• Jamiyat taraqqiyoti
  • Manufaktura
  • 1.1 Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning iyerarxik tuzilishi.
  • Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya




    Download 2,08 Mb.
    bet3/13
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,08 Mb.
    #242516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va andozalari

    Ishlab chiqarish usuli - bu ishalab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining birligidir.
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarining qo’shilishidir.
    Ishlab chiqarish munosabatlari - bu mulkchilik, ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste‘mol munosabatlaridan tashkil topadi.
    Ustqurma - bu siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni jamisidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti quyidagi ishlab chiqarish usullari bilan tavsiflanadi: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar bo’lib, ular asosan Yevropa hududida bir-biri bilan almashinib turgan.
    Jamiyat taraqqiyoti oddiy kooperatsiya, manufaktura, yirik mashinalashgan ishlab chiqarish bosqichlarini bosib o’tdi.
    Oddiy kooperatsiya - bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi eng oddiy shaklidagi uyushmasi bo’lib, ma‘lum tartibda faoliyat ko’rsatadigan kishilar guruhidir.
    Manufaktura - bu mashina mavjud bo’lmagan sharoitdagi mehnat taqsimotiga asoslangan kooperatsiyadir.
    Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish – bu mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiyadir. Jamiyat taraqqiyoti va texnika hamda texnologiyaning vujudga tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi kuchli ta‘sir ko’rsatgan bo’lib, texnika taraqqiyotining va axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yildagi davri tovar xo’jaligini rivojlanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan.
    1.1 Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning iyerarxik tuzilishi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida raqobatning mavjudligi; to’rtinchidan, iqtisodiy ko’rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko’ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
    Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar murakkab iyerarxik tuzilishga ega. Iyerarxiya – ko’p bosqichli tizim bo’lib, unda biror bir elementning o’zgarishi butun tizimning o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin.
    «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani o’rganishi lozim bo’lgan muammolar:

      • Korxonalar va firmalarda matematik usullarni qo’llash;

      • Chegaralangan resurslardan optimal foydalanish;

      • Raqobatchi firma va korxonalar strategiyalarining optimallash va muqobillashtirish;

      • Iste’molchining xatti-harakati;

      • Zaxiralarni optimal boshqarish;

      • Ommaviy xizmat ko’rsatish modellarini qo’llash;

      • Optimallashtirish masalalari va ikkilanganlik nazariyasi;

      • Makroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish;

      • Tarmoqlararo balansda agregirlash;

      • Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellarini tuzish;

      • Tarmoqli modellashtirish;

      • Tuzilgan modellarning real jarayonlarga mosligi tekshirish va miqdoriy baholash.

    «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani oldida turgan vazifalar:

      • Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rgatish;

      • Iqtisodiyot murakkab va iyerarxik tuzilishga egaligi, iqtisodiy jarayonlarning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o’rgatish;

      • Mikro- va makro darajadagi iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish tamoyil-larini o’rgatish;

      • Korxona va firmalarning faoliyat ko’rsatish mexanizmini o’rgatish;

      • Korxonalarda o’rganilayotgan har bir jarayonga mos keluvchi iqtisodiy-matematik usullar va modellarni tuzish yo’llarini o’rgatish;

      • Korxonalar ma’lumotlari bo’yicha optimizasion, balans, trend modellarini tuzishni o’rgatish;

      • Tanlangan modelni maxsus kompyuter dasturlari asosida yechishni o’rgatish;

      • Har bir iqtisodiy jarayon va hodisalarning ko’p variantli yechimlarini olishni o’rgatish;

      • Olingan yechimlarni iqtisodiy tahlil qilish va qaror qabul qilishni o’rgatish.

    Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning nazariy va amaliy ahamiyati:
    1. Iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
    2. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan amalda samarali foydalaniladi.
    3. Iqtisodiy jarayonlar bo’yicha bashoratlarni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish imkoniyatining mavjudligi.
    4. Iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish ikoniyati yaratiladi.
    5. Murakkab hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishni osonlashtirish bilan birga, aqliy mehnat yengillashtiriladi, boshqaruv va iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etishga va boshqarishga yordam beradi.
    “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani o’z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo’lgan quyidagi tushuncha va qoidalarni oladi:

    • Iqtisodiy jarayonlarda obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini, ularning o’zaro bog’lanishilarini o’rganish;

    • Biznes-rejalarini ilmiy asoslash va ularni bajarilishini obyektiv baholash;

    • Iqtisodiyotga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni izlab topish va ularning ta’sirini miqdoriy baholash;

    • Ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi tendensiyalarini va nisbatlarni, foydala-nilmayotgan ichki imkoniyatlarning zaxiralarini aniqlash va ochib berish;

    • Ilg’or tajribalarni umumlashtirish, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

    Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun obyektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.

    Download 2,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 2,08 Mb.