.2020 yildagi 46-son «“O‘ZBEKINVEST” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»;
“Iqtisodiyot nazaryasi” – R.Alimov, Sh. Shodmonov, T.Jo’rayev Toshkent/2020
“Iqtisodiyot Nazaryasi” - Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G‘ofurov Toshkent/ 2010.
”Iqtisodiyot nazaryasi” – Olmasov A. , Vahobov A. Toshkent/2014
|
| |