|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 193/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS3-§. MATEMATIKA FANI
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida
Matematika fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim
bosqichi
Bitiruvchilar
Standart
darajasi
Daraja nomlanishi
Umumiy
o‘rta ta’lim
Umumta’lim maktablarining
boshlang‘ich 4-sinf
bitiruvchilari
A1
Matematika fanini
o‘rganishning
boshlang‘ich darajasi
Matematika fani chuqur
o‘rganiladigan
ixtisoslashtirilgan
umumta’lim
muassasalarining
boshlang‘ich 4-sinf
bitiruvchilari
A1+
Matematika fanini
o‘rganishning
kuchaytirilgan
boshlang‘ich darajasi
Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida matematika
fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim
olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar
tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan,
aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan
oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar
va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini
anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va
ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil
ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb
tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
|
| |