Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/274
Sana29.11.2023
Hajmi1,31 Mb.
#107506
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   274
Bog'liq
Boshlangich-sinf-DTS

MATEMATIKA FANIDAN 
O‘QUV DASTURI 
(1-4-SINFLAR) 
UQTIRISH XATI 
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan 
maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi 
tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni 
bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos 
qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda 
kompetensiyalarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti 
talablaridan kelib chiqib tuzildi. 
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini 
o‘qitishning asosiy maqsadi: 
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim 
olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish; 
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, 
aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; 
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan 
oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy 
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. 
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini 
o‘qitishning asosiy vazifalari: 
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va 
algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; 
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va 
ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil 
ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb 
tanlashga yo‘naltirishdan iborat. 
Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik 
faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka
mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. 
Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan 
tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan. 
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid 
kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi: 


165

Download 1,31 Mb.
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   274




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish