• 29-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-“ ” sinf rahbari




    Download 8 Mb.
    bet45/52
    Sana24.11.2023
    Hajmi8 Mb.
    #104610
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)

    III. Yakuniy qism:
    Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
    O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
    Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
    Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
    29-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan)
    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o‘tganlar ruhini shod etmoqlikka, tinch kunlarga shukronalikka, tiriklar qadriga yetmoqlikka o‘rgatish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O‘qituvchi:
    “Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashash – bugungi hayotning o‘tkir talabi” degan chiqishi bilan Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o‘zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.
    “Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu fojia O‘zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o‘tmagani ayon bo‘ladi”.
    Darhaqiqat, bu raqamlarning mag‘zini chaqadigan bo‘lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qayg‘u-alam va iztiroblardan dalolat berishi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘ladi.

    “Oradan yillar o‘tadi, zamonlar o‘tadi, lekin xalqimizning ko‘ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. – Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o‘z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg‘ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o‘z o‘g‘lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo‘lishini Yaratganimizdan so‘raydi”.


    O‘tganlar xotirasini o‘z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo‘lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi.
    Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi.

    Download 8 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




    Download 8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-“ ” sinf rahbari

    Download 8 Mb.