• 30-Mavzu: Ijobiy fikrlash va salbiy his-tuyg‘ularni boshqarish bilim-ko‘nikmalari I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-“ ” sinf rahbari




    Download 8 Mb.
    bet46/52
    Sana24.11.2023
    Hajmi8 Mb.
    #104610
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)

    III. Yakuniy qism:
    Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
    O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
    Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
    Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
    30-Mavzu: Ijobiy fikrlash va salbiy his-tuyg‘ularni boshqarish bilim-ko‘nikmalari
    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:

    O‘qituvchi:


    Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo‘l qovushtirib” turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog‘imiz lozim.
    Bu o‘rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:
    Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi,
    Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.
    Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu,
    Pilla qurticha himmating yo‘qmu?
    Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o‘zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Ayni shunday odamlar qorin to‘yg‘azish, kunni bir amallab o‘tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo‘l uradilar.
    Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag‘allikka eltuvchi asosiy yo‘ldir. Go‘zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o‘rganmoq, g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro‘-e’tibor, xotirjamlik o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro‘shnoliklarga inson faqat o‘z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi.
    Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularga nisbatan o‘zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o‘tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so‘zlar bilan esga olinadi.

    Download 8 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




    Download 8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-“ ” sinf rahbari

    Download 8 Mb.