|
O’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
|
bet | 11/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #242516 |
Bog'liq Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalariO’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Birinchi bosqich.
(1992-1993 yillar)
|
→
|
Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish
|
Ikkinchi bosqich.
(1994-1995 yillar)
|
→
|
Ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissaborlik jamiyatlariga aylantirsh hamda ularning aktsiyalarini respublika qimmatbaho qog’ozlar bozorida sotish
|
Uchinchi bosqich.
(1996-1998 yillar)
|
→
|
Aktsiyalarning nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik korxona va tarmoqlarini xususiylashtirish
|
To’rtinchi bosqich
(1998-2002 yillar)
|
→
|
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish
|
Beshinchi bosqich
(2003 yildan boshlab)
|
→
|
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini faollashtirish va salmog’ini oshirish
|
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi.
Ikkinchi bosqichda kuplab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi.
Uchinchi bosqich 1996 yildan boshlandi va xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar ruyxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar 3146 ta davlat tasarrufidan chiqarildi.
To’rtinchi bosqichda asosiy vazifalar sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar yo’naltirildi.
Beshinchi bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan bog’liq. Farmonga ko’ra iqtisodiy nochor davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish. Mazkur korxonalani modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan–to’g’ri invetitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi, ya‘ni past likvidli ob‘ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini bir-biriga qo’shilishidir.
|
| |