|
Kommunikativ kompetensiya
|
bet | 44/52 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 8 Mb. | | #104610 |
Bog'liq 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Ko‘pchilik bolalar velosipedda yurishni yoqtirishadi. Velosiped juda qulay, ba'zi hollarda esa tengi yo‘q transport turi. U sog'liq uchun juda foydali, unda yurish yoqimli, shunchaki sayr qilish yoki o‘rtog'ining oldiga borib-kelishda velosipedning oldiga tushadigani yo‘q.
Biroq, ko‘chalar va yo‘llarda velosipedda yurish uchun yoshi 14 ga yetgan bolalargagina ruxsat beriladi. To‘g'ri, bu yoshga yetmagan bolalarning ham velosiped uchkisi keladi. Marhamat, uchaverishsin. Faqat transport qatnamaydigan xavfsizjoylarda- sport maydonchalarida, hovlilar, stadionlar va shahar tashqarisidagi maydonlarda uchishsin. Bu joylarda velosiped minishni o‘rganish ham mumkin.
Yoshi 16ga yetgan bolalar osma motorli velosipedni minishlari mumkin.
Velosipedda ko‘cha-yo‘llarga chiqishdan oldin, uni minishni yaxshilab o‘rganib olish va yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish lozim. Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, velosipedchilar transport vositalari haydovchilariga tenglashtiriladi. Bu nimani bildiradi? Bu shuni bildiradiki, velosipedchilar yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari kabi huquqlarga ega bo‘lishi bilan birga, xuddi ular kabi, yo‘ldagi xatti-harakatlari uchun javobgardirlar.
Velosipedchilarning trotuar va piyodalar yo‘lkalarida, bolalar istirohat bog'larida yurishlari taqiqlanishini esda tuting.
Velosipedda yo‘lga chiqishdan avval tormozlarning yaxshi ishlayotganligini, g'ildiraklari va ruli (1) puxta mahkamlanganiigini tekshirib ko‘rish lozim. Zanjir (5)ning tarangligini va shinalardagi havo bosimini ham tekshirib ko‘rish kerak. Shinalar shunday damlangan bo‘lishi kerakki, velosipedchining vazni ta'sirida ular 5...6 mm dan ortiq ezilmasin.
Old va orqa g'ildiraklarni birin-ketin ko‘tarib, ularni aylantirib yuborish va ular bir tekislikda aylanayotganligiga (lapanglamayotganligiga, ya'ni "sakkizlik" yo‘qligiga) ishonch hosil qilish lozim.
|
| |