• SINFDAN TASHQARI O‘QISH (17 soat, A1+: 17 soat).
  • O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet188/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
    Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki 
    bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
    A1
    ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; 
    ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi; 
    o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va 
    hikmatli so‘zlarni topa oladi; 
    ularning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib va darslikdagi rasm va 
    illyustratsiyalarga qarab, fikrini og‘zaki bayon qila oladi; 
    maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
    kichik hajmdagi 5 ta she’rni yoddan aytib bera oladi. 
    A1+ 
    tabiat haqida kichik ijodiy matn yoza oladi. 
    Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
    A1
    matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;
    asar mazmunidan ta’sirlana oladi; 
    xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez 
    aytishni) farqlay oladi; 
    o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata 
    oladi;
    asar qahramonlariga munosabat bildira oladi; 
    o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi. 
    A1+ 
    mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar 
    mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat 
    bildira oladi. 
    SINFDAN TASHQARI O‘QISH 
    (17 soat, A1+: 17 soat). 
    Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda 
    ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. 
    Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy 
    kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. Bolalarda kitob 
    ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini 


    157
    tarbiyalashning muhim omilidir.
    Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va 
    o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy-adabiy asarlar mustaqil 
    ravishda va izchil o‘qib borilsa, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, 
    shakllantirishga xizmat qiladi.
    Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari, muqovasi, 
    titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va rasmlariga qarab asarning taqvimiy 
    mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bolalarga 
    ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
    adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil 
    etadi. 

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish