III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
31-mavzu: Til – dil kaliti
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o‘rganishga e’tiborlarini qaratishga o‘rgatish .
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo‘lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so‘zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan.
Mamlakatimizning ko‘pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho‘ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko‘chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945 yillardagi urush davrida yana o‘zgardi. O‘zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr-muruvvat ko‘rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag‘on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko‘chirildi.
(Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil)
“…Umuman, o‘rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o‘zbek tilini bilsa, o‘zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo‘lmasmidi”
|