• A‘nanaviy iqtisodiyot
  • Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
  • Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
  • II Bob. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari




    Download 2,08 Mb.
    bet5/13
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,08 Mb.
    #242516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalari

    II Bob. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
    Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladigan xo’jalik yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. Iqtisodiy tizimlar quyidagi ko’rinishlarda turkumlanadi:
    1. An‘anaviy iqtisodiyot;
    2. Ma‘muriy bo’yruqbozlik iqtisodiyoti;
    3. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
    A‘nanaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan.
    Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyoti - bu bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi bo’lgan tizim bo’lib, bu tizimda davlat mulkchiligi hukmron bo’ladi va iqtisodiyot markazdan boshqariladi.
    Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi.
    Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir. Iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan bo’lib, davlat xususiy mulkni himoya qiladi va erkin bozorni amal qilishini ta‘minlovchi huquqiy tartiblar o’rnatib boradi.
    Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bu hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot, unsurlarini qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash iqtisodiyotdir. Bunda mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorliklar turli bo’ladi, rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, hozirgi vaqtda Xitoy Xalq respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari qo’llanishi natijasida iqtisodiy o’sish va iqtisodiy barqarorlik ta‘minlanmoqda.

    Download 2,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 2,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II Bob. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari

    Download 2,08 Mb.